113
40. HAMMA NARSANI O’ZINIKI QILISH
O’zbekistonda it hurishi uchun ham diktator Karimovning izni kerak. (Xalq orasidagi gaplardan).
“2006 yilning 1-Noyabr kuni Karimov V.Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish
birlashmasining bosh direktori Vadim Kucherovni ishdan oldi. Uning o’rniga bosh vazirning sobiq
o’rinbosari, so’nggi vaqtlarda bosh vazir maslahatchisi lavozimida ishlab turgan O’tkir Sultonovni
tayinladi”.
Bu xabar chiqmagan va aytilmagan joy qolmadi. Ammo hech kim “Nega bu ishni Karimov bajardi,
bu uning vakolatiga kiradimi, yo’qmi?”, deb so’ramadi. Bu tabiiy. Chunki odamlar hojatxona
qorovulini ham Karimov tayinlab, Karimov ishdan olishiga ko’nikib qolishdi.
Toshkent Aviatsiya birlashmasi aslida aktsiyadorlik korxonasi bo’lib, rahbarni paychilar tayinlashi
va paychilar saylashi kerak. Ammo bugun O’zbekistonda hamma narsaning asliga emas, vasliga
qaramoq kerak. Quyidagi uch misolning o’ziyoq ko’p narsani oydinlatadi.
…O’zbekiston televideniesiga rahbar sifatida ish boshlaganim kunlarimda ertalab majlis
o’tkazayotgan edim, hukumat telefoni jiringladi. Olsam, bir kishi juda yumshoq salom-alikdan
keyin׃
-Men Salim bo’laman? Yulduzxonning kontsertlarini tez-tez berib tursangiz,-dedi.
-Kim?-dedim.
-Salim, nahotki eshitmagan bo’lsangiz? Salimboyvachcha ham deyishadi…
-Biz majlisdamiz. Qolaversa, Salim degan odamni tanimas ekanman, ammo istagingiz uchun
rahmat,-dedim-da telefon go’shagini joyiga qo’ydim.
Qarasam, mening yonimda o’tirgan Elbek Musaevning rangi oqargan. Parvo qilmay majlisni
o’tkazdim. Majlisdan keyin Elbek aka menga nasihat qilgan bo’ldi va Salim deganga
o’xshaganlarning yuziga telefonni bekitmaslik kerakligini aytdi.
-Men telefon dastasini ataylabdan qo’yganim emas. Gap bitgach ham telefon go’shagini tutib
turmaysiz-ku! Istagan odam, har bir tomoshabin televideniega telefon qilishi, xat yozishi va o’zi
istagan san’atkorning ko’proq chiqishini talab qilishi mumkin,- dedim.
-Ammo Yulduz Usmonova Salimboyvachchaning iznida. U aytgan to’yga boradi va u aytgan ishni
qiladi. U ham o’z navbatida yordam qiladi…
Mening diqqatimni bu masala emas, balki uning hukumat telefonidan qo’ng’iroq qilgani tortgandi.
Xayolimdan ikki fikr o’tdi. Mafiya ham hukumat telefoniga ega yoki hukumat ichidan kimdir
o’yin qilmoqda…
114
Boshqa kuni ayni telefondan Islom Karimov qo’ng’iroq qilib qoldi. Sovuqqina salom-alikdan
keyin ruschalab׃
-Nega Halimani bo’shatdingiz?-dedi.
Men o’zbekchalab javob qildim:
-Halimaxonni bo’shatganim yo’q. U satrlarni hijjalab o’qigani uchun diktorlikdan Axborot
bo’limiga muxbir sifatida o’tkazdim. Diktorlar o’zbekchani yaxshi bilishlari va yaxshi gapirishlari
kerak…
-Menga kinoya qilayapsizmi? Bunaqa o’zboshimchalikka chek qo’ying va bugun Halima
“Axborot”da chiqsin!,-dedi Karimov.
Gapning ochig’i o’shanda Salim mafiya Karimovga nisbatan ancha durust odam ekan, deb
o’yladim.
Birinchidan, do’q urgan emas, ikkinchidan, talab qo’ygan emas, uchinchidan, shunchaki istak
bildirdi. Agar mafiya degani shu bo’lsa, demak qo’rqmasa ham bo’ladi, deb o’yladim.
Ammo Karimovning o’zbekcha yozuvni hijjalab o’qib jonga tekkan, o’z vazifasiga loyiq
bo’lmagan oddiy bir diktorni boshqa ishga o’tkazganimga aralashganidan juda xafa bo’ldim. Axir
u Prezident va katta mamlakatning katta vazifalari bilan shug’ullanishi kerak.
Yo’q. Aslida mafiya u edi. Diktorlar o’sha kezda kazo-kazolarning “tomorqasi” degan gaplar
yurardi. Rost ekan, deb o’yladim. Menimcha, kazo-kazolarning emas, Karimovning
“tomorqasi” bo’lishgan. Aks taqdirda mendan kutilmagan javoblar olishi mumkinligini bilgani
holda Karimov bunaqa muomala qilmasdi. Men uning “tomorqasi”ga hamla qilgandek ko’rinib,
jahli chiqqan.
Men ham o’chakishib Halimaxonni qaytarmadim, Karimov ham bu masalada boshqa telefon
qilmadi. Uning “Hap, senimi?” deb kin saqlaydigan odati bor. Buni ham kin daftarchasiga yozib
qo’ygan bo’lsa, ne ajab?! Televideniedan tez ketganim uchun Salimboyvachcha bilan ham qaytib
gaplashmadim, lekin men ketgandan keyin Halimaxon diktorlikka qaytdi, u hijjalab o’qishda va
Yulduzxon har oqshom oinajahonning yulduzi bo’lishda davom etdilar.
…O’zim deputat bo’lib saylangan Jomboy tumani markazida kitob bazasi bor edi. Uning direktori
juda yaxshi bir odam edi. Bir kuni uni bo’shatib, o’rniga tuman rahbarining “odami”ni
tayinlashmoqchi bo’lishibdi. Har oy bir marta Jomboyda qabul kuni o’tkazardim. Ana shu direktor
zorlan
ib keldi׃
-Bu yerda foyda yo’q. Kitob savdosidan qanday foyda kelsin? Meni bo’shatib, boshqa ish bersa
mayli edi, ammo bekor qoldirishmoqda,-dedi arizasini uzatib.
Bu odamning gapiga kulgim keldi. U joyni bilaman. Nomi baza, ammo bir katta xonadan iborat
ombor. Ichida kichkina oynavand xonachada direktor – ya’ni omborchi qishda muzlab, yozda
115
nafasi qaytib o’tiradi. Kitob kelsa, tushirib oladi, do’konlar va kutubxonalar uchun yuklashga ham
yordam qiladi. Chunki ko’p hollarda ayollar kelishadi. Ammo nomi ulug’-direktor. Lekin bunday
joydan bo’shatganiga zorlanishga ham arzimaydi. Shunda ham indamadim-da yonimda o’tirgan
ijrokom raisiga qarasam, elkasini qisdi. Direktorning arizasini olib, unga beraman desam, olmadi.
Tuman rahbarining “odami” tayinlanayotgan joyga ijrokom raisi aralasha olmasligini aytdi. Men
xatni viloyat hokimi Po’lat Abdurahmonov nomiga jo’natdim. Toshkentga kelsam, bir-ikki kundan
keyin Karimov telefon qildi׃
-Biz kelishganmiz, deputatlar odamlarni ishga tayinlash va bo’shatish ishlariga aralashmaydi,-dedi
va omborchi haqida gapira boshladi.
Men unga qabulimga kelgan har qanday kishini eshitishim shartligini va ularning arizalarini
hokimiyat idoralariga yuborishga haqqim borligini aytishga harakat qildim. Nihoyat Karimov׃
-O’sha joy sizga kerak bo’lsa, mana manga ayting, o’zim siz aytgan odamni tayinlab beraman,-
dedi.
Shunda ko’z oldimga Oliy Kengashdagi vaziyat keldi. So’zga chiqqan deputatlar Karimovdan yo’l
qurilishiga yordamdan tortib, yangi traktor olishgacha bo’lgan mayda-chuydalarni so’rashardi.
Hatto 7-sessiyadan keyin Karimov bilan deputatlar orasida protokol tuzilganda ham bir qancha
deputatlar katta siyosiy masalalar qolib ketib, ana shunday mayda-chuydalar borasida yordam
so’rashgani haliga qadar ko’z oldimda.
…Bir kuni taniqli adib Mamadali Mahmudov choyga chaqirdi. U Madaniyat fondining raisi edi
va shu fond mehmonxonasida Turkiyadan kelgan ishbilarmonlarga choy berayotgan ekan. Shu
erda tanishganim-ertasiga Turkiyaga jo’nab ketayotgan ishbilarmon, Turkiston dardi bilan yongan
bir
turk׃
-Bugun dunyoga xom-ashyo sotsangizlar birlaring ikki bo’lmaydi. Tayyor mahsulot sotish kerak.
Paxtani shu erning o’zida qayta ishlab, mahsulot qilib sotilsa, bir necha baravar foyda ko’riladi.
Xalqqa ish bo’ladi, pul bo’ladi, kelajak bo’ladi. Bizning buni yo’lga qo’yish uchun pulimiz ham
bor, texnikamiz ham, odamlarimiz ham. Surxondaryoda bir to’qimachilik kombinati qurmoqchi
edik. Viloyat hokimiyati, vazirlikdan ruxsat chiqqan. Hukumatda ham Jo’rabekov darajasida
gaplashganmiz.
-Unday bo’lsa boshlayverish kerak,-dedim men oraga gap qo’shush uchun, aslida esa, gap qaysi
tomonga ketayotganini anglab turgandim.
-Ammo Karimovning xonasidan hujjatlarimiz chiqmadi. Ikki yildan beri kutdik. Qachon so’rasak,
“Ishlari ko’p, hali navbat kelmadi”, deyishadi. Bu ahvolda vatanni tuzata olmaysizlar. Hamma
narsa bitta odamga bog’lansa va bitta odam hamma narsani o’ziniki deb bilsa, oddiy bir ishxona
ochish uchun undan yillab izn kutilsa, bu mamlakat ming yil orqaga ketadi va oxirida cho’kadi!-
dedi og’ir xo’rsinish bilan.
Bugun o’sha turkning gaplarini bot-bot eslayman va u qanchalik haq bo’lib chiqdi.
116
Turk ishbilarmoni aytgani kabi Vatanni tuzata olmadik, hamma narsa bitta odamga-diktatorga
bog’lanib qoldi, mamlakat orqaga ketdi va cho’kdi! Cho’kkanda ham juda yomon cho’kdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |