84
32. SO’KAG’ONLIK
O’zbekistonda barcha rahbarlardan tortib, muxolifat saflariga qadar so’kag’onlik kasali tarqalgan
ekan. (O’zbek tilini o’rgangan amerikalikning aytgani).
SPID asrning vabosi, millionlarning kushandasi bo’lsa, so’kag’onlik O’zbekistonning vabosi,
o’zbekning kushandasidir. Deyishingiz mumkin׃ so’kag’onlik o’zbekka beshikda tekkan, har bir
oilada uning ildizi chuqur. Ha, shuning uchun bu illat tobutga qadar yashaydi.
Ilgari eng ko’p so’kinadigan va so’kishlarga beti qalin xalq ruslar deb o’ylardim. Chunki ular
uncha-buncha gapni bemalol so’kish bilan ifodalay olardilar va uncha-buncha so’kishni bemalol
hazm qilib ketaverardilar.
Keyin-keyin bilsam bizning xalq ruslarni yarim yo’lda qoldirib ketar ekan. “IAK” da Karimov
xalqning onasini so’kkandagi voqealarni yozganman. Atrofidagi rahbarlarni so’kishini va
oilasidagi so’kinishlarni esa, ”QUVG’IN”da bundan 12 yil oldin bitgan edim.
O’tgan yil Amerikaga kelgan bir mulozim men bilganlarimga qo’shimcha qildi:
-Mustaqillik bayrami kuni edi. Hamma kazo-kazolar to’plangan. O’zini Karimovga yaqin deb
hisoblaganlar umr yo’ldoshlari va bolalarini ham olib kelishgan. Karimov birinchi qatorga kelib
o’tirmoqchi edi, unga nimadir yoqmadi. U Mirziyoevga qaradi. Bu paytda Bosh vazir boshqa
tomonga qarab turgan ekan. Yurtboshi uni shunaqa so’kdi-ki, hamma to’planganlar eshitdi. Men
orqaroqda bo’lsam ham Karimovning baqirgani quloqlarimga kelib urildi, quloqlarim qizarib
ketganini his qildim. Juda yomon so’kdi. Bunaqa so’kishni men hayotimda ilk bor eshitayotgan
edim. Qarasam, Mirziyoev indamay bosh egib turibdi. Qolganlar ham boshlarini egishgan. Bir
necha ayol qoyil qolgan kabi Karimovga mahliyo bo’lib qarab qolishgan. Shunda men atrofga
razm soldim, faqat bitta ayol qizalog’ining qulog’ini bekitib olibdi. Urgani ur oshi, so’kkani so’k
oshi degandek, qolganlar xuddi hind kinofilmini ko’rayotgandek diqqat bilan Karimovning
so’kishlarini eshitishmoqda. Men odamlarda oriyat, hissiyot o’lganini o’sha kun idrok qildim.
Bizning o’zligimizdan zarra ham qolmadi. Tahqir va haqoratga chiday olmagan xalq tahqir va
haqoratning mahliyosiga aylandi…
Bu gaplarni aytgan odam yo’lini qilib hukumatdan ketishni izlayotgani va imkonini topishi bilan
chetga chiqib ketishini aytgandi. Lekin yaqinda u hukumatda yana bir pog’ona tepaga ko’tarildi.
Endi quloqlari har kuni qizarib turayotgan bo’lsa kerak!
Karimov Erkin Vohidovni onangni deb so’kkanda u “Meni so’kdi bir zot, men kechirdim, sen
kechirgil” deya Xudoga murojaat qilib she’r yozgani haqida “IAK”da batfasil bitgandim.
O’quvchilardan biri mulohazalarini yozar ekan, xuddi mana shu nuqtaga e’tiroz bildirgandi׃
“Bunday paytda Xudoga havola qilish kerak, Xudo o’zi jazosini beradi”.
85
Men unga oradan shuncha yillar o’tib ketdi, ammo jazodan darak yo’q, degan ma’noda javob
qild
im. Keyin u׃
“Ha, nima qipti, rahbar ham otadek gap, rahbar bo’lgandan keyin bir qo’li bilan silaydi, bir qo’li
bilan uradi, bugun so’ksa, ertaga sevadi. Otam so’kdi, deb uning tilini kesmaysiz-ku! Xudoga
soling, Xudo bu dunyoda bo’lmasa, u dunyoda jazo beradi”, deb javob qildi.
1990 yil. Oliy kengash sessiyasi tanaffusida Karimov vazirlar va viloyat rahbarlari bilan majlis
o’tkazdi. O’shanda Xorazm viloyatining rahbari bir ayol edi. Uning oldida Karimov shunaqa
yomon so’zlarni ishlata boshladi-ki, eshitib uyalib ketar edingiz. Men o’sha sessiyada kotibiyat
raisi bo’lganim uchun tasodifan bunga guvoh bo’lib qolganman. Ko’zim o’sha ayolga tushdi. U
hech narsaga parvo qilmay eshitib o’tiraverdi. Keyin uning o’zini so’kkanda ham chivin
chaqqanchalik ham parvo qilmay boshini egib o’tiraverdi.
O’sha yili bir sessiyada Karimov Akademik Ahmadali Asqarovga qarab gapirar ekan, Toyiba
To’laganova haqida shunaqa haqoratomuz so’zlar ishlatdiki, biror kishi miq etmadi. Faqat
oldingisidan farqli ravishda bu voqeada Toyiba yig’lab, sessiyani tashlab chiqib ketdi.
1990 yillar boshida Turkiya prezidenti Turgut O’zal Toshkentga kelganda, ozarbayjon-arman
urushi haqida savol tushdi. Karimov “bu urush Ozarbayjon rahbariyati orasidagi taxt talashuvi
tufayli davom etayati” deya “Abulfayz Elchibeyni nazarda tutib, dumini tagini qisib o’tirsin”,
degan edi.
Yuzlab, minglab ana shunday misollar keltirish mumkin. Karimov tag’in og’zini katta ochib,
madaniyatli xalqmiz, deydi. Agar so’kinish yoki so’kishlarni eshitib jim o’tirish madaniyat bo’lsa,
u holda dunyoda eng madaniyatli xalq biz bo’lamiz.
Mustaqillikdan oldin O’zbekistonda birorta rahbar qo’l ostidagilarni ochiqdan-ochiq so’ka
olmagan. Mustaqillikdan keyin o’zimizga bek, o’zimizga xon bo’ldik va oilada, ko’chada
ishlatiladigan so’kinishlar avval prezident devoniga, keyin, hukumat va Oliy majlis idoralari,
undan vazirliklar hamda viloyat, tuman, mahalla idoralarining rasmiy so’zlashuv tiliga aylandi.
Ilgari lug’atlarga kiritilmagan va jamoat joyida ishlatishga har qanday odam ham uyalgan so’zlar
endi ommaviy kalimalarga aylandi.
Sovet davrida faqat mirshablar so’kinish so’zlarini ochiq ishlatganlari uchun ularning obro’yi oyoq
uchida edi. Bugun endi mirshablar bu borada avliyo bo’lib qoldilar. Chunki hamma so’kinishlar
ommaviylashdi. Hamma Karimovdan so’kinish tarbiyasini oldi. Hatto muxolifat ham. Ba’zilari
Internetda so’kinishni xabarlar orasiga ham tashidilar. Shu bilib-bilmagan holda Karimovning
sodiq vorisiga aylandilar. Xullas, 15 yilda so’kag’on va so’kish eshitadigan millatga aylanib
qoldik.
Turkiyaga kelganimda madaniyat peshvolarining so’kinib gapirishlarini ko’rdim, filmlarda ham
shu ahvol.
-Nega bunday?-deb so’rasam.
86
-G’arbga taqlid, Amerikaga taqlid,-deyishdi.
Lekin Amerikaga kelib so’kinishlar Turkiyadagidan yuz chandon ozligini ko’rdim. Biz
yashaydigan shtatning senatori AQShda juda mashhur. Hozir saylov oldi kampaniyasida aravasi
tortmay qoldi. Hammasi uning bir so’kish so’zini ishlatganiga bog’liq. Bir so’z bilan u odamlar
nazdidan tushdi va Noyabr oyidagi saylovda qayta saylanishi savol ostida turibdi.
O’zbekistonda esa teskarisi. So’kinadigan rahbarni ota o’rniga qo’yishadi.
Karimovga qarshi kurashni qanday boshlashni bilmay turgan bo’lsangiz, eng oson, balki kimlar
uchundir eng qiyin yo’li – so’kinmaslikdan, so’kinganlarni Karimovning yuqumli tarbiyasidan
xalos etishdan boshlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |