Jahongir mamatov karimovning kirdikorlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/44
Sana21.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#688546
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44
Bog'liq
1 5033119556814504073

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


60 
24. YOLG’ON SAN’ATI 
O’zbekistonda gap boshqa, ish boshqa. (Xabarlar oqimidan) 
Ba’zilar bir odamni ilk ko’rishdayoq kimligini bildim, deb maqtanishadi. Bu mumkin bo’lmagan 
narsa. Hech qachon bir ko’rishda yoki bir suhbatda birovning kimligini bilish mumkin emas. Balki 
butun hayotingiz davomida kim bilandir bir marta uchrashgan bo’lsangiz va o’sha odam haqida 
20 yildan keyin gapirish mavrida kelib qolsa, uning yo yaxshi odamligini sezgandim yoki ilk 
ko’rishdayoq uning ablahligini bilgandim, deyishingiz mumkin. Bu shunchaki gap omadi 
aytiladigan so’zlar. 
Yaqinda shunday hodisa bo’ldi. Bir tanishim׃ 
-Men Karimovni bir ko’rishdayok taniganman va keyin unga hech ishonmaganman,-dedi. 
Gapni aylantirsam, u Karimov bilan bir marta yuzma-yuz uchrashgan va Karimov uni ko’p qatori 
nazarga olmay, chiqarib yuborgan va keyin taklif ham qilmagan ekan. U odam endi oradan 15 yil 
o’tib, o’shanda o’zining avliyo bo’lganini aytmoqda. 
Men avliyo emasman. Karimov bilan ming martadan ham ziyod yuzma-yuz uchrashgan bo’lsamda 
shundan ikki martasida unga chin dildan ishonganman. 
Birinchisi, uning 1989 yilda Kattaqo’rg’on tumanida saylovchilar bilan uchrashuvda ruslarga 
qarshi, Moskvaga qarshi aytgan gaplariga ishongandim. Bu haqda “IAK”da batafsil yozganman. 
O’shanda u juda ham samimiy gapirgandi. Qolaversa, men u paytda bir katta jumhuriyatning 
rahbari xalqni ochiq aldashi mumkin degan xayoldan yiroqda edim. 
Ikkinchisi, 1991 yil 7 sessiyadan o’n kunlar keyin u bir necha deputatni kabinetiga chaqirib, 
ko’ziga yosh oldi׃ 
-Mana sessiyada ko’rdingizlar, mening yonimda hech kim yo’q edi. Xo’sh, men kimga suyanishim 
kerak? Bular bilan ishlash oson emas. Hammasi intriganing ustasi bo’lib ketgan. Meni ko’zimni 
ochdingizlar… Men ham odam, mening ham oilam, bolalarim bor. Ularning ko’ziga ota sifatida 
tik qarashni istayman… 
Ijodkormiz. “Birovning ko’nglini og’ritmoq Ka’baga o’t qo’yish va Qur’onni kuydirishdan ham 
og’ir” degan sovetona falsafalar ta’sirida ulg’ayganmiz. Hatto bugun ham odamlarning 15 yil 
davomida qilgan o’ta jiddiy xatolarini kechirishga chorlovlarni eshitganimda o’sha kunlar 
yodimga tushadi. 
Karimovning׃ 
-Kim xato qilmaydi? Men ham xato qildim. Aslida sizlarga, yosh avlodga, yangicha qarashlarga 
ishonishim kerak ekan! Meni kechiringlar!,-deya qilgan iltijosidan keyin hammamiz boshimizni 
egib qolganimiz va ko’nglimizdan esa bugungi kabi “Tangri kechirguvchi, biz nega kechirmaylik” 
degan tanish falsafa kechgan. 


61 
Ha, o’shanda Karimovga ikkinchi marta ishongandim. Kap-katta odam ko’ziga yosh olib tursa, 
qanday qilib ishonmaysiz? Sizdan yoshi ulug’ odam yolvorib uzr so’rab tursa, qanday rad etasiz? 
O’sha kun uyga juda xafa qaytdim. Biz balki xato qilmoqdamizmi, deb ham o’yladim. O’shanda 
ilk bor yuragim sanchgan va ilk bor “valerianka” degan narsani ichganman. 
Karimovning yig’lagani haqida televidenieda shoir Shukrullo bilan muloqot paytida ham eslatib 
o’tganman. Karimovning bayrog’i ostida ishlashga samimiyat bilan rozi bo’lganimdan keyin 
uning buyuk yolg’onchi ekanligini kashf qilish uchun ko’p vaqt kerak bo’lmadi. 4 oyda undan yuz 
o’girdim va bor gapning hammasini yozma ravishda iste’fonomamga bitganman, jumladan 
Karimovning yolg’onlarini ham. Bu iste’fonomaning nusxasini “Erk” gazetasining birinchi 
sahifasidan tsenzura yulib olgandi. 
Ana shu qisqa vaqtda o’tgan ikki davrdagi alg’ov-dalg’ovli voqealarni muqoyasa qilib, 
tushundimki, Karimov raqiblarini aldashda juda mahoratli artist ekan. U aldashni san’at darajasiga 
ko’targan va bu borada juda va juda qobiliyatli. Bunday odamdan uzoq turishgina uning makridan 
asrashi mumkin. 
Bilasiz, u minbarga chiqqanda shunaqa jo’shib gapirardiki, televizordan buni ko’rib turgan har 
qanday odam ham ishonardi. 
-Karimovga qiyin, u erda Jo’rabekov, Alimov degan katta-katta bo’rilar o’tiribdi, bechoraning 
kuyib-pishib gapirishini qarang!- degan gaplarni juda ko’p eshitganman. 
Bir kun u taniqli arbob Nazir Rajabovni chaqirtiribdi. 
Nazir aka qamoqda ekanligida samarqandliklar Karimovni uni himoya qilishga chaqirdilar. 
O’shanda Karimov׃ 
-Men Nazir bilan birga o’qiganman. U yaqinda qamoqdan chiqibdi. Oqlangani haqida qog’ozni 
olsin, uni ishga tiklamasam, nomarad odamman,-dedi. 
Ammo Nazir Rajabov oqlangach, uni o’z ishiga tiklamadi. Chunki Karimov o’zini 
Markazkomning plenumida himoya qilib chiqqan Po’lat Abdurahmonovni bo’shatish niyati yo’q 
edi. Vaqt o’tib, Nazir akani chaqirdi. Nazir aka unga ishonmas edi. Ammo o’sha kun Karimovning 
qabulidan chiqib, me
ning xonamga keldi va׃ 
-Samarqandga birga boramiz, menga kim bilan ishlaysiz degan edi, sizni aytdim, birgalashib 
Samarqandni ko’taramiz,-dedi. 
-Ishondingizmi,-dedim men unga o’z iborasini qaytarib. 
Chunki har safar bu so’zni bizga Nazir aka aytar edi. U Rashidov paytida Buxoroda, keyin 
Markazkomda ishlagan, Namangan va Samarqand viloyatlarini boshqargan, xalq ichida yaxshi 


62 
nom qozongan tajribali odam edi. Qamalib, oqlanib chiqqach, Buxorodan mustaqil deputat etib 
saylangandi. 
-Ko’ziga yosh oldi. Talabalik yillarimizni esladik. Atrofida odam yo’qligi, hamma ish bir o’ziga 
qolganini aytdi. Erkak kishi osonlikcha ko’ziga yosh olmaydi,-dedi Nazir aka. 
Ammo u 1991 yildagi saylov oldidan Nazir akani ham aldagan ekan. Ko’p o’tmay uni quvg’inga 
oldi. 
Yaqinda Karimovning 1990 yillar boshida bir guruh chet ellik muxbirlar bilan uchrashgani 
tasvirlangan videoni ko’rdim. Tarjimon – Fotih Teshaboev. Tarjimonlikdan birdaniga Tashqi 
ishlar vazirining birinchi o’rinbosari, keyin O’zbekistonning AQShdagi elchisi bo’lgan odam. 
Karimovning׃ 
-Nega men ko’p gapirayapmanu sen qisqa tarjima qilayapsan?,-deb tarjimonni koyigani bu 
uchrashuvni kuzatganlarning yodida bo’lsa kerak. 
Ana o’shanda Karimov Farg’ona, Parkent voqealari haqida gapirib, ko’zi namlanib, “U erlarda 
mening jigarbandlarim o’ldi” degan ekan. 
Mening esa yodimga Parkent komissiyasi topgan hujjatlar va bu ishning boshida Karimovning o’zi 
turgani, keyin bu komissiyaning ishini yopib tashlagani keldi. 
Ana shularning hammasini bir joyga to’plab, uning Andijon voqealaridan keyin Respublika 
prokuraturasida o’tayotgan matbuot konferentsiyasiga kirib borib, aytgan gaplarini esladim va 
haliga qadar u artislik mahoratini ustalik bilan qo’llanmoqda, deb o’yladim. 
Ana shu mahorat jamiyatning barcha qatlamlariga yuqdi. Matbuotdan boshlab, tuman hokimlariga 
qadar hamma-hamma ko’zda yosh mo’ltirab xalqni aldashni odat qildi. Erkin Vohidovlar ko’zda 
yosh bilan “Sizga otilgan o’q menga tegsin” deyishga qadar etib borishdi… 
1992 yil. Yanvar. Toshkent shahar partiya faollari yig’ilishi. Mavzu Talabalar shaharchasida yuz 
bergan qonli voqea. Minbarda Islom Karimov׃ 
-Menga olti oy vaqt beringlar! Agar mana shu olti oyda hayotlaringni tuzatib bermasam, bu 
mansabni mana o’zim tashlab ketaman, nomardman, agar so’zimdan qaytsam! 
2006 yil. Yana minb
arda Islom Karimov׃ 
-Men bu xalq, bu mamlakatning kelajagi uchun jonimni berishga tayyorman! 
Juda ko’p takrorlangan gap bu. G’ayriqonuniy ravishda egallab turilgan taxtni bu xalq, bu 
mamlakatning kelajagi uchun bera olmagan odam, jonini bera oladimi? 
Yolg’on ham evi bilan-da! 


63 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish