Eshitib tushunish.
Samarqandning tarixiy qadamjolari
Ilk bor Samarqandga tashrif buyurganlarning, eng avvalo, shaharning qadimiy serjilo me’morchilik obidalari bilan tanishib chiqishlari maqsadga muvofiqdir. O‘rta asrlar davrida moviy gumbazli muazzam minoralar va o‘lmas obidalarga ega mazkur shaharning naqadar rivoj topganini so‘zsiz bugungacha saqlanib qolgan va mislsiz qudrat ingan mahobatidan his qilasiz. Ana shu ko‘hna shahar bugun ham o‘zining qadimiy tarixi, betakror osori-atiqalari bilan jahon ahlini lol aylamoqda. E’tiboringizga sayohat qilishingiz lozim bo‘lgan buyuk obidalarimiz bilan tanishtirib o’tamiz.
1. Registon maydoni
Registon maydoni shaharning diqqatga sazovor muhim joylaridan biri bo‘lib, qadimiy, ammo hamisha navqiron shaharsozlik ansambli sifatida butun dunyoga dongi ketgan. Uni uchta qudratli maqbara binosi qurshab olgan bo‘lib, har biri alohida noyob bezak bilan pardozlangan. Sharq me’morchiligining ajoyib namunasi sifatida Samarqand YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
2. Go‘ri-Amir maqbarasi
Go‘ri Amir tarixiy yodgorligi XV asr boshlarida qurilgan bo‘lib, o‘zbek me’morchilik san’atining buyuk ijodiy namunasi hisoblanadi. Muqaddam madrasa shahardagi mashhur ziyoli arboblarning farzandlariga ta’lim-tarbiya beruvchi ilm maskani sifatida qurilgan. Uning ro‘parasida maxsus xonaqoh qad rostlagan Bino qurilishi Muhammad Sulton tomonidan boshlangan bo‘lib, u Islom ta’lim markazi ochishni ko‘zlagan edi
3. Bibixonim jome masjidi
Amir Temur hajmi va chiroyi jihatidan sayyoramizdagi boshqa obidalardan ustun turgan go‘zal maqbarani qurib, ayoliga sovg‘a qilgan. Jilvakor devorlari, inshootning baland qurilgan elementlari, marmar toshdan kesib ishlangan bino kubbasi Amir Temur va uning ayoli nomlarini tarixda muhrlash uchun xizmat qilishi kerakligi nazarda tutilgan emish.
4. Hazrati Dovud ziyoratgohi
Keyingi kezlarda Samarqand viloyatining Nurobod tumani, Oqsoy qishlog‘i hududida joylashgan Hazrati Dovud g‘ori O‘zbekistondagi eng sergavjum ziyoratgohlardan biriga aylangan. Mazkur g‘or o‘zida o‘ta qadimiy va turli-tuman rivoyatlarni yashirgan bo‘lib, unga tashrif buyuruvchilar soni kun sayin tobora ortib bormoqda. Tog‘ cho‘qqisidagi tik qoyada joylashgan g‘orga kirgan ziyoratchilar Temur piri sanalgan Hazrati Dovud haqqiga tilovat o‘qib, niyat qiladilar.
5. Imom al-Buxoriy maqbarasi
Imom al-Buxoriyning nomi butun Sharq olamida mashhur bo‘lib, u eng buyuk xudojo‘ylarning biridir. Uning Hadislar to‘plamida Payg‘ambarimiz alayhivassalamning aytganlari va hayotliklaridagi u bilan bog‘liq hikmatlarga boy voqea-hodisalarga doir 600 000 dan ziyod qo‘lyozmalar qoldirgan. Imom al-Buxoriy azaldan ilm fan va madaniyat ravnaqida mashhur ulamo bo‘lib, muhaddislarning imomi, Hadis ilmining sultoni hisoblangan.
Topshiriq. Matnni eshitishdan oldin quyidagi joylarni nomini strelkalar orqali belgilang.
Registon Go’ri Amir maqbarasi Bibixonim jome masjidi
Hazrati Dovud ziyoratgohi Imom al-Buxoriy maqbarasi
Topshiriq. Matnni eshiting va matnda aytilgan obidalarni zanjir tarzida ketma- ket joylashtiring.
1.Registon 2.Go’ri Amir maqbarasi 3. Bibixonim jome masjidi
4. Imom al-Buxoriy maqbarasi 5.Hazrati Dovud ziyoratgohi
3- topshiriq. Berilgan ma’lumotlarni tegishli jadvallarga joylashtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |