97
36. MAHALLIYLASHTIRISH
O’zbekistonda prezident biror muammo uchun mas’ul emas!(Yozilmagan qonun).
Aslida Islom Karimovning faoliyatiga hech kim Islom Karimovning o’zichalik mukammal baho
bergan emas.
15 yil davomida u 76 marta viloyat kengashlarida kengaytirilgan nutq irod qildi. Bu nutqlarning
bir satrini ham uning o’zi yozmagan bo’lsada, u o’qib bergani, qo’shimchalar qilib gapirgani uning
o’z aybini o’zi ochganini ko’rsatadi.
Tabiiyki, bu nutqlar tayyorlanishidan oldin o’nlab kazo-kazolar viloyatga borib, hamma yoqni
“ilma-teshik” qilib, kamchiliklarni topib qaytadilar.
Shuning uchun ham har bir nutqda viloyatning barcha jabhalaridagi o’pirilishlar ochiq aytiladi va
ishdan olinadigan hokimning bo’yniga ilinadi.
Karimov 15 yilda viloyat rahbarlarini ishdan olgandagi nutqlarini ko’rsatib, ”Mana sizga
oshkoralik!” deb maqtansa bo’ladi.
Zotan uning viloyat kengashlarida qilgan nutqlarini bitta kitobga to’plasangiz, O’zbekistonning
dahshatli manzarasini ko’rasiz.
Yana bir bor ta’kidlamoqchiman, buni “Karimovning ashaddiy tanqidchisi” deb dakki eshitadigan
men emas, balki Karimovning o’zi chizib bergan.
U hatto ba’zi viloyat kengashlarida siyosiy masalalarni ham tahlil qilib, bu boradagi vaziyat
naqadar ayanchli ekanini ko’rsatib bergan.
Masalan, uning Surxondaryo viloyat kengashida so’zlanib, ikki yil og’izdan tushmagan nutqi
yodingizdadur. O’shanda Karimov korruptsiya masalasi bilan birga demokratik islohotlar borasida
ham viloyatda hech ish qilinmagani, so’z erkinligi bo’g’ilgani, inson huquqlari toptalganini juda
chiroyli qilib aytgandi.
1990 yillarning boshida u Qashqadaryo viloyat kengashining yig’ilishida aholidan tushayotgan
shikoyatlar haqida gapirib׃
-Birorta rahbar shikoyatdan qo’rqmasin. Shikoyatni ig’vogarlar yozadi. Endi Kremlga yozish payti
o’tib ketdi. Biz mustaqilmiz, endi yozadigan bo’lsa, mana menga boradi. Men esa, mummolarni
markazlashtirmayman. Muammo umumlashib markazlashdimi, u hal bo’lmay qoladi. Muammoni
umumlashtirish, markazlashtirish emas, muammoni mahalliylashtirish kerak va joyida hal etish
lozim. Shuning uchun menga boradigan shikoyatlar o’zingizga qaytib keladi,-degandi.
Shundan beri u kamchiliklarni to’la mahalliylashtirishga o’tdi.
98
Esingizda׃
-Bizda muammolarni ko’tarib chiqadigan jasoratli jurnalistlar yo’q,-degandi Karimov.
Bu nima degani? Bu muammoni jurnalistlarning gardaniga tashlab, mahalliylashtirish degani.
Esingizda׃
-Xalq dardini aytadigan deputatlar bormi o’zi? Chiqsin bu erga, xalq uni nega saylagan, nega
gapirmaydi?,-degan edi bir kuni sessiyada u.
Shundan keyin hamma joyda deputatlarni ayblash boshlanib ketgan va hatto xorijiy radiolarda ham
“Deputatlar nega jim?” degan mavzu olti oy chaynalgan edi.
-Har qanday jamiyatda muxolifat bo’lishi kerak. Qani yoshlar orasida bizning siyosatimizni
konstruktiv tanqid qiladigan mardlar bormi? Chiqsin maydonga!-degandi bir kun.
Shundan keyin muxolifat mavzusi muhokaa qilinib, hatto bir haftada “Fidokorlar” degan partiya
ham tuzib yuborilgandi.
Agar o’tgan 15 yilga yaxshilab razm solsangiz, Karimov hamma sohada muammolarni ana
shunday mahalliylashtirishga uringani va bunga erishganini ko’rasiz.
Samarqandda viloyat hokimi Alisher Mardievni ishdan olishda qarindosh urug’chilik, poraxo’rlik,
o’zbek-tojik munosabatlari, huquq-tartibot sohalaridagi adolatsizliklar ochiq aytilgan bo’lsa,
Toshkent viloyat hokimi Kozim To’laganovni ishdan olishda qishloq xo’jaligi oqsayotgani,
sanoatdagi parokandalik, kadrlarni tanlashdagi xatolar sanalgandi.
Uzoqqa bormaylik, mana yaqinda bo’lib o’tgan Andijon va Farg’ona voloyat kengashlarining
sessiyalaridagi nutqlarni o’qib ko’ring. O’zbekistondagi ayanchli vaziyatning suvratini ko’rasiz.
O’zbekiston osmondagi o’lka emas, O’zbekiston viloyatlarning yig’indisi. Viloyatlardagi dardlar
to’planib, O’zbekistonning umum dardini tashkil qiladi.
Karimov viloyatlardagi mummolarni gapirib kelmoqdami, demak 15 yildan beri u o’z aybini ochiq
aytmoqda. Ammo jazoni boshqalar tortmoqda.
Kadr tanlashda bir marta adashsin, ikki marta adashsin, axir bir umr adashadimi?
O’zbekistonni Karimov tanlagan kadrlar botqoqqa aylantirgan bo’lsa, buning uchun Karimovning
o’zi ham javob berishi kerak emasmi?
U muammolarni mahalliylashtirgani bilan hokimlarni tanlash va tayinlashni markazlashtirdi. 15
yil davomida har bir viloyatga kamida to’rttadan hokim tayinladi va ularni tayinlashda rosa
maqtagan bo’lsa, ishdan olishda hamma aybni ularga to’nkadi. Barcha viloyatlarda ayni shu hol
kuzatildi.
99
“Agar hamma kamchiliklar uchun hokimlar, vazirlar aybdor bo’lishsa, Karimov-chi?”, degan
savol o’z-o’zidan tug’iladi, yoki u musicha-i begunohmi?!
Yo’q, aslida hamma ayb uning o’zida. Karimov ishdan olgan viloyat hokimlaridan biri bilan
gaplashgandim. U:
-O’zingiz bilasiz, hatto bitta xo’jalikka o’zimiz mustaqil ravishda rahbar tayinlay olmaymiz.
Tuman hokimlaridan tortib, korxona rahbarlariga qadar hammasini Karimovning o’zi, uning
idorasi tayinlaydi. Biz oradagi ijrochi. Bir kuni bitta universitetning rektori pora istayotganini
aytib, mirshablar shu haqda amaliyot o’tkazishni so’rashdi. Men rozi bo’ldim. Rektorni ish
xonasida pora bilan ushlashdi. Yarim soat ham o’tmay Karimovning o’zi telefon qilib, na onam,
na otam qolmay haqorat qilib, “Nega hamma yoqqa burningni tiqasan?” deb koyidi. Men ishdan
ketdim, lekin rektor qoldi. Keyin uni katta ishga ko’tarishdi. Ammo ko’pga chidamadi…
Bedanani ushlab, bo’ynidan bo’g’ib olib, keyin dumini burab, undan “pitpildiq” deb sayrashni
kutgandek gap bu.
Hokimlarning hammasi bedananing ahvolida. Bedanavoz ularni bo’ynidan bo’g’ib olgan. Oxirida
yana “Bu sayrashni bilmaydi”, deb kallasini uzib, kabob qiladi…
Bundan bir necha kun oldin O’zbekiston Adliya vazirining birinchi o’rinbosari Ixtiyor Abdullaev
BMT Bosh assambleyasining uchinchi qo’mitasi Toshkentda o’tkazgan uchrashuvda O’zbekiston
hukumati inson huquqlarini himoya qilishda BMT tashkilotlari bilan hamkorlik qilishga tayyor
ekanini aytdi.
Agar Karimov rostdan ham G’arb bilan “raqs”ga tushgisi kelib qolsa, Adliya vazirini ishdan oladi-
da׃
-Chet el tashkilotlarini yopib tashlab, inson huquqlari bilan shug’ullanishni oqsatib qo’ygan odam
mana shu bo’ladi. U o’z harakatlari bilan nafaqat inson huquqlariga zarba urdi, balki mamlakatga
investitsiya kelishini to’xtatdi ham. U xalqning dushmani. Millionlab odamlarning rizqiga chang
solgan shu badbaxt bo’ladi,-deyishiga hech shubha yo’q.
Kimdir kulib qo’yadi. Kimdir ishonadi. Vazirning o’zi esa boshini egib turadi. Chunki shunga
o’xshagan tanqidni Bosh prokuror bo’lgan davrda ham, Markaziy Saylov komissiyasida
ishlaganida ham eshitgan.
Darvoqe, Karimovni bedanachiga o’xshatgan, o’zi muammolarni mahalliylashtirish siyosatining
ijrochisi bo’lgan sobiq hokim ham bugun katta bir idoraning boshlig’i. Ha, u o’zini bedanaga
o’xshatgandi.
Sovet davrida “Bedana va badanaboz” degan bir latifanamo hikoya bo’lardi.
Bedanavoz bedanasini siypalab o’tirganda bolasi kirib keladi.
-Nima qilib yuribsan. Bor darsingni qil!-deydi Bedanaboz.
100
-Tushunmayapman, kitobim yo’q, darslarimga yordam bering,-deydi bolasi yalinib.
-Axmoq, sen tushunmasang men tushunaman-mi, “Kitobim yo’q”, deb buncha mana bu bedanaga
o’xshab sayraysan, senga “Pulim yo’q” deb yuz marta aytganman, buning ustiga menda bo’sh vaqt
nima qilsin, bir onangga ayt, yordam bersin!-deya o’shqiradi otasi.
Bola onasining oldiga boradi. Kir yuvib o’tirgan onasi:
-Bolam, hali non yopishim, keyin sigirlarni sog’ishim, xo’ragini berishim, undan keyin sizlarga
ovqat qilishim kerak. Qo’lim bo’shasa, yordam qilaman, lekin oldingi kabi savollaringni
tushunmayman-da!-deb zorlanadi.
Ertasiga bola “ikki” olib qaytadi. Bedanabozning jahli chiqadi:
-Sen odam bo’lmaysan! Kallavaram! O’ldiraman seni! Kallangni uzaman! Bedanaga o’xshab
sayramasdan, kitob o’qisang o’lasanmi? He padaringga la’nat!
Buni eshitib o’tirgan onasi o’zi-o’ziga pichirlaydi:
-“Padaringga la’nat” deguncha, “Bedanabozga la’nat!” desang-chi, er yutgur!..
Ammo farqi nima?!
Xuddi ana shu latifada bo’lgani kabi bugun O’zbekistonda PADAR ham, BEDANABOZ ham bir
kishi!
Do'stlaringiz bilan baham: |