69
27. IHOTALASH
O’zbekistonda rejimga muxolif bo’lganlar jamiyatdan ajratib qo’yiladilar.(Xabarlar oqimidan).
Bir kun Toshbo’ri Qilichev telefon qildi׃
-Ertaga Rahmatulla Abdullaevich kelyaptilar, vaqtingiz bo’lsa,
siz ham Sovetobodga keling, u
kishi sizni ham taklif qilishimni aytdilar,-dedi.
Sovetobod hozirgi Nurobod tumani. Toshbo’ri aka shu rayonda birinchi kotib edi. Keyin
Samarqand viloyat ijroiya qo’mitasining raisi bo’ldi. Xokisor, kamtar va samimiy odam edi. Doim
yuzi kulib turardi. Adabiyot uning ikkinchi hayoti edi. Shuning uchun ham jurnalistlar, adiblarni
juda hurmat qilar va vaqtining aksar qismini ular bilan o’tkazishga intilardi. Tuy qilganda
davraning to’rida partiya arboblari emas, O’zbekistonning deyarli barcha yozuvchi-shoirlari
o’tirgandi.
Rahmatulla Abdullaev esa, Samarqand tumanida birinchi kotib bo’lgan va keyin Meva-
sabzavotchilik vaziri edi. Rahmatulla akani 1980 yillardan beri tanirdim. Toshbo’ri aka ham buni
bilardi va balki shuning uchun meni ham taklif qilmoqda, deb o’yladim.
Ayni paytda Sovetobod
tumani cho’l joyda va asosan chorvachilik hamda don mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashgan
tuman bo’lib, Meva-sabzavotchilik vazirining bu joyda nima ishi borligini ham tushunmadim.
Keyin bilsam, Toshbo’ri aka cho’lda bir sovxozni sabzavot hamda polizchilikka
ixtisoslashtirmoqchi bo’lib, vazirni taklif qilgan ekan. Shu bois men “Sovet O’zbekistoni”
gazetasining viloyat bo’yicha muxbiri bo’lganim uchun yangilikni yoyish maqsadida taklif etgan
bo’lsa kerak, deb o’yladim. Ammo bu hali reja ekanligini aytib, bu haqda yozmay turishimni
iltimos qildi.
Gap shundaki, bir kun bahslashganimizda Rahmatulla aka mendan
-Ihota daraxtini ko’rganmisiz?-deb so’ragan va men
-Yo’q,-degan ekanman. U kishi menga ana shu ihota daraxtlarini ko’rsatishni diliga tuygan ekan.
Sovetobodda Toshbo’ri aka aytgan sovxozga yaqinlashganimizda bir joyda to’xtadik va
Rahmatilla aka menga׃
-Jahongirbek, mana shu ihota daraxti,- bo’ladi dedi.
Gapning davomini Toshbo’ri aka ilib ketdi:
-Aslida “ihota”, “ihotalash” degani atrofni o’rab olish degani. Mana bu daraxtlarning esa ildizi er
tagiga kirib ketadi va qidirib qidirib o’ziga suv topadi. Cho’lu biyobonda o’saveradi. Asosan
garmsel, shamoldan to’sish uchun ekiladi. Biz avval bu atrofni o’rab oldik,
mana endi poliz
qilmoqchimiz, xalqimizning dasturxonidagi quruq nonning yoniga boshqa narsa ham qo’shilsin…
70
O’zbekiston mustaqil bo’lgandan keyin kim rejimga, Karimov siyosatiga qarshi bo’lsa, jamiyatdan
ajratib, ihotalab qo’yish tajribasi qo’llanila boshlandi.
Bunda birinchi galda ishingiz ko’z ostiga olinadi. Sizni bu ishdan chetlashtirishadi.
Ikkinchi galda doim nazorat ostida bo’lasiz. Atrofingizga ko’rinmas “ihota daraxtlari” ekib
tashlanadi.
Uchinchi galda yilda bir necha marta har narsani bahona qilib, uyingizda tintuv o’tkazishadi. Agar
muxolifat majlislarida yoki boshqa tadbirlarida ko’zga tashlanib qolsangiz, ihota chegarasini
buzganingiz uchun jazolanasiz. Uydan har balo chiqishi mumkin.
1992 yilda Prezidentning shaxsan o’zi ihotalanishi kerak bo’lgan shaxslar ro’yxatini qildi. O’sha
yilning oxirlarida Karimov qo’l ostidagi ro’yxat bo’yicha har kuni “Falonchi qaerda, nima bilan
shug’ullanayapti” deb so’rab turganini eshitgandim. Keyin bu ro’yxatning nusxasini bosh
yordamchi Ravil Qodirovda ko’rdim. Chunki u mendan har kuni qaerda ekanligimni surishtirardi.
Bir kuni Devonga borib, u bilan tortishib qoldim. Oxiri u “Mana, aka, majburman” deb qo’lidagi
ro’yxatni ko’rsatdi va “Buni ko’rsatganimni bilsalar, boshim ketadi”, deb aytdi. U asli
Mirsaidovning odami bo’lgani uchun hali ham Karimovga nisbatan sovuqroq edi.
Aks taqdirda
kallasidan ajralsa ham ko’rsatmasligi aniq.
Bir necha yil Karimovning qavatida bo’lgan va hozir AQShga kelib siyosiy boshpana olish
umidida yurgan bir kishi o’sha ro’yxatning nusxasini yaqinda menga yubordi. Ro’yxat rus tilida
tayyorlangan va alfabet bo’yicha tuzilgani uchun asl holatini buzmadim.
1.Abidov Yadgar
2.Atadjanov Palvan
3.Axunov Pulat
4.Burxanov Rinat
5.Djuraev Murad
6.Inayatova
Vasilya
7.Isxakov Fayzulla
8.Ishnazarov Xamza
9.Yigitaliev Sadikdjan
10.Kabilov Meli
72
34.Xasanov Dadaxon
35.Yuldashev Taxir
36.Yakvalxadjaev Furkat
Bu yerda Karimov o’zi bevosita tanigan yoki bilgan, o’zi shubha qilgan yoki qo’lga olish
kerak
bo’lgan muxoliflarinigina ro’yxatga kiritgan.
Xuddi shu tartibda viloyatlarda hokimlarning ham o’z ro’yxatini tuzdirgan. Keyin hammasini
birlashtirib IIV va MXX nazoratiga oldirgan. Shu zayl butun muxoliflar chor atrofdan ihotalab
qo’yilgan.
21 nafari xalq deputatlari bo’lgan yuqoridagi ro’yxatda ismi keltirilgan sobiq O’zbekiston xalq
noibi Nasrullo Saidovning bir maqolasidan olingan mana bu parcha esa, ihotalash siyosatining
davomiyligini ko’rsatadi.
“1990 yildan xozirgacha tinmay mendan so’rashadi, so’roqqa tutishadi… 1993-1994 yillarda men
boshliq bo’lgan qurilish tashkiloti (PMK)ni 1 yilu 2 oy mobaynida taftish qilishdi. Katta bir
qurilish tashkiloti rahbarining o’t bilan o’ynashib, muxolifatga o’tishida bir sir bor, deb uyladi ular.
Taftish davomida topilgan narsa shu bo’ldiki, tashkilotning 250 ishchisining hammasi “Erk”ka
kirgan, ularning hammasi tashkilot hisobidan “Erk” gazetasiga obuna qilingan. Tergov ishi engil
jazo
bilan chegaralandi, chunki og’irlari hali oldinda edi.
1994 yil 20 fevral (tug’ilgan kunim) yarim tunda uyga 20 ga yakin militsiya xodimi bostirib keldi.
Qo’lida Vobkent tuman prokurori U.Hamidovning sanktsiyasi, “Erk” gazetasini izlab, tintuv
o’tkazilarmish. Tintuv erta tonggacha davom etdi, ammo gazeta topilmadi. Birok 5 go’dagim
yotadigan, bolalar xonasidagi shkafdan, qizchalarimni kiyimlari orasidan jangovor granata
“topildi” (2006 yil, 21 Sentyabr,
http://www.uzbekcongress.org
).
Xuddi ana shu manzara barcha muxolifatchilarning boshiga keldi va kelmoqda. Bugun rejimga
muxolif bo’lganlar iqtisodiy jihatdan juda qiyin sharoitlarda yashayotganlari ham ana shundan.
Do'stlaringiz bilan baham: