Jahongir mamatov karimovning kirdikorlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/44
Sana21.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#688546
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
Bog'liq
1 5033119556814504073

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


37 
16. DUNYONI CHALG’ITISH
O’zbekistonda qabul qilingan qonunlar amalga ko’chmay qoladi.(Xabarlar oqimidan). 
1991 yilda O’zbekiston mustaqilligi qonunlashtirilgandan keyin ilk rasmiy hukumat tashrifi 
Rossiyaga bo’ldi. Hay’atni hukumat rahbari – Vitse prezident Shukrullo Mirsaidov boshqardi. 
Men hay’at tarkibiga qanday qo’shilganimni haliga qadar bilmayman. Chunki Karimov oxirgi 
daqiqada mening nomimni o’zi qo’shganini aytgandi. Shukrullo Rahmatovich esa, “Mustaqillik 
uchun kurashganlardan ham birortasini qo’shaylik”, deb mening nomimni qo’shganiga ishora 
qilgandi. 
Anig’i shu ediki, men Rossiyaga boradigan rasmiy delegatsiyaga qo’shilganimni oxirgi kun 
bilgandim. Gap bunda emas. 
Bizni juda katta tantana bilan kutib olishdi, muzokaralarda Boris Eltsinning o’zi bevosita qatnashdi 
va oxirida katta ziyofat berdi. Anchagina ichildi. Men Mirsaidovga yaqin o’tirgan edim. Qarshi 
tomonda o’tirgan Eltsin qo’lida qadahi bilan o’rnidan turib, biz tomonga o’tdi. Shukrullo aka 
o’rnidan turdi. Biz ham turmoqchi bo’lgandik, Shukrullo aka qo’lini elkamga qo’yib, o’tiravering, 
ishorasini qildi. Buni ko’rgan boshqalar ham qaytib o’tirishdi. 
Eltsin Mirsaidovga: 
-Shu o’zingnikini yaxshi bilasan-mi?-dedi. 
-Bo’lmasa-chi? 
Gap Karimov haqida borayotganini angladik. 
-Kecha menga telefon qilib, “Komsomolskaya pravda”da tanqidiy maqola chiqqan, gazetaning 
tanobini tortib qo’yishga yordam bering, dedi. Men unga biz mustaqilmiz, matbuotimiz ham 
mustaqil, mana sen ham mustaqilsan, desam ham tushunmadi. Keyin bu mustaqillik qonun bilan 
mustahkamlanganini aytdim. U bo’lsa, qog’ozdagi gap boshqa, amaldagisi boshqa, dedi. Mana bu 
– siz bilan imzolaganimiz ham qog’ozda qolmaydimi? Men umuman qonunlarni hurmat qilaman. 
Lekin u… 
Eltsin Shukrullo akani chetga tortib qulog’iga nimadir dedi. Shukrullo aka noqulay vaziyatda 
qoldi. Eltsinnning gapini biz eshitdik, deb o’yladi, shekilli, boshini egib indamay turaverdi. Lekin 
biz eshitmagan edik. 
Keyin Eltsin aylanib joyiga qaytdi-da: “Qonunlar bajarilish uchun qabul qilinadi, bajarilmasa, 
qog’ozga aylanadi, qog’ozning o’rni qaerdaligini hammamiz bilamiz”, dedi. Hamma bosh silkib 
qo’ydi. Hatto mening yonimda o’tirgan Konstitutsiyaviy sud raisi Shavkat O’razaev ham “To’g’ri” 
degandek bosh qimirlatib qo’ydi. 
Xuddi shunga o’xshash vaziyat Ukrainaga borganimizda ham yuz bergan. Qrim turklari haqida 
ikki tomonlama kelishuv matniga Ukraina tomoni jiddiy o’zgarishlar kiritdi. Biz qarshi bo’ldik va 


38 
Prezidentning Milliy masalalar bo’yicha maslahatchisi Shoxobiddin Ziyomov Karimovga telefon 
qildi. Karimov “Rozi bo’laveringlar, qog’ozda qolib ketadi, baribir”, dedi. 
Sessiyalar va sessiya oldi majlislarida ko’p guvohi bo’ldim, biror hujjat haqida gap borsa, 
Karimov׃ 
-Birinchi galda xalqaro standartlarga mos bo’lsin, keyin o’zimizning sharoitga moslaymiz,-derdi. 
Shuning uchun ham o’sha paytda qabul qilingan juda ko’p qonunlar va hatto Konstitutsiyaning 
ham sirti demokratik dunyo standartlari darajasida edi. Lekin Karimov ikki yuzi bo’lgan 
qonunchilikni ko’zlagan ekan. Qog’ozda boshqa, amalda boshqa. 
Aytishingiz mumkin, butun mamlakatni telefon bilan boshqarib bo’lmaydi, qonun qabul 
qilingandan keyin ko’p joylarda baribir unga murojaat qilinadi, deb. 
Yo’q. Karimov dunyo tarixida bo’lmagan yangilik yaratdi. Har bir qonun qabul qilingandan keyin, 
mazkur qonun ijrosi haqida hukumatning qarorini chiqarardi. Ana shu qaror parlamentdan chiqqan 
qonundan ustun bo’ladi. Qarorning bir joyiga “Ushbu hujjat bilan qonun orasidagi tafovutlar 
hukumatning keyingi qonun loyihalarida inobatga olinsin”, deb qo’shib qo’yiladi. Qonunga ham, 
bu qarorga ham Karimovning o’zi imzo chekadi. 
Karimovning bu qarori barcha idoralarga majburiy tarzda bajarilish uchun yuboriladi. Natijada 
Parlamentdan chiqqan qonun qog’ozda qolib ketaveradi. Masalan, qonunda “O’zbekistonda 
tsenzura bekor qilingan” deb 1991 yildayoq yozib qo’yilgan va hukumatning qarorida esa, aksi 
bo’lgani uchun tsenzura yashayverdi va hokazo. 
Karimov bu bilan dunyoni chalg’itishga, dunyoni aldashga urindi va bunga erishdi ham. Haliga 
qadar ham sodda dunyo O’zbekistonda qabul qilingan ba’zi qonunlarga ishonadi! 
Bir kun sessiyada sudlov asoslarini belgilaydigan qonunlar qayta qabul qilinayotgan edi. Men “Bir 
ayb uchun-bir jazo” printsipiga o’tish taklifini aytdim. Buni Oliy sud raisi Muhammad Bobur 
Malikov, Bosh prokuror Bo’ritosh Mustafoev va Qonunchilik qo’mitasi raisi Erkin Xalilovlar ham 
to’g’ri deb topishdi. Hatto Muh
ammad Bobur Malikovning׃ 
-Jahongirning taklifi to’g’ri,-degan gapi haliga qadar yodimda. 
Oradan bir necha kun o’tgach, hujjat gazetada chiqdi. Qarasam, mening taklifim kiritilmagan. 
Oliy Kengash devonining rahbari Omon Olimjonovga (shoir Hamid Olimjonning o’g’li-JM) 
murojaat qilsam, u shuni ham bilmaysizmi, degandek miyig’ida kulgan bo’lib׃ 
-Qonun qabul qilindimi, tamom, bizning qo’limizdan chiqadi. Uni Prezident imzolab, matbuotga 
jo’natadi,-dedi. 
-Lekin matbuotga siz jo’natibsiz,-dedim men ba’zi ichki jarayonlardan xabardor ekanligimni 
ko’rsatib.-Oxirgi tuzatishlar kiritilgan variantni ko’rmoqchiman. 


39 
U noqulay vaziyatda qoldi. 
-Biz hamma tuzatishlarni kiritib, Prezident devoniga olib borib bergandik… 
-Bo’pti, borib, Islom akaning o’zidan so’rayman,-deb chiqib ketdim. 
Oradan ko’p o’tmay Omon Hamidovich eshikning yoniga kelib, meni imlab chaqirdi-da xonasiga 
boshladi. 
-Oramizda qolsin. Mana oxirgi variant. Mana sizning taklifingiz. Qo’shilgan. Lekin Islom akam 
qo’shmabdilar. Ko’nglingizga kelmasin, faqat siznikini emas, boshqalarini ham, avval bir ko’rib 
chiqinglar, deb qo’shmadilar. Iltimos, shu gap shu erda qolsin,-dedi. 
Men oxirgi variantdan nusxa so’radim. Omon Hamidovich “kasal” bo’lib qoldi. 
Sessiya stenogrammasini talab qildim va bu gapni sessiyaga olib chiqdim. Lekin stenogramma 
topilmadi, degan bahona bilan masala yo’qqa chiqarildi. Men televideniening yozuvlarini olib 
keldim. Karimov shundan keyin׃ 
-Shu narsa sizga kerak-mi, o’sha qo’shimcha kiritilgan bilan bir narsa o’zgararmidi? Axir siz yurist 
emas-ku, balki o’sha qo’shimchaning salbiy oqibatlari bo’lishi mumkin. Qo’ying, hammasini 
o’rganib chiqaylik, kerak bo’lsa, keyin qo’shib qo’yamiz.Taklif aytgan bitta siz emas! Shuncha 
odam axmoq-mi, ular masalaning shu tomonini tushunadilar, siz nega janjal qilasiz? Axir bu 
mamlakatning, bu parlamentning, bu qonunlarning obro’yi mening ham obro’yim?!-dedi. 
Karimov qonunchilikda ana shunday jinoiy yo’lni tanladi va jinoyat qilishni obro’ deb bildi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish