124
43. FOLBINLASHTIRISH
Karimov uch yildan keyin o’ladi. (Ukrainada yashayotgan o’zbek folbinning bashorati).
1990 yillarning boshida bir kun Prezident devoniga kirib kelayotganimda, o’rta bo’yli, semiz bir
odamga duch keldim. Tanimadim. Ammoumenitanirekan׃
-Assalomu alaykum Jahongir aka,-dedi menga qo’l uzatar ekan, xuddi devorlardan
qo’rqayotgandek atrofga alangladi. Atrofda hech kimyo’qligiga ishonch hosil qilib, so’zida davom
etdi׃
-Siz meni tanimaysiz, ammo men sizni yaxshi bilaman, siz haqingizda ham fol ochganman…
Negadir o’sha paytga qadar folbinlar faqat ayol bo’ladi, deb o’ylar ekanman. Folga va folbinlarga
ishonmaganim uchun ham bu sohaga qiziqmaganman. Shuning uchun erkak kishining “Men sizga
fol ham ochganman” degan gapi erish tuyuldi v agapni cho’zmadim. U esa׃
-Kelajakda mening xizmatim kerak bo’lsa, bosh ustiga,-dedi qo’lini ko’ksiga qo’yib. Keyin
pichirlagan ohangda׃
-O’zlariga ham fol ko’rdim,-dedi barmog’ini yuqoriga ishora qilib va qaddini rostlab tashqariga
chiqib ketdi. Yuqorida esa Karimovning kabineti.
Bu kichik voqea bo’lsada, xayolimda bir qancha savollar uyg’otdi. Bu odam agar folbin bo’lsa va
Devonga chaqirilgan bo’lsa, nega bir o’zi chiqib ketmoqda? Uni kimdir olib kelgan va kimdir
kuzatib qo’yishi kerak emasmi?
Ikkinchidan, u qanday qilib Devon ichidagi yo’llarni biladi? Agar bilmaganda o’zini bu qadar
erkin tutarmidi?
O’shanda Devonda ishlaydigan jizzaxlik bir kishiga bu haqda gap ochdim. U Devonga bir folbin
ishga olinganini eshitganini aytdi. Devonda birov bir narsani aniq bilsa-da mana shu narsa shunday
deb aytmaydi. Faqat “eshitdim” deb aytiladi.
Masalan, Karimov Samarqand viloyat hokimini ishdan olmoqchi. Buni bilgan odam darhol
tanishiga “Eshitib qoldim, Nurmurodov ketdi”, deydi. U odam darhol boshqa tanishiga yuguradi.
Uchunchisi ichkarida gapirishga qo’rqib do’stini choyga boshlaydi. Shu zayl har qanday gap
devonda tez tarqaladi. Hamma o’zini hamma narsadan xabardor qilib ko’rsatishga urinadi.
Shuning uchun ham men tanishimning “eshitdim” deganidan “Devonga bir tabib ishga olindi”,
degan xulosaga keldim.
Jizzaxlik tanishim yana׃
-U namanganlik ekan, eshitishimcha hamma aytganlari to’g’ri chiqayotganmish,-dedi.
125
Oradan qariyb bir yil o’tib, haligi namanganlik folbinni Devon hovlisida ko’rib qoldim. U endi
juda sovuq ko’rishdi. To’g’rirog’i, mening salomimga arang alik oldi.
Demak, men O’zbekistondan ketib qolishimni u o’sha vaqtda bilgan. Yo’q. Menimcha, u o’sha
vaqtda meni qamalib ketadi, deb o’ylagan. Balki fol ko’rdim, shunday chiqdi, deb birovga aytgan
bo’lsa ham ne ajab? Lekin Karimov unga nimadir deganini angladim…
Bir kuni Karimov moskvalik bir folbinni chaqirganini aytib qolishdi. Juda zo’r emish. Hamma
gapni oldindan bilar va ayta olar ekan. Hatto Karimovga qarshi davlat to’ntarishi qilmoqchi
bo’lganlarni ham aytib bergan emish. Bu gapni menga aytgan odamga “Nahotki siyosat
folbinlarning aytganiga qarab qoldi?” deb javob qildim. U odam Devonda juda nufuzli edi va
haliga qadar ham nufuzini yo’qotgani yo’q.
U׃
-Ertaga o’sha folbin Ichki Ishlar vazirligi binosida sanoqli odamlarga fol ochadi, bir sinab ko’ring,
sizdan nima ketdi, men ham boraman, istasangiz oilangiz bilan keling, men ham oilam bilan
boraman, chunki u folbin birgalikda ko’rishi kerak ekan,-dedi.
Mendan nima ketdi, dedim-da umr yo’ldoshimni olib, haligi odam aytgan joyga bordim.
Birgalikda kirdik. Folbin bir ayol ekan. Bizni qator qilib qo’yib, elektrni o’chirib, kichik bir shamni
yoqdi. Keyin bir nimalar deb bizni uxlatishga urindi. U bizni uxlatib, kelajagimizni ko’rar emish.
Bu folbin emas, gipnozchi bo’lsa kerak, deb kulgim keldi. U rosa urindi, ammo uyqum emas,
negadir kulgim kelaverdi. Oxiri u׃
-Sizning elkalaringizda farishtalaringiz bor ekan, menga hujum qilib, yo’l bermayapti,-dedi.
Shu bilan bizga javob bo’ldi. Ammo boshqalar uning kuchli ekanligini ancha gapirib yurishdi.
Keyin Karimovning folbinlarga juda ishonishi haqida va u “folbinman” degan odamni huzuriga
chaqirishi to’g’risida ko’p eshitdim. Bugun bu gapning qizig’i yo’q. Chunki butun O’zbekiston
folbinga ishonadigan bo’lib qoldi. Diktatura sharoitida Xudoga va hukumatga ishonmagan
odamlar folbinga ishonadilar. Deyarli har bir qishloq va shaharning o’z folbinlari bor va ularning
eshigi yonida turnaqator odamlar turishadi.
Yaqinda Toshkentdagi tanishimdan maktub oldim. Uning yozishicha, shu kecha-kunduzda
mamlakatdagi folbinlar Karimovning qachon o’lishiga javob qidirishmoqda.
Gap shundaki, Ukrainada bir o’zbek folbini bor ekan. U Ukraina prezidenti Yushchenkoga
saylovdan oldin zaharlanishi, ammo baribir prezident bo’lishini aytgan va bu to’g’ri chiqqach,
uning yaqin do’stiga ayl
angan ekan. Ana shu o’zbek folbin׃
-Islom Karimov uch yildan keyin, yilning birinchi yarmida to’satdan o’lib qoladi,- deb aytibdi.
Aytganlari to’g’ri chiqadigan bu folbinning bashoratini Yushchenko MDH liderlarining yaqinda
Kiev uchrashuvidan keyin “Sog’ligingizga qarang”, degan ma’noda Karimovga etkazibdi.
126
Shundan beri Devondagi folbinlar ukrainalik hamkasblarining bashoratini yolg’onga chiqarishga
urinishayotgan ekan. Ular buning yo’lini topa olishmagan shekilli, viloyatlardagi boshqa folbinlar
ham bu ishga safarbar etilgan.
Ularning ko’pchiligi Ukrainadagi folbinga tan berishib, uning Karimovdan keyin o’rniga u juda
ham qo’rqqan 19 kishidan biri kelishi mumkinliginiaytganiga ham ishonishmoqda.
Bu xabarni menga etkazgan tanishim katta biznes boshlamoqchi edi. Negadir ishni orqaga
tashlabdi. Sababini surishtirsam׃
-Uch yildan keyin…,-dedi.
Men uni tushungandek bo’ldim, lekin o’ylanib qoldim. Balki bu ham Karimovning kashfiyoti
bo’lsa-chi? Buni eshitgan odamlar “Yana uch yilgina qolibdi, chidaymiz-da”, deb hamma narsaga
ko’z yumishlari ham mumkin-da. Lekin…
Dam olish kuni AQShdagi Atlantik Sitiga bordik. Okean bo’yidagi taxta to’shalgan yo’ldan
yurarkanmiz diqqatimni o’nlab folbinxonalar tortdi. Folning ham har turlisi bo’lar ekan. Ammo
eng ko’pi musulmon dunyosidagi mamlakatlarning nomi bilan bog’liq. Masalan, bittasining
peshtoqiga “Misrchasiga fol ochish” deb yozilgan. Ichkarida o’tirgan juvon ham misrlik. Qiziqib
qaraganimizdan foydalanib, u bizni qo’yardaqo’ymay xonasiga chaqirdi.
Haligi Toshkentdan kelgan
xabar yodimga tushdi va׃
-Faqat bitta savol bor, biz diktatorimizdan qachon qutulamiz va men Vatanga qachon qaytaman?,-
dedim.
U qo’limni ushlab turib, gapni har tomonga olib qochayotgan edi, biz darhol u bilan xayr-xo’sh
qildik. Ammo u yuzimga qarab turib
׃
-Diktatoring uch yildan keyin ketadi, hov naryoqqa,-dedi.
Tasodifni qarang!
Do'stlaringiz bilan baham: |