73
28. KALLAGA KELGANINI QILISH
O’zbekiston siyosatida yuz beradigan voqealarning har biri bitta latifadir. (Xabarlar oqimidan).
Karimov “kashfiyotlari” borasida gap ketar ekan, bitta shaxs shuncha narsani o’ylab topsa va
amalga oshirsa, demak uning qobiliyatiga qoyil qolish kerak, deganlar ham bo’lishi aniq. Buning
ustiga hammamiz “Tarixda shaxsning roli yo’q, shaxsni muhit etishtiradi” kabi nazariyalar
ta’sirida ulg’ayganimizni hisobga olsak bu savol yanada bo’rtib ko’rinadi.
Ikkinchi bir guruh esa, hamma narsa Xudodan, balki Karimov ham bu xalqning boshiga Xudoning
yuborgan balosidur, aybni o’zimizdan ham izlaylik, deyishi mumkin.
Yana bir toifa esa, har qanday odamning kamchiliklari va yutuqlari bor, Karimovga ham shu nuqtai
nazardan qarash kerak, deyishi mumkin. Nafaqat deyishi mumkin, balki shunday savollarni tez-
tez olib ham turaman. Ana shunda olis bir qishloqdagi otaxon yodimga tushadi.
Bir kun Jomboy tumanining G’o’bdin adrlari etagidagi bir qishlog’iga bordik. Quduq yonida
o’tirgan keksa bir otaxon ko’zimizga xo’jai Xizirdek ko’rindi. Oppoq soqoli ko’ksiga tushgan,
sochlari ham qor kabi oq, egnida ham oppoq kiyim. U quduq atrofiga terilgan xarsang toshlar
ustida o’tirib, biz kelayotgan tomonga termulib turardi. Biz suv ichish bahonasida otaxonning
yonida o’tirib, biroz suhbatlashdik.
U bi
zning kimligimizni so’ramadi, ammo׃
-Shu yangi poshshoga borib aytsangizlar, mana bu yo’lni aspalt qilib bersa!,-dedi.
-Otaxon bu gapning poshshoga nima daxli bor? Mana men deputatman, o’zim shu erdagi
rahbarlarga aytib, yo’lingizni asfalt qilib berdiraman,-dedim men.
-He, bolam, poshsho aytmasa, bitmaydi, amir poshshodan kelishi kerak!-dedi otaxon
o’chakishibroq.
-Hozir boshqa zamon, mana ko’rasiz, poshsho aytmasa ham bitadi,-dedim men ham o’chakishgan
ohangda.
Otaxon menga qarab turib jilmaydi-
da׃
-Sen kelishing bilan tanigan edim. Bilaman, sen bizning deputat emas, sen narigi tomonga
qaraysan. Bizni deputat esa Keldiyor. U biz tomonga kelmaydiyam, kelgani bilan ham baribir
poshshoning amri kerak,-dedi.
Dilimga garchi bu tomon mening okrugimga kirmasa ham shu yo’lni asfalt qilib berdiraman, degan
niyatni tuydim.
74
-Bolam, poshshoning yo’lida yurlaring, bo’lmasa ishlaring chatoq bo’ladi, sen hozir dilingga mana
shu yo’lni asfalt qilishni tuyding, ammo poshsho bilib qolsa, undan so’roqsiz qilingani uchun bu
yo’lni buzib tashlaydi,-dedi.
Haqiqatdan ham xo’jai Xizirga uchradim-mi, deb dilimdagini uqib olganidan hayratlanib qoldim.
Otaxon esa, so’zida davom etdi׃
-Agar bir qoziqni taxtga qoqib qo’ysa, o’shanga ham quloq solish kerak, uning izmidan
chiqmaslik, arbob bilan o’ynashmaslik lozim!
Mana shu gap otaxon xo’jai Xizir emasligini, ammo ko’pni ko’rgan, o’zimining jaydari
otaxonlardan biri ekanligini ko’rsatdi. Men baribir o’sha yo’lni asfalt qildirdim. Oradan ancha
o’tib, yo’lim o’sha tomonlarga tushganda otaxonni ziyorat qildim va va’damni bajarganimni
eslatdim. Shunda u׃
-Karimof boboga ham salomimni, ham rahmatimni ayt. Agar uning amri bo’lmasa, bu ish
bitmasdi,-dedi.
-Otaxon bu ishdan Karimof bobongizni xabari yo’q,-dedim men.
-Er ostidan ilon o’tsa, uning xabari bo’ladi, bu uning sezgirligidan emas, agar taxtga bitta
bolakayni mindirib qo’ysang, u ham sezadi. Quloq, burun, ko’z uniki emas, taxtniki. Taxt bu-
eshak. Xalacho’ping bo’lsa bas, niqtadingmi, ketaveradi. Oldindan chiqqanga hangraydi, orqadan
kelganni tepadi. Biz ming yillardan beri kim bo’lsa ham taxtga minsa, bas, qulluq qilganmiz.
Bundan keyin ham omadini berib, kim ham minsa, Karimof bobodan qolishmaydi…
O’shanda otaxon bilan ancha gaplashgan va baribir uning fikri-qarashini zarra qadar ham
o’zgartira olmagan edim. Axir ko’p gap eshakka mingan odamga ham bog’liq! Eshakka mingan
odam shavqatsiz bo’lsa, eshagini niqtayverib qontalash qiladi, rahmdil odam bo’lsa, eshagining
holiga ham qaraydi. Gap man shunda.
Aslida Karimovning “kashfiyotlari” – bu Karrimovning kirdikorlari. Kashfiyot birdan kallaga
kelib qolgan narsa, Rasulov degan fizika o’qituvchimizning yaxshi ko’rgan gapi bor edi:
׃-Nyuton olma daraxtining tagida yotganda, boshiga bitta olma kelib tushgan, shunda uning “Nega
bu olma teppaga qarab chiqib ketmadi-da pastga tushdi?” deb o’ylagani Erning tortish kuchi degan
olamshumul qonun yaratilishiga debocha bo’lgan!
Karimov ham kallasiga kelganini qilmoqda. Lekin birortasi olamshumul kashfiyot darajasiga
etmadi. Hammasi kirdikorga aylandi. Agar Nyutonning o’rniga olma daraxtining tagida bizning
Karimov yotganda va boshiga olma tushib ketganda, u albatta boshqa narsa-o’ziga suiqasd
qilingani haqida o’ylagan va bu olmani ekkan odamni zindonga tiqqan, daraxtni esa, qo’portirib
tashlatgan bo’lardi. Farq mana shunda.
Buni hayotda ko’rib turibmiz.
75
Karimov mashinasida ketayotganda birdan mashina ikki tomonida chinorlar ekilgan yo’lga kiradi.
Chinor barglari orasidan Quyosh nurlari lipillay boshlaydi. Xayol surib ketayotgan Karimov
bundan cho’chib tushadi va barcha chinorlarni kesib tashlash kerak, degan gap xayoliga keladi.
Bu unga kashfiyotdek tuyuladi va voqeani majlisda aytib beradi. Hamma uning topqirligiga qoyil
qolib, bosh qimirlatadi, uning kashfiyotini ma’qullaydi. Qarabsizki, nafaqat Toshkentda, balki
Samarqand va boshqa joylarda ham chinorlar nafaqat kesiladi, balki ildizi bilan qo’porib
tashlanadi.
Yoki, u bir kun o’ylanib qoladi. Nega shuncha yo’qotganim bilan muxoliflarim ko’payib
bormoqda? A, ha, chet elliklar ularga pul berib, ularning urug’ini ko’paytirmoqda! Darrov
kallasiga kelgan bu gapni majlisda aytadi. Ertasidan boshlab, chet ellik tashkilotlarning jangaliga
o’t ketadi. Lekin muxoliflar soni kamaymaydi. Endi, ro’yxat qilib, banklarga berish kerak, deydi.
Qarabsizki, ro’yxat ham hozir
O’zbekistonda butun hayot mana shunday, bir kishining kallasiga kelgani bilan davom etmoqda.
Kalla esa kashfiyotlar qozoni. Bir kallada ming xayol deb bekorga aytmaymiz-da!
Stalin haqida eshitgandim: u kechasi uyqusi qochishi bilan kallasiga har turli xayollar kelar va
birorta rahbarga
telefon qilar ekan׃
-Nima qilayapsan?
-Uxlayotgan edim, o’rtoq Bosh qo’mondon!
“Urush paytida ham uxlaydilar-mi?”
Shu bilan haligi rahbarning ishi bitdi.
Stalinning bu odatini eshitgan boshqa rahbarlar uxlamasdan telefonga tikilib o’tirishadi. Birdan
bittasining telefoni jiringlaydi va u׃
-Uxlamasdan, ishlab o’tiribman,- deb javob beradi.
“Hali senmi uxlamaganini menga minnat qiladigan!”
U ham ketdi.
Boshqasi׃
-Ham uxlab, ham ishlab o’tiribman, o’rtoq Stalin,-deydi.
“A, ha, demak, meni aldayapti”.
Bugun O’zbekistonda ham ana shunaqa vaziyat. Haqiqatni aytsangiz ham baloga qolasiz,
aytmasangiz ham. Chunki eshakni mingan odam kallasiga kelganini qiladi.
76
Do'stlaringiz bilan baham: |