Jahongir mamatov karimovning kirdikorlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/44
Sana21.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#688546
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
1 5033119556814504073

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


40 
17. QON BILAN QO’RQITISH yoki AKULA
O’zbekiston xalqi ruhiy qo’rquv va depressiyaga yo’liqtirilmoqda.(Xabarlar oqimidan). 
Bolaligimda bir kun hovlimizdagi daraxtdan meva tushirish uchun tosh otayotgandik, opam 
uloqtirgan tosh mening peshonamga urildi. Bir seskanib ketdim. Opamning rangi uchib ketgan, 
erda o’tirib olib yig’lay boshladi. Mening yuzimdan issiq bir narsa oqqandek bo’ldi. Qo’lim bilan 
silib qarasam, peshanamdan qon oqayati. Birdan vujudimni qo’rquv bosdi. Opam qonni ko’rib, 
qo’rqqanidan yig’lay boshlagan ekan. Men ham opamga qo’shilib yig’lab yubordim. 
O’shandan bilamanki, odamda qondan qo’rqish instinkti bor. Balki odam kattalashib borgan sari 
bu instinkt kuchsizlanib borar. Ammo bolalikda bu juda kuchli bo’ladi. 4-5 yoshlarimdagi o’sha 
voqea xudi kechagidek yodimda turgani uning ruhiyatga ta’sirini ko’rsatadi. Bu ta’sir shu qadar 
kuchli bo’lganki, xotira uni bir umrga o’z xazinasiga muhrlagan. 
Amerikaga kelganimizdan keyin ba’zi filmlar, televidenie dasturlari oldidan ”Bolalaringizga 
ko’rsatmang, o’ta qonli joylari bor” deb ogohlantirishganini ko’rdim va demak, qon ko’rinishining 
inson ruhiyatiga ta’siri asosli ekaniga inondim. 
1990 yillarning boshida har kuni O’zbekiston televideniesida Tojikistonda yuz bergan qonli 
to’qnashuvlar haqida soatlab dasturlar berilar ekan, vujuddan uzilib ketgan bosh, bir chetga tushib 
yotgan qo’l, peshanadan sharillab oqayotgan qon tasvirlangan kadrlarni takror va takror 
ko’rasatishardi. Orqasidan “Bizda ham vaziyatni Tojikistondagi kabi darajaga etkazuvchilar yo’q 
emas” deyilardi. Keyin Bo’kada, Parkentda yig’layotgan ayollar… Zaminga qorishgan qon.. 
Bir kun Teleradio qo’mitasi raisi Ganja Yoqubovga׃ 
-Hech kimni o’ylamasangiz ham bolalarimizni o’ylang, bu dahshatni ko’rib, qo’rqib 
ketishmoqda,-dedim. 
-Agar men sizlarning bolalaringizni o’ylasam, mening bolalarimni kim o’ylaydi?,-deya Ganja aka 
juda tagdor gap qildi. 
Keyin׃ 
-O’zi ko’rib o’tiradi. Televizorchasini quchoqlab yotadi. “Shu joylarini qayta-qayta ko’rsat!”, deb 
talab qiladi. Shunda ham ishonmay, har kuni bir-ikki kishini jo’natib nazorat qiladi,-dedi u 
Karimovni nazarda tutib. 
Asli xorazmlik bo’lgan Ganja Yoqubov ko’nglidagini ana shunday ochiq aytib, demokratiyaga, 
oshkoralikka moyil ekanligini yashirmaydigan odam edi. Tagdor gaplarning ham ustasi edi. Bir 
kun men unga׃ 
-Ganja aka? Siz ham Xorazmdan, bugunning maddohboshisi Erkin Samandarov ham Xorazmdan, 
bir joydan ham unday, ham bunday odam chiqar ekan-da,-dedim. 


41 
U darhol javob qildi. 
-Siz ham Samarqandan, u ham…,- Ganja aka barmog’i bilan teppani ko’rsatdi. 
-Nima u Xudoga aylandimiki, osmonga ishora qilayasiz?,-dedim. 
-Qarab turing, Xudo qolib, unga sig’inamiz hali… 
Xullas, qonli kadrlarni har kuni ko’rsatish Karimovning bevosita topshirig’i ekan. Bu bilan u 
odamlarni qo’rqitib, “Shu kuningga shukur qil, bo’lmasa mana bunaqa kunga qolasan”, degan 
fikrni kallalarga quyayotgan ekan. Keyinchalik ham qaerda qon to’kilsa, O’zbekiston televideniesi 
eng dahshatli nuqtalarini boz-boz ko’rsatar va orqasidan bir ikki mulozim va albatta bitta mulla 
chiqib, tinch yashayotganimizni eslatishardi. 
Vaqt o’tishi bilan Tojikistondagi kabi voqealar atrofda yuz bermagach, Karimov o’z tajribasini 
takomillashtirdi. 
1999 yilning 16 fevralida Toshkent shahrida yuz bergan portlashlar haqida Abdusaid Ko’chimov 
rahnamoligida olingan ikki qismli hujjatli film yodingizdadur? Bir marta arang ko’rasiz. Bu filmni 
ko’rganlar depressiyaga tushib qoladilar. Shu qadar ko’p qon, shu qadar ko’p ko’z yoshi… 
Depressiya-bu odamning ma’nan yaroqsiz bo’lishi, ma’nan bichilishidir. Karimov shu yo’l bilan 
butun xalqni ma’nan bichib tashlashni rejalagan shekilli, bugunga qadar O’zbekiston atrofidagi 
davlatlarda yuz bergan voqealarning eng qonli nuqtalarini bot-bot ko’rsatib, odamlarni qon bilan 
qo’rqitmoqda. 
“Ogoh bo’ling”!-degan jarangdor ovoz yangraydi. Orqasidan qon oqaveradi, oqaveradi…Bu 
nafaqat ko’rsatiladi. Majlislarda aytiladi, gazetalarda yoziladi, hatto qo’shiqlarda yangraydi… 
Kecha AQSh televideniesining ilmiy izlanishlar asosida olingan badiiy filmlarni namoyish 
qiladigan kanali ertalabdan kechgacha akulalar haqidagi filmlarni ko’rsatdi. Akula tashqi 
ko’rinishdan juda sokin, hujumkorga o’xshamaydi. Ammo qon isini biladi. Yoqtiradi. Qon oqqan 
joyga etib boradi. Odamlar cho’milayotgan sohilga kelganda esa, birovni tishlab yo oyog’ini, yo 
qo’lini o’zib ketadi. Suvni qonga qorishtiradi. Qo’rquv sochadi. Sohildagi odamlar tum-taraqay 
bo’lib qochadilar. Yozda odamlar okean sohillariga boramiz, deyishsa, bolalari Internetdan o’sha 
joylarda akula bo’lib bo’lmaganini qidirishadi. Akuladan qo’rqishadi. Chunki akula deganda har 
kimning ko’z oldiga qon keladi-da! 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish