Sobir Boboyev
Sobir Boboyev hayoti va ijodi
Sobir Boboyev
Sobir Boboyev O’zbekistonda professional musiqa san’atining shakllanishi va rivojiga munosib hissa qo’shgan taniqli bastakor, musiqa san’atining tolmas tashkilotchisi va ustoz murabbiysidir. U «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi» unvoni va qator orden, medallar bilan taqdirlangan.
Tarjimai hol
O’zbekistonda professional musiqa san’atining shakllanishi va rivojiga munosib hissa qo’shgan taniqli bastakor, musiqa san’atining tolmas tashkilotchisi va ustoz murabbiysi Sobir Boboyev 1920 yilda Toshkentda tug’ilgan. Katta iste’dod sohibi ekanligini talabalik davridayoq namoyish etgan bo’lajak bastakorning noyob xislatini sezib, Toshkent Davlat konservatoriyasining 5-kurs talabasini 1948 yilda O’zbekiston kompozitorlar uyushmasiga rais etib saylaydilar. Bu bo’lajak bastakorga bo’lgan juda katta ishonch va umid edi.
U bu ishonchga osonlikcha erishmadi. Otasidan erta yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalandi, juda erta musiqa san’atiga mehr qo’ydi. Taqdir uni ulkan musiqa arbobi, professor ye. ye. Romanovskiyga uchrashtirdi. Ustoz yosh shogirdidagi katta qobiliyatni sezib, bilim olishga da’vat etdi va natijada u Toshkent Davlat konservatoriyasiga o’qishga kirib, kompozitorlik fakultetida, professor B. B. Nadejdin sinfida ta’lim ola boshladi. Konservatoriyani tugatgan yili, 1949 yilda bir aktli «Zumrad» operasini yozib tamomladi

S. Boboyev 50-yillarda o’zbek xalq asboblari orkestri uchun «Bayram uvertyurasi»ni yozdi va bu asar1951 yilda Moskvada bo’lib o’tgan o’zbek adabiyoti va san’ati Dekadasida muvaffaqiyatli ravishda ijroetildi.1955 yilda R. Bobojon matni asosida paxtakorlar haqida 4 qismli «Paxta bayrami» kontatasini,1958 yilda «Bayram kunida» nomli simfonik poemasini, so’ng Sh. Sa’dulla va 3. Fatxullinlarning «Vatan ishqi» musiqali dramasiga musiqa yozdi
Do'stlaringiz bilan baham: |