Jahongir mamatov karimovning kirdikorlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/44
Sana21.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#688546
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
1 5033119556814504073

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


117 
41. “O’ZBEKLASHTIRISH”
Tojik tiliga ham davlat maqomi berilishi kerak! (Islom Karimovning 1990 yilda aytgan gapi). 
-Mavzuni qancha davom ettirasiz?-deb so’radi bir kuni Muhammadbobir Malikov. 
-Yomonning qir qilig’i deganlaridan kelib chiqib, Karimovning qirq kirdikori bilan bitiraman,-
dedim. 
-Bitirolmaysiz, Karimovning kashfiyotlari qirqdan ham ziyod,-dedi Bobir aka. 
Haqiqatdan ham Karimovning qirqta “kashfiyoti” haqida yozib bo’lganimdan keyin hali ko’p 
narsa yozilmaganiga ishonch hosil qildim va mavuzni davom ettirishga qaror berdim… 
…Har qanday xalq dunyoning har qanday nuqtasida emin-erkin yashasagina uning insoniy 
huquqlari ta’minlangan bo’ladi. 
Lekin dunyoda shunday mamlakatlar borki, ularning hududlarida yashagan xalqlar garchi bu 
zamin ularning azaliy istiqomat joylari bo’lsada, ozchilik vaziyatiga tushganlar yoki huquqlari 
toptalgan. Turon zaminida yuzaga kelgan o’nlab mamlakatlarda yuz yillardir ana shunday hol 
hukm surgan. Rus inqilobidan keyin Turkiston zaminida tuzilgan va sun’iy nomlangan 
respublikalarning har biri bundan 15 yil muqaddam alohida davlatga aylangandan keyin bu hol 
yanada murakkablashdi. 
O’zbekistonning Samarqand, Buxoro va boshqa bir qancha hududlarida tojiklar azaldan yashab 
kelganlari kabi Tojikistonning bir qancha joylarida o’zbeklar muqim xalq hisoblanadilar. 
O’zbeklar Qirg’izistonda diaspora emas, balki o’sha erning tub xalqi, o’zlari yashagan zaminning 
sohibi. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham shunday. Demak,mustaqillik siyosati yakka 
xalqlik emas, balki umum Turkiston hududida yashayotgan barcha xalqlarning manfaatlarini 
ko’zlagan holda amalaga oshirilishi kerak edi. Afsuski shunday bo’lmadi. 
1990 yillarning boshida Karimov o’zining tojik ekanligini yashirardi. Vaholanki, buni hamma 
bilardi va buning uyat joyi yo’q edi. U azaldan boshqa xalqlar qatori tojiklar ham muqim yashagan 
Samarqanddan bo’lgani uchun o’z millatini yashirishga ehtiyoj sezmasligi kerak edi. Qolaversa, 
O’zbekiston prezidenti shu mamlakat hududida yashayotgan ozchiliklardan chiqmasligi kerak 
degan ta’qiq ham qo’yilmagandi. Zotan tojiklar ham dunyoning qadim va madaniyatli xalqlaridan 
biri va ular ham azaldan yashab kelgan joylarida hamma huquqlarga ega bo’lishlari shart. 
Ma’lumki, bizda rahbarga yoqish uchun ming bir tusga kirib chiqiladi. 1990 yillarning boshida 
Karimovga yoqishni istaganlar o’zbek tili qatorida tojik tiliga ham Davlat tili maqomi berilishini 
ilgari surdilar. Bu ishning boshida Oliy kengash Madaniyat va til qo’mitasi raisi Primqul Qodirov 
turgandi. U tayyorlagan qonun loyihasiga ba’zilar sirtdan qarshilik bildirsalar, yosh deputatlar 
qatori men ham ochiq va keskin qarshi chiqqan edim. Bu bilan tojik tiliga qarshi chiqqanim yo’q. 
Tojik tilini yaxshi ko’raman. Juda ko’p tojik do’stlarim bor. Hatto opalarimdan biri tojikka 
turmushga chiqqan. Bolalari va nevaralari ikki tilni ham burro bilishadi. O’zim AQShda ilmiy 
ko’lamda chop etilgan Tojikcha-Inglizcha yirik lug’atning mualliflaridan biriman. Lekin ayni 


118 
paytda o’ta jiddiy masalalarda hissiyot aqldan ustun kelmasligi tarafdoriman. Chunki 
O’zbekistonda tojik tiliga davlat tili maqomini beramiz deyayotganlar bilib-bilmay ikki xalqni bir-
biriga edirmoqchi edilar. 
Buning ustiga o’shanda O’zbekistonda tojik tiliga davlat tili maqomi berilsa, ayni zaminda xuddi 
tojiklar kabi azaldan yashab kelayotgan qozoq, qirg’iz va turkmanlarni kamsitgan bo’lardik.Ular 
ham o’z tillariga davlat tili maqomi berilishini talab qilib chiqardilar. Xuddi shu manzara gulxan 
kabi yonib turgan Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham yuz berardi va shunday ham 
birlasha olmayotgan Turonzamin xalqlari yanada parchalanib, bir-birlariga qarshi yanada 
dushmanlashib ketardilar. 
Biz tojiklarni ham o’z ichiga olgan Turkiston-Turon birligi(nomi boshqacha ham bo’lishi 
mumkin)ga intilish nuqtai nazaridan ham bu nozik masalada ehtiyot bo’lish kerakligini istardik. 
O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishini birinchi galda rus tilidan qutilish siyosati deb bilgandik. 
Boshqa davlatlarda ham shunday deb bilingandi. 
Xullas, o’shanda sog’lom qarash g’olib kelib, Karimov va Primqul Qodirovning takliflari kun 
tartibidan chiqib ketgandi. 
Keyinroq Karimov xorijiy jurnalistlar oldida “Mening qonimda tojik qoni bor” deb yubordi va bu 
uning tojikligini rasman tan olishiga yo’l ochdi. Xuddi ana shu narsa tojik tiliga davlat tili 
maqomini berish haqidagi taklif qayta kun tartibiga kelishiga monelik qildi. Chunki endi Karimov 
yomon vaziyatga tushib qolishi mumkin edi. 
Har bir xalqning va tilning fidoyilari bo’lgani kabi tojik tili uchun kurashganlar ham bor. 1990 
yillardan avvalroq va hozirga kunga qadar Hayot Ne’mat, Jamol Mirsaidov kabilar bu yo’lda 
faollik ko’rsatdilar. O’z tilini himoya qilgan har qanday odam maqtovga sazovordir. Ammo 
bugunga kelib, Karimov “Tojiklarning huquqlarini yo’qotib, o’zbeklashtirish” siyosatini amalga 
oshirmoqda, deyishlari mantiqqa ziddir. Karimov oldingi bo’limlarda yozganimizdek, aslida 
ruslashtirish siyosatining faolidir. 
U Turkiston xalqlarning birligiga qarshi. U Turon va Turkiston g’oyasiga qarshi. Ana shu g’oyani 
o’ldirish uchun go’yoki “o’zbeklashtirish” siyosatini topdi. 
1991 yil Parlamentda o’ziga qarshi chiqishni “toshkentliklar isyoni” deb nomlagani kabi bugun 
o’zbeklar, tojiklar va boshqa xalqlarning huquqlari toptalishini “o’zbeklashtirish” siyosati deb 
xalqqa mish-mish sifatida edirilmoqda. Bunga eng yaxshi misol quyidadir. 
“Turonzamin” saytida 2006 yilning noyabrida “Tahrirsiz maktublar” rukni ostida bir xat
ni berdik׃ 
“Men ham ko’pchilik O’zbekiston fuqarolari kabi oila-yu Vatanidan ayrilib, chet elda sarson bo’lib 
yurganlardan biriman. Men Samarqand shahrida tojik oilasida tug’ilganman, lekin ko’pchilik kabi 
hujjatimda “o’zbek” deb yozilgan. 


119 
Men ushbu mamlakatda biror-bir boshpana topish ilinjida yuribman, chunki aynan tojikligim 
sababli men organning “kattaroq itlari” bilan janjallashib qolganman va sal qolgan ular meni 
(bergan va’dasiga muvofiq) “turmada chiritib yuborishlariga”. 
Shular dastidan men qochib, o’zga yurtlarda mardikorlik qilib yuribman. Men sizdan 
O’zbekistonda “o’zbeklashtirish” siyosati qanday yutuqlar bilan olib borilayotganligi, boshqa 
millatlarning, ayniqsa tojiklarning haq-huquqi umuman yo’qligi haqida 4-5 faktlar berishingizni 
iltimos qilib so’rayman. 
Men ushbu iltimos bilan IGNPU raisi Surat Ikromovga murojaat qilgandim, o’zini Bahodir 
Eliboev deb tanitgan yodamchilaridan javob keldi va ikki-uch xat olib javob yozganimdan keyin 
umuman javob kelmay qo’ydi. Sizning saytingizdan elektron pochtangizning adresini topdim-da, 
darhol sizga, katta umid bilan yozdim. 
Haq yo’lida qilayotgan buyuk ishlaringizga yutuqlar tilab Salim.” 
Men tahririyat nomidan unga qisqa bir javob yozdim׃ 
“Salimjon, O’zbekistonda o’zbeklashtirish siyosati yo’q, balki fikri bor har qanday odamni 
manqurtlashtirish yoki yo’qotish siyosati bor. Karimov o’zi tojik bo’lgani holda qanday qilib 
tojiklarni o’zbeklashtirish siyosatini yurgizishi mumkin? Uning uchun insonlarning millati emas, 
fikri tahlikalidir. Sizga ham tojik bo’lganingiz uchun emas, balki organdagilarga gap qaytarib, 
fikringiz borligini ko’rsatganingiz uchun zug’um bo’lgan bo’lsa haqiqatga mos tushadi. Siz 
haqiqatni boshqa joydan izlamoqdasiz. Bugun O’zbekistonda hamma millat vakillari birdek 
ezilmoqdalar.” 
Undan e’tiroz maktubi keldi. 
“Assalomu alaykum!!! Men yana bir bor sizga murojaat qilishga majburman. Sizga savolimga 
bergan javobingiz uchun behad minnatdorchiligimni bildiraman. 
Lekin, ushbu javobingizdan keyin menda yana bir qancha savollar tug’ildi (kechirasiz men faqat 
tojiklar misolida gapiraman, chunki bu men shaxsan o’zim ko’rganlarim, lekin bu keltiriladigan 
misollar huddi shunday rus millatiga ham mansub, boshqa millat vakillari ham xuddi shu 
ahvoldaligiga ishonchim komil): 
1.”O’zbeklashtirish” siyosati mavjud bo’lmasa, nega 28-33% aholisi tojik millatiga mansub 
bo’lgan mamlakatda oliygohlarda tojik fakultetlari, tojik guruhlari (yoppasiga desa ham bo’ladi) 
yopildi. 
2. 100% aholisi tojik millatiga mansub bo’lgan joylarda ham tojik maktablari yopildi. O’qish 
boshqa tillarda olib boriladigan maktablardagi tojik sinflari yopildi. 
3.Tojik (rus va boshqa) tilida chop etiladigan ro’znomalar yopildi. 


120 
4.Televidenieda tojik tilidagi namoyishlar, radiodagi eshittirishlar umuman barham topdi. Hozirgi 
kund arus tilida faqatgina yangiliklar olib boriladi, xolos. 
5.Biror ishga borsangiz (asosan yaxshiroq joy bo’lsa) avvalo millatingizni so’rashadi. “Kattaroq” 
ishlarda to pasportingizda “O’ZBEK” degan yozuv bo’lmasa umuman yaqinlashmaysiz… 
va hokazolarni ko’plab misol keltirish mumkin. 
Sizni juda chuqur hurmat qilgan holda ushbu e’tirozlarim to’g’riligini qabul aylarsiz. 
To’g’ri Siz O’zbekistondan ketgan davrda bu narsalar unchalik rivojlanmagan edi, lekin hozirgi 
kunda boshqa millatlarning ahvoli yig’lagulik darajada!!! 
Sizga salomatlik tilab Salim”. 
Unga yozgan javobimda tojiklarga nisbatan o’zbeklashtirish siyosati yo’qligini yana bir bor 
urg’ulashga va 
dalillashga to’g’ri keldi׃ 
“O’zbeklashtirish siyosati yo’qligiga juda katta misol shuki, tojiklardan chiqqan Bahodir 
Matlyubov Ichki ishlar vaziridir. Hukumatda ana shunday vazirlar juda ko’p. Shunday ekan, vaziri 
tojik bo’lgan holda qaysi oddiy xodimi o’zicha siyosat o’rnata oladi? 
O’zbekistonda siyosatni faqat bir kishi belgilaydi – Karimov, va yana bir kishi ijro etadi-
Matlyubov. Bularning ikkalasi ham tojik. 
Keyingi yillarda o’nlab o’zbekcha gazetalar ham yopildi. Muxolifatning gazetalariga ham 
umuman yo’l berilmaydi. Maktablar va tojikcha kitoblar masalasi esa, pulga va diktatura fitratiga 
bog’liq. Agar Tojikistondan darsliklar olinsa, ularda Rahmonov ulug’langan. Bu esa, Karimovga 
yoqmaydi. Tojikiston, Qirg’iziston va Qozog’istondagi o’zbeklar va tojiklarning ham ahvoli ayni. 
Bu diktatorlik siyosatining mahsulidir. 
Diktatura hamma narsaning, jumladan milliy ozchiliklarning ham kushandasidir”. 
Undan qaytib xat kelmadi. Demak, u mendan ranjidi. Bu tabiiy hol. Chunki faqat u emas, boshqalar 
ham 15 yilda ana shunday vaziyatga tushdilar. Dod deng, voy deng foydasi yo’q. Ular Karimov 
“kashfiyo”tlarining qurbonlaridir. 
E’tibor qiling, bugunga qadar turkiy jumhuriyatlar orasida bir butunlik yo’q. Bu ham Karimovning 
aybi bilan bo’lmoqda. Bir buzg’unchi olamni buzishga etib ortadi, degan gap bor. Bugun 
Turkistonning bir bo’lagi-O’zbekistonda yashagan turkiy xalqlarning mansublariga “Sen turksan” 
deb ko’ring, yoqangizni yirtib berishadi. “Men O’zbekman” deyishadi. Mana buni o’zbeklashtirish 
deyish mumkin. Ya’ni Karimovning “o’zbeklashtirish” siyosati faqat tojiklarga emas, balki butun 
Turon-Turkiston xalqlariga qarshidir. Ko’rdingizmi, o’zbeklashtirish shu darajaga etdiki, odamlar 
o’zlarining asl kimliklarini rad eta boshladilar. Mana buni “kashfiyot” desa bo’ladi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish