Jahongir mamatov karimovning kirdikorlari


partiyasini tuzib, saylovlarda qatnashish istagini ham ko’rsatishgandi



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/44
Sana21.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#688546
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
Bog'liq
1 5033119556814504073


partiyasini tuzib, saylovlarda qatnashish istagini ham ko’rsatishgandi. 


102 
Esimda, Karimov hokimiyat tepasiga kelishi bilan demokratik tashkilotlar barobarida diniy 
guruhlarni ham qatag’onga oldi. 
U 1990-yillarning “Ra’no Abdullaeva”siga aylandi. Faqat, Ra’no Abdullaeva hamma narsani 
ochiq qilgan bo’lsa, Karimov tilda dinni ulug’lab, amalda unga qarshi kurashdi… 
Bir kun Beshyog’ochda demokratik tashkilotlar, muxolifat va diniy guruhlarning yo’lboshchilari 
xalqaro jurnalistlar uchun matbuot konferentsiyasi o’tkazdik. Men o’shanda tarixchi-professor 
Fayzullo Ishoqov bilan birga boshqarganimiz Demokratik islohotlar tashkilotining raisdoshi 
sifatida qatnashgandim. 
Konferentsiyaga Islom uyg’onish partiyasining amiri Abdulla O’taev ham keldi. 
Tashqarida u bilan besh-o’n daqiqa gaplashib qoldik. 
Men unga: 
-Saylovda qatnashamiz, deb aytdingiz, agar qatnashsangiz, diniy partiya deb hozirgi sharoitda 
rostdan ham ancha-buncha tarafdor to’plashingiz mumkin, hatto saylovda yutib ham chiqdingiz, 
deb faraz qilaylik, lekin O’zbekistonni kim bilan boshqarasiz, qanday rejim bo’ladi, kadrlaringiz 
bormi, agar shariat o’rnatadigan bo’lsangizlar, dunyoda buning bir modeli mavjudmi? Bu rejimni 
xalq istaydimi?-dedim. 
Chunki ichkarida ham xuddi ana shunga o’xshash savollar bo’lgan va u aniq javob bera olmagandi. 
Bu nozik masala deya savollar ham mujmal, javoblar ham mujmal edi. 
Shu bois men Abdulla O’taevdan ochiqchasiga so
’radim. U׃ 
-Dunyoda to’la shariatga asoslangan birorta musulmon davlati yo’q. O’zlarini musulmon 
davlatlari deb ataganlar ham shariatdan uzoqdalar. Menimcha bundan keyin ham shunday bo’ladi. 
Men mana bu erga kelib demokratlar bilan birga yurganimning sababi ham biz o’z boshimizga 
hukumat qila olmasligimizni tushunganimizdandir…,-dedi. 
U bilan ancha gaplashdik va uning o’zi ham dildan demokratlarning yo’lini qo’llayotgani sezilib 
turardi. 
Oradan ko’p o’tmay, uning Misrga ketgani, qaytishda Qozog’istondan Toshkentga kiraverishda 
qamoqqa olinganini eshitdim. Shu bilan u dom-daraksiz yo’qolib ketdi. 
Men Abdulla O’taevdan so’raganimni juda ko’p diniy ulamolar va diniy guruhlarning liderlaridan 
ham so’raganman. “Amerika ovozi”da ishlaganimda 2000 yilning Oktyabr oyidagi intervyuda 
ayni savolni O’zbekiston Islomiy harakatining boshida turgan va keyinchalik Tolibonga qo’shilib, 
terroristik yo’lga kirgan Tohir Yo’ldoshevga ham qaratganman va hatto u ham: “Bugun er yuzida 
Rasululloh alayhi va sallamdan qolgan islom modeli bugun yo’q”, (Uzbek Islamic Debats, 2006, 
USA, Dunwoody press, 432-bet) deb javob qilgandi. 


103 
Demak, o’sha davrda aksar islomiy guruhlarning O’zbekistonda shariat davlati qurish haqida aniq 
tasavvurlari ham bo’lmagan. 
Shunday ekan, ular Karimov rejimiga uning dunyoviyligi uchun emas, balki uning zolimligi uchun 
qarshi bo’lganlar va bu rejim qulagan taqdirda ham hokimiyatni boshqarishga tajriba, reja va xalq 
orasida ommaviy dastaklari yo’qligi bois demokratik muxolifatga yaqin bo’lishga intilganlar. 
Ha, 1990 yillarning boshida Karimov murosa qilish, til topishish va siyosiy yo’llar bilan ularning 
jamiyatdagi o’rinlarini topib berish o’rniga qatag’on yo’lini tanladi. 
Ta’sir-aks ta’sir qonuniyati bor. Bir kishi nohaq qamalsa, uning ortida bolalari, qarindoshlari 
adolatsizlikka qarshi bosh ko’targanlari kabi diniy liderlarning qanchadan-qancha yaqinlari, 
shogirdlari rejim dushmaniga aylandilar. 
Darvoqe, agar ular tahlika darajasiga etmagan bo’lsalar, Karimov nega ularni quvg’inga oldi, 
degan tabiiy savol tug’iladi. Ko’pchilik mana shu savolga javob berishda Karimovning 1991 yilda 
Namanganda Tohir Yo’ldoshev guruhi bilan uchrashuvini burilish nuqtasi sifatida ko’rsatadi. 
Menimcha, burilish nuqtasi Karimov Hollandiyaga borgandan keyin yuz berdi. Hollandiyada 
unga׃ 
-Sizlarda islomiy ekstremizm bormi?-deb savol berishdi. 
-Bor! Ildizi juda chuqur va tahlikali! Biz bunga qarshi kurashga tayyormiz va yordamga 
muhtojmiz,-dedi Karimov. 
Uning bu gapi butun dunyoda aks sado berdi. Hamma yoqda shu haqda bahslar boshlandi. 
Tabiiyki, SSSR yiqilishidan keyin uning o’rnida paydo bo’lgan davlatlarning qaysi yo’ldan ketishi 
mavzusi ko’pchilikni qiziqtirar edi. 
Kimdir “Karimov haq gapni aytmoqda” desa, kimdir “U dunyoni aldamoqda”, der edi. Uni 
qo’llaganlar va yordam berishga tayyor bo’lganlar ham bor edi. 
O’shanda Karimov hali ko’karmagan niholning mevasini sotgandi. Bozor chaqqon ekan. Nasiyaga 
bo’lsa ham olishdi. Ana shu paytda Karimov dunyo diqqat markazida turish uchun o’ziga yo’l 
tanladi. Diniy guruhlar, jamoalar, liderlar xuddi mana shu maqsaddan kelib chiqib, quvg’inga 
olindilar. 
Bu jarayonda ham ba’zi xalqaro tashkilotlar, davlatlar Karimovni tanqid qilsalar, ba’zilari uni 
qo’lladilar. 
Asta-sekin diniy guruhlarning noroziligi keskin qarshilikka aylana boshladi. Bugunga kelib esa, 
hukumatning qarshisida o’ziga o’xshagan “gapga kirmaydigan” guruhlar ham paydo bo’ldi. Buni 
hukumatning o’zi tug’di va voyaga etkazmoqda. 


104 
Demak, bugun O’zbekistonda bir-birini mutloq ko’ra olmaydigan, bardosh va toqatdan mutloq 
uzoq bo’lgan ikki jabha mavjud. Buni Karimov ham bilib, ham bilmay yaratdi. Bilgani bu 
masalada dunyoni chalg’itib, o’z diktatorlik hokimiyatini saqlash, bahona ko’rsatish bo’lsa, 
bilmagani ba’zi diniy jamoalar bu qadar kuchlanib ketib, O’zbekiston kelajagini tahlika ostiga 
qo’yish darajasiga etishlari mumkinligi edi. 
Agar AQShning Afg’onistonga hujumi yuz bermaganda bugun O’zbekistonning vaziyati nima 
bo’lardi, Xudo biladi. 
Karimov dindo
rlarni ikkiga bo’ldi, uning e’lon qilinmagan shiori quyidagicha edi׃ 
“Xudoga emas, faqat menga sig’inganlar – mening do’stlarim!” 
Menga emas, faqat Xudoga sig’inganlar – mening dushmanlarim!” 
Birinchi guruhni ikinchi guruhga qarshi ishlatdi va ishlatmoqda. Otilganlar, qamalganlar, 
qamalayotgan va yo’qolayotganlar haqida har kuni o’qib turibmiz. O’qimaganlarimiz va 
bilmaganlarimiz qancha, balki kelajakda bilarmiz? 
Shuning uchun ham AQSh davlat deparatamenti har yilgi hisobotida O’zbekistonni diniy erkinlik 
bo’lmagan davlatlar qatoriga qo’yadi. Lekin 2006 yilgi hisobotda Karimovning dindorlaraga 
bergan qulayliklari ham sanaladi. Masalan, hisobotda O’zbekistonga 2003 yili qaytgan muftiy 
Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning hech qanday to’siqlarsiz o’z diniy asarlarini nashrdan 
chiqarayotgani, radio orqali islom haqida dasturlar olib borayotgani, uning boshchiligida faoliyat 
ko’rsatayotgan “islam.uz” internet saytiga to’siq qo’yilmagani va uning Islom Universitetida 
mudarrislik qilayotgani misol tariqasida keltirilgan. 
Dunyo bozori ana shunday mahsulotni ham olishga ishtiyoqmand bo’lgani uchun Karimov bugun 
o’z tomorqasining bir chetiga bunaqasini ham ekib qo’ygan. 
…Turkiyaga kelganimda televidenieda diniy bahslarni ko’rib, og’zim ochilib qolgandi. Dindorlar 
va dunyoviychilar orasida juda keskin bahslar bo’lar ekan. 
Bugunga qadar bu mamlakatda diniy tamaldagi partiyalar bir necha marta hokimiyatga keldilar. 
Ammo mamlakatning demokratik yo’lini o’zgartira olmadilar. Ba’zilar buni Turkiyadagi harbiylar 
ularning yo’lini to’sib turadi, deb izohlaydi. Menimcha, asl sabab bu yerda diniy bahslar ochiq 
bo’lgani va hamma istagan gapini ayta olishidadir. Faqat bitta odamning og’ziga qarab qolgan 
jamiyat va jamoalarda rivojlanish bo’lmaydi. 
Turkiyada diniy partiya mansublari parlamentda ko’pchilik bo’lganda ham, hukumat boshiga 
kelganda ham hech narsa qila olmadilar. Chunki ular jamiyatning anchagina qismi demokratik 
tuzumni yoqlashini va shariatning islohga muhtoj qoidalari bilan bugungi zamonda uzoqqa bora 
olmasliklarini yaxshi tushunadilar. 
Bizda esa, bu mavzularda gap ochgan odam kofirga chiqariladi. Karimov rejimi ham, diniy 
jamoalar ham bu mavzuni “zindonband” etishgan. Katta tahlika mana shu! 


105 
Yaqinda o’quvchilarning biridan maktub oldim. U men yozgan latifalarda mullalar kulgi qilingani 
va diniy mavzularda ehtiyot bo’lishga chaqirgan. 
Nima, Karimovni latifa qahramoni qilish mumkinu mullalarni mumkin emasmi? 
Yoki mullalar odam emasmi? Odam bo’lgandan keyin latifanamo ish qilishi turgan gap. Har 
qanday muhofaza qilingan narsa ham baribir oshkor bo’ladi. Bu ishlar vaqtida bo’lsa, foydasi 
ko’proq. Kechikdimi, ko’p narsa kechikadi. 
Boshqa bir misol. Karimov davrida 15 yil uning mafkurasi ostida yashab chetga chiqqan bir 
kishiga maktub yozdim. Odatda elektron maktublarda qisqartirishlar ishlataman. Masalan, 
“Assalomu alaykum” kalimalarini “AS. AL.” deb yozishga odatlanganman. U menga bu muborak 
kalimalarni qisqartirib, xudbinlik qilganim, o’zi qatnayotgan machitdagi imomi ham shu fikrda 
ekanligini yozdi. 
Men esa unga׃ 
-Bo’lmasa, imomingizdan “sallalohu alayhi va sallam” o’rniga “S.A.V.” degan qisqartirish haqida 
ham so’rab bering-chi!,-degan kinoya bilan cheklandim. 
Yaqinda Ramazon hayiti arafasida undan xat kelib qoldi. U meni Ramazon emas, Qurbon hayiti 
bilan qutlagandi… 
Bugun dunyoni qonga botirayotgan narsa esa, diniy chalasavodlikdir! Karimovga va uniki kabi 
rejimlarga xuddi ana shu narsa kerak. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish