54
22. KO’Z-KO’Z QILISH
O’zbekiston usti yaltiroq, ichi qaltiroq bir mamlakat ekan.(Sayyohning xotiralaridan).
Bir kun “toshdan ham qattiq” deb nom olgan tanishimiz uyiga oshga chaqirdi. Hammamiz hayron
bo’ldik. U umrida cho’ntagidan bir so’m chiqarmaydigan odam edi. Bitta ko’ylakni har kuni
kiyishiga qarab, “Bechora-da, deb indamas edik. Agar ovqatlanishga borsak, “Qornim to’q,
sizlarga osh bo’lsin” deb indamay o’tiraverardi. Ammo unga ham ovqat buyursak, o’zinikini
tugatib, boshqalardan qolganini ham eb, yana “Savobini ham olay” deb kosayu tovoqlarning ostida
qolganlarini non bilan surtib olib, eb, idishlarni yaltiratib qo’yardi. Ba’zan unga “Bugun senikiga
boramiz”, deb hazillashardik. Rangi uchib ketardi. Darhol xotini kasal ekanligi yoki bolasi
betobligi va hokazo bahonalarni qalashtirib tashlardi.
Ana shunday odam birdaniga o’zi taklif qilib qolsa va “Kelmasingizlar do’stligimiz tamom” deb
mahkam turib olsa, tabiiyki hayratlanasiz. Bordik va yanada hayratda qoldik. U juda katta,
hashamatli uy sotib olibdi. Bizni aylantirib, uyini ko’rsatib chiqdi va keyin uyning orqasida turgan
yangi mashinaning yoniga olib keldi.
-Lotoreyaga yutdingizmi?-deya undan so’radik.
-Igna bilan quduq qazgan kabi to’plab, sotib oldik,-dedi u.
Men umr yo’ldoshi va bolalariga razm soldim. Bir hol-bir ahvolda. Jajji bolalarning egnida yamoq,
janda-junda kiyimlar, poyabzallari teshilgan, umr yo’ldoshi ham munkillab qolgan kampirga
o’xshardi. Uyning ichi huvillab yotibdi. Bilmadim qaerda yotib turishadi?
Xullas, u bizni aylantirib, bir piyola choy bermay jo’natib yubordi. “Osh qani?” deyishga
iymandik.
U hech mashinasini minmas edi. So’rasak, “Pravam yo’q” der edi. Keyin bilsak, faqat odamlarni
olib borib, uy-joyini va mashinasini ko’rsatar ekan.
Bu ham kasallik. Zehniyatdagi kasallik. Ko’z-ko’z qilish kasalligi. Bu kasallik odamlarda har turli
ko’rinishda mavjud. Jumladan Karimovda ham.
Bilasiz, tarixda o’tgan hukmdorlar hammavaqt hashamatli bino qurishga oshiqqanlar. Ular bundan
ikki maqsad ko’zlashgan, biri shu bilan kuch-kudratni namoyish etmoqchi bo’lgan bo’lsalar,
ikkinchisi tarixda nomlari qolishini istashgan.
Karimov ham balki ana shu nuqtai nazardan yo’lga chiqqan bo’lishi mumkin. U birinchi bo’lib
1990 yilda Markazkom binosi-hozirgi Prezident devoni biqinida alohida bezakli qabulxona
binosini qurishni boshlatgandi. Shu bilan parallel ravishda mazkur binodan ozgina ichkarida o’zi
yashashi uchun uch qavatli bino qurdirishga kirishdi.
55
Keyin Alisher Navoiy bog’idan boshlab, Amir Temir majmuasiga qadar ko’z-ko’z qiluvchi
qurilishlar qildirdi. E’tibor bersangiz, hech biri oddiy xalq manfaatiga xizmat qilmaydi. Hammasi
uning zehniy manfaatiga-ko’z-ko’z etishga qaratilgan.
Bu bilan men qurilish, obodonlashtirishlarga qarshiman, demoqchi emasman. Balki har kim
ko’rpasiga qarab oyoq uzatishi kerak, deb o’ylayman.
Xabaringiz bor, Urgut tumanida yo’llarning iki tomoniga naqshindor g’ishtlar terilgani Karimovga
yoqib qolgani. “Hamma joyda shunday qilinsin”, deb buyruq berildi. Mamlakat naqshindor g’isht
muzeyiga aylanishiga oz qoldi. Buning uchun davlat yoki Karimovning xazinasidan bir tiyin
chiqqan emas. Hammasi bechora xalqning gardaniga tushdi. Keyin hammasini buzib, boshqa
narsaga aylantirishdi.
Men Amerikaga kelganimda hayratlanib qoldim. Biror joyda usti yaltiroq bino ko’rmadim.
Ko’zimiz o’rgangan-da, hamma binolar peshtog’i yoki gumbazi, hech bo’lmaganda kirish qismi
yaltiroq bo’lishi kerak. Boshqa narsaning keragi yo’q, ko’zimiz quvnasin. Odamlarning ko’zini
quvnataylik. Ko’z-ko’z qilaylik.
Turkiyada Otaturkni “Jamiyatni o’zgartirgan rahbar”, deyishsa, Turgut O’zalni “Mamlakatni
o’zgartirgan rahbar”, deb eslashadi. Turgut O’zal hashamatli binolar qurdirgan emas. U
mamlakatda juda ko’p magistral, shoh yo’llar qurdirgan.
Yo’l nafaqat bir joyni ikkinchi joyga bog’laydi. Balki iqtisodni, biznesni yo’lga qo’yadi.
Yo’li yaxshi mamlakatning iqtisodi, biznesi ham yaxshi bo’ladi. Qolaversa, yo’llar nafaqat
hukmdorga, balki xalqqa ham xizmat qiladi. Bu-xalq manfaatini nazarda tutib qilingan ish. Ana
shu nuqtai nazardan qarab ayting-chi, O’zbekistonda 15 yilda qancha magistral, shoh yo’l qurildi?
-Xayriyatki afg’on urushi bo’lgan ekan,-degandi Jamol Siroj degan do’stim.-Axir Sho’rolar
Toshkentdan Sirxondaryoga qadar olib boradigan “betonka”ni shu urush tufayli qurishgan-da.
Urushga “xayriyat” demaydilar. Ammo Afg’on urushi SSSRning boshini edi va bizga mana
shunday yo’l qoldirdi.
Haliga qadar millat ana shu yo’ldan foydalanadi. Uning bir bo’lagini qozoq tortib olsa, hatto
shuning o’rniga ham yangi bo’lak qurilmaydi. Ko’p narsaga aqli etgan Karimovning yo’llar
masalasida aqli ojizmi? Yo’q. U biladi. Yangi yo’llar qatnovni ko’paytiradi, biznesni yaxshilaydi,
xalqqa xizmat qiladi. Bu esa unga tashvish keltiradi. Qancha ko’p yo’l qurilsa, shuncha ko’p
nazorat qilish muammosi tug’iladi-da! Buning o’rniga ma’muruy binolar qursa, ularni yaltiratib
qo’ysa, bir kunmas-bir kun bittasi chiqib, “Bularni Karimov qurgan” deyishi mumkin!
Yaqinda bir yigit bilan gaplashdim. U juda ham achinarli bir voqeani aytib berdi׃
-Aka, to’rt yashar singlim “Ichim og’riyapti” deb, dodlab, buralib qoldi. “Tez yordam” chaqirdik.
Kelavermadi. Oxiri singlimni ko’tarib, yo’lga chiqdik. Biz engil mashinada tuman markaziga
qarab yurdik. Yo’llar shu qadar yomonki, mashina har bir qalloqqa urilganida singlim “Dod” deb
yuborar va biz haydovchidan norozi bo’lardik. Haydovchi “Bu yo’lni men quribman-mi yoki men
56
buzibman-mi?”, degandek elka qisib qo’yardi. U har qancha aylanib o’tsa ham baribir
mashinaning birorta charxi o’yilgan joyga qarsillab tushib ketardi. Buning ustiga yana biz tezroq
haydashini talab qilardik. Kasalxonaga kelsak, hali u yo’q, hali bu yo’q. Janjal ko’tardik.
Shunda bir doktor, singlim ko’richak bo’lgani va amaliyot uchun kamchiliklar borligini aytdi. Vaqt
o’tib boraverdi. Oxiri singlim ko’zini ochmay qo’ydi. Doktor׃ “Kasalxonaga kelgunlarincha
ko’richak yorilib ketibdi” dedi. “Dod” dedik, “voy” dedik, shirin-shakar singlimdan ayrilib qoldik.
Aka, hozir ko’richakdan o’ladigan zamon-mi? Buning ustiga rosa qarzga botdik. Ish yo’q,
qarzning ustiga qarz olib, qarzni uzish uchun bu yoqlarga keldim…
Singiljonidan ayrilgan yigitning ko’zlarida yosh mo’ltirab aytgan bu gaplarini ichki og’riq bilan
eslar ekanman, mashinada chinqirib ketayotgan qizaloq va Karimov qurdirgan, qurdirayotgan
yaltiroq binolar ko’z oldimga kelaveradi…
Do'stlaringiz bilan baham: |