34
15. PORA BERIB, PORA OLUVCHIGA AYLANTIRISH
Pul bilan bitmagan ish, ko’p pul bilan bitadi.(Qo’shiqdan).
1980 yillarning oxiriga kelib, jamiyat siyosiy jihatdan uyg’onib qolgandi. Oshkoralik ko’p
illatlarning payini qirqa boshlagandi. Odamlar pora berishni ojizlik belgisi, pora olishni esa
o’zligini sotish, deb tushuna boshlagandilar.
Qisman erkinlik bo’lgani odamlarni qimirlatib qo’ygan va daromad borligi uchun o’qituvchidan
hukumat mulozimiga qadar hamma bugungi kabi umidini poraga tikmagandi.
O’shanda bir kun Karimovning yordamchisi Kraynov telefonda kimgadir:
-Avval Prezident fondiga boring, kelganingizda qo’lingizda kvitantsiyangiz bo’lsin,-deganini
eshitib qoldim.
Prezidentning fondi bor ekan-da, deb o’yladim.
Boshqa bir kun Oliy Kengash binosining yonida Jomboy tumaniga hokimlikka nomzod
qilib
yuborilgan kishini ko’rib qoldim. U Ismoil Jo’rabekovning qabuliga kirolmay qaytayotgan ekan.
Unga “Avval ataganingni Prezident fondiga o’tkaz”, deyishibdi. Shundan keyin bu qanaqa fond
ekan, deb qiziqib
qoldim. Kraynovdan so’rasam׃
-Bunaqa savollarga javob berolmayman, o’zlaridan so’rash kerak,-dedi.
Oliy Kengashning Iqtisod qo’mitasida soliqlar va maoshlar borasida hukumat loyihasiga qarshi
tayyorlangan ikki qonun taklifi muhokama qilinayotganda Karimov kirib keldi. Ancha savol-
javobga borib qoldik. O’shanda undan׃
-Islom aka, qanaqadir Prezident fondi bor ekan, ishga tayinlangan rahbarlar oldin o’sha fondga pul
o’tkazishlari shart qilib qo’yilibdi. Sizning otingiz bilan bog’liq bo’lgani uchun so’rayapman,
shundan xabaringiz bormi?-dedim.
Karimov qizarib ketdi. Deputatlar orasida jonlanish paydo bo’ldi. Demak, ularning ham xabarlari
bor.
-Sportchilarni rag’batlantirish kerakmi? Sport inshootlari qurish lozim-mi? Prezident biror joyga
borsa, hadya olib borishi darkormi?..
Karimov ana shunday savollarni qalashtirib tashladi.
Shunda deputlardan biri
-Byudjetda bu narsalarga ham pul ajartilgan-ku! –dedi.
-Siz byudjetni qaerda ko’rdingiz? Byudjetdan xabaringiz bormi o’zi, uka? U erda hamma narsa
umumiy qilib yoziladi…
35
Karimov gapni shu bilan byudjet tomonga burib yubordi va shu haqda uzoq gapirdi. Ammo men
Karimov tomonidan rasmiy fond tuzilgani va bu pora olishning yangicha usuli ekanligini
angladim. Bu fikrimni boshqalarga ham aytsam, ular ham ayni fikrda ekanlar. Komissiya tuzib,
fondni tekshirishga qaror qildik. Karimov deputatlar ijro hokimiyati ishiga aralashmoqda, deb
janjal ko’tardi. Oxiri u “Fond masalasini o’zim tekshirib chiqaman”, deb bosdi-bosdi qildi.
Uning
shunaqa odati bor edi. Masalani orqaga surib-surib, kun tartibidan chiqarib yuborardi.
Karimov uzoq yillar Davlat planlashtiirsh qo’mitasi(“Gosplan”)da ishlagan. Bu idora pora berish
va pora olishning markaziga aylangan. 1991 yil oxirida Iqtisod oliygohida bo’lgan saylovoldi
uchrashuvida Karimovnin
g o’zi bu haqda aytib qolgandi׃
-Hamma narsa Moskvaga ketadi. Mana men “Gosplan”da ishlaganman, o’zim bilaman,
viloyatlardan
diplomatga solib, olib kelinadi va “Gosplan”dan diplomat bilan Moskvaga olib
boriladi. Bitta diplomatga Lenin bobodan (Lenining surati bo’lgan qizil 10 so’mlikdan-JM) bir
millioni (Bir million rubl-JM) sig’adi. O’zim tashiganman. Olib bormasak, hech narsa berishmas
edi. Oddiy mexchani planga kiritish uchun ham diplomat olib borishimiz kerak edi.
Ana shunday tajribaga ega bo’lgan Karimov ham 1980 yillarning oxiri va 1990 yillarning boshida
ochiq pora olishga qo’rqib
qolganki, fond masalasini o’ylab topgan. Fondga pul o’tkazishda har
bir lavozimning o’z bahosi bo’lgan. Ammo keyinchalik bu fondning keragi bo’lmay qolgan.
Chunki butun jamiyat pora berishga va pora olishga o’rgatildi. Bugunga kelib pora berilmaydigan
va pora olinmaydigan joyning o’zi qolmadi. Hatto etarli pul bo’lsa, Karimovning o’zini ham
ketgazib beramiz, degan odamlar bor. Shuning uchun ham qiziqchi Mirza “Pul bilan bitmagan ish,
ko’-o’-o’-p pul bilan bitadi” deb qo’shiq aytadi-da!
…Universitetda o’qiganimizda Gadoev degan bir domla bo’lardi. Agar kurs starosta(kursboshi)si
unga bergan ro’yxatda ismingiz bo’lmasa, hatto savolga javobni kitobdan yodlab kirsangiz ham
“Savolni chetlab o’tib ketdingiz-ku”, derdi.
Bir kun
uning ana shu gapini eshitib, zachyot ololmay, qo’limdagi telpagimni o’ynatib
chiqayotgandim, hazilga o’ch bo’lgan kursdoshim Dilorom Ishoqova kulib׃
-Gursillab yiqilib chiqayapsizmi? Mana shu telpagingizni bersangiz-ku yiqilmasdingiz,-dedi.
Uning o’zi ichkariga kirar ekan׃
-O’zingiz ham yiqilib chiqmang, tag’in,-dedim.
-O’tmasam, mana shu
telpakni tashlab chiqaman-da,- dedi u boshidagi qunduz telpagiga ishora
qilib.
-Nima, Gadoev ayollarning telpagini ham oladimi?-desam, Dilorom bir narsa demoqchi bo’ldi-yu,
kulib, ichkariga kirib ketdi.
Keyin yuqori kursdagilardan eshitsak, uch so’m bersangiz ham, bir so’m bersangiz ham Gadoev
indamay olib, zachyot qo’yib berar ekan. Pora olish uning kasalligiga aylangan ekan.
36
Bugun-chi? Bugun butun o’zbek jamiyati ana shunday vaziyatda. Ismi-jismiga monand Gadoev
qamalib ketgandi. Ammo bu jamiyat nima bo’larkin?
Do'stlaringiz bilan baham: