Jahongir mamatov karimovning kirdikorlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/44
Sana21.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#688546
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
Bog'liq
1 5033119556814504073

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


90 
34. O’TMISHNI TITKILAMASLIK 
Tarixini bilmagan millat, kelajagini ko’ra olmaydi.(Hikmat). 
1990 yilda Oshkoralik qo’mitasida imtiyozlar masalasini muhokama qildik va imtiyozlarni bekor 
etish hamda tarixni qayta yozish haqidagi masalani sessiyaga olib chiqishni qarorga bog’ladik. 
Turli bahonalar bilan o’sha kungi majlisda qatnashmagan raisimiz Erkin Vohidov ertasiga׃ 
-Juda yaxshi taklif,-
deb aytdi va borib, Karimov bilan maslahatlashibdi. Keyin kelib׃ 
-Taklifingiz oqsoqolga yoqdi, sizni kutmoqdalar,-dedi. 
-Taklif meniki edi, ammo uni qo’mita a’zolari qo’lladilar va endi qo’mitaning taklifiga aylandi,-
dedim Erkin akaning borib, Karimov bilan gaplashganidan norozi bo’lib. 
-Men o’zim borganim yo’q, chaqirdilar, taklif sizdan chiqqanini ham oqsoqoldan eshitdim,-dedi 
Erkin aka. 
Borsam, Karimov׃ 
-Imtiyozlar deganda nimani nazarda tutayapsiz?,-dedi. 
-Sovet davrida mulozimlarga berilgan barcha imtiyozlar, jumladan, qahramonlik unvonlaridan 
tortib, barcha ordenlar hamda adib va yozuvchilarga berilgan hamma unvonlar…Chunki har 
qanday orden, medal va unvon ortida imtiyoz bor. Moskvada va Boltiq bo’yi jumhuriyatlarida ham 
ana shunday imtiyozlardan voz kechilmoqda. Chunki bu imtiyozlar kommunistik partiyagagina 
xizmat qilganlarga berilgan, xalqqa xizmat qilganlarga emas,-dedim. 
Mana shu gap Karimovga yoqmadi. Chunki yuzida va gapirish ohangida o’zgarish yuz berdi, lekin 
baribir o’zini tutib gapirdi
׃ 
-Partiya kimdan iborat edi? Xalqdan. Partiyaga xizmat qilish, bu xalqqa xizmat qilishdir. 
Imtiyozlar esa o’z-o’zidan yo’qoladi. Orden-medallarning nomini almashtiramiz. Shu bilan ularga 
bog’liq imtiyozlar ham yo’q bo’lib ketadi. Bu ishni asta-sekinlik bilan amalga oshirishni o’zimga 
qo’yib beringlar. Lekin tarixni qayta yozish degan gapga qo’shilmayman. O’tmishni titkilamaslik 
kerak, oldinga qarab ketaverish kerak. O’tmishda xatolar bo’lsa, qolib ketaveradi. Orqaga 
qarashdan, xato qidirishdan foyda yo’q! 
Gapning ochig’i menga “o’tmishni titkilamaslik” iborasi qattiq botdi. O’tmishga to’g’ri baho 
bermasdan, oldinga ketish mumkin emas. Xatolarni tahlil etmasdan, xato qilmaslik yo’lini topish 
mushkul. 
Mana shu fikrlar tinchlik bermagani uchun Leninning odamlarni qirib yuborish haqidagi sirli 
buyruqlari, amirlik va xonliklar davridagi ayanchli ahvolimiz, sovet davridagi vaziyat haqida bir 
nechta maqolalar yozdim. Lekin bu maqolalar gazetalar bilan birga sarg’ayib ketdi… 


91 
Sessiyada Karimovni prezidentlikka saylash chog’ida farg’onalik deputat Inomjon Tursunov bir 
dasta qog’ozni ko’tarib, o’rtaga chiqdi va Karimov Qashqadaryoda kommunistik partiyaning 
birinchi kotibi bo’lganda qo’shib yozishlar avj olgani, ammo negadir unga chora ko’rishmagani 
haqida gapira boshladi. 
Sessiyaga raislik qiluvchi Mirzaolim Ibrohimov׃ 
-Uka, o’tmishni titkilamang, bugundan gapiring,-dedi. 
Zalda o’tirgan hukumat odamlari ham bu iborani takrorlay boshladilar. Menga yaqin 
o’tirganlardan biri׃ 
-Titkilash tovuqning ishi,-dedida “xi-xi”lab kuldi. 
Shu bilan Karimovning qilmishi titkilanmay qoldi. Bu esa, O’zbekistonga, o’zbek xalqiga 
qanchalik qimmatga tushganini ko’rib turibmiz… 
Surxondaryo viloyatining 348-Qumqo’rg’on saylov okrugudan saylangan xalq depuati Aliv 1991 
yil, 7-
sessiyada׃ 
-Shu yilning 18-21 Avgust kunlari mamlakatda davlat to’ntarishi bo’ldi. Shu masala bo’yicha ham 
O’zbekistonning adresiga juda ko’p toshlar otildi. Men bu borada boshqa jumhuriyatlarda bo’lgani 
kabi bizda ham deputatlar buni muhokama qilib, o’z fikrlarini bildirishlarini iltimos qilardim. 
Chunki men o’zim “Axborot”da ko’rdim, mana shu erda o’tirgan katta mansabli deputatlar 
Yanaevning O’zbekiston va Qozog’istonda tartib bor, degan gaplarini “Mana, bu Yanaev 
tomonidan bizga berilgan katta baho” dedilar va bu gaplari mening qulog’imdan ketgani yo’q. 
Adashgan bo’lsam kechirim so’rayman, lekin shu masala bo’yicha fikrlaringizni 
bildirishlaringizni so’rayman,-dedi. 
O’shanda Karimovning davlat to’ntaruvchilari bilan hamkorligi-jinoyati masalasi Moskvada kun 
tartibida edi. Karimov javobgarlikka tortilishi uchun bir qadam qolgandi. 
-GKChP avgustda bo’lgan bo’lsa, oradan qariyb uch oy vaqt o’tdi, bu orada biz mustaqil bo’ldik, 
bu odamlarga nima bo’lgan o’zi, nega o’tmishni titkilaydilar?,-degan edi yozuvchi Primqul 
Qodirov o’shanda surxondaryolik deputatga javoban. 
1990 yillarning boshida ba’zi yosh yozuvchilar G’afur G’ulom, Hamid Olimjon va boshqalar 
haqida haqiqatni aytaylik, Hamid G’ulom, Ramz Bobojon, Mirmuhsin kabilar ham o’lib 
ketmasdan ularning kimliklarini yuzaga chiqa
raylik deyishganda׃ 
-O’tmishni titkilamang,-degan javob olishgandi… 
Inqirozga uchragan o’zbek muxolifati tarixini tahlil etaylik, xatolarimizni ko’rib chiqib, shundan 
xulosa qilaylik degan fikrlarga qo’shildim. Chunki butun tariximiz yolg’onlarga to’lib ketgani 
uchun muxolifat tarixini ham bir-ikki odam yolg’onga aylantirmoqda edi. Shuning uchun 
muxolifat faoliyatida qatnashganlarning yozganlarini to’play boshladim. Hamma o’z bilganini 


92 
aytsa va yozsa, uni tahlil qilgan tarixchilar haqiqatni topib oladilar. Qolaversa, o’zimiz ham bularni 
muhokama qilib, xatolardan saboq olishimiz mumkin. Ammo har tomondan sadolar kela boshladi׃ 
-O’tmishni titkilamaylik! 
Ko’rayapsizmi, 70 yil oldingi gap haqida gapirilsa ham, 7 yil oldingisi haqida aytilsa ham, 7 kun 
oldingi xatolar tilga olinsa ham ayni ibora ishlatilmoqda. 
Demak, Karimov o’tqazgan daraxt mevasini beribdi. Chunki o’tmishini titkilamagan millat 
o’zining kimligini bilmaydi. Ko’zi ko’r bo’lib qoladi. Bu esa manqurtlik demakdir. 
“O’tmishni titkilamang!” 
Bu gapni a
ytib kelayotganlarga nima deyish mumkin׃ modomiki, manqurtlikni ixtiyor etayotgan 
bo’lsangiz, demokratiya, nima ham deymiz, o’tmishdan qo’lingizni yuvib, qo’ltig’ingizga uring 
va oldinga qarang, qop-qorong’u kelajakni ko’rasiz! 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish