45
19. XUSUSIYLASHTIRISH
O’zbekistonda xususiylashtirish nihoyasiga etib qoldi. (Xabarlar oqimidan).
Bundan 20 yil oldin O’zbek tilida “xususiylashtirish” degan kalima yo’q edi. 1981 yilda nashr
etilgan “O’zbek tilining izohli lug’ati”da bu kalima bo’lmasada, ammo “xususiy” degan so’z bor.
Uning birinchi ma’nosi “Biror shaxsning yolg’iz o’ziga qarashli, tegishli bo’lgan, shaxsiy”
ekanligi aytiladi.
Demak, “xususiylashtirish” ana shu “xususiy” kalimasidan yasalgan va bu yangilik emas. Bunga
mustaqil O’zbekistonning 15 yillik tarixi ham guvoh. Shu davrda Islom Karimov butun
mamlakatni xususiylashtirdi.
Mening bu fikrimga qarshilar ham bor. Bu haqda keyinroq to’xtalamiz.
Avval xususiylashtirishning “yaqin tarix”imizdan oldingi davridan bir hikoya keltirmoqchiman.
Sovet davrida birorta prokuror, sudya, mirshab, hukumat mulozimining shaxsiy mashinasi yo’q
edi. Ha, rasman yo’q edi. Bunga maoshi etmas edi. Lekin hammasi shaxsiy mashina minar edi.
Sovet davrida biror prokuror, sudya, mirshab, hukumat mulozimining dang’illama uy-joyi yo’q
edi. Ishoning rasman yo’q edi. Bunga maoshi izn bermas edi. Lekin hammasi dang’illama uy-
joylarda yashardi.
Bir kuni gazetaga yozilgan shikoyat xati yuzasidan Kattaqo’rg’on tumaniga bordim. Yozgan
odam, qo’shnisidan shikoyatchi edi. Bir necha yildan beri qarzini to’lamas ekan. Bu haqda tuman
va viloyat huquq idoralariga shikoyat yozsa, o’zini 15 kunga qamab qo’yishibdi. Borguncha bu
odam janjalchi bo’lsa kerak-ki uni qamab qo’yishibdi, degan fikr ham o’tdi xayolimdan.
Borsam, bu kishi dunyodagi eng mo’minqobil odamlardan biri ekanligiga ishonch hosil qildim.
Mehnatkash odam ekan. Qo’shnisining oilasidan birov kasal bo’lib, eshigining yoniga “Tez
yordam” mashinasi kelsa yoki to’y-ma’raka qilsa, undan qarz so’rar ekan. Bechora ko’ngli ham
yumshoq odam, beraverar, ammo qaytib ololmas ekan. Qo’shnisi ham buni ataylab qilmas ekan.
U ham juda kambag’al, uy-joyi yiqilib ketay, deb turibdi. Xonalarda gilam emas, oddiy sholcha
bo’lib, u ham ilma-teshik.
Shu qadar kambag’al-ki, rahmingiz keladi.
-Men ham qarzlarimni so’ramay qo’ygandim, ammo yaqinda bilib qoldim, nomida mashina bor
ekan,-dedi qo’shnisi.
Tumanga borib tekshirsam, haqiqatdan ham nomida mashina bor. Uning o’zidan so’rasam, “Uzoq
bir jiyanim pasportimni olib ketgandi, keyin qanaqadir qog’ozga qul quydirib olgandi”,- dedi.
O’sha jiyani viloyat prokurorining o’rinbosari ekan. U kambag’al odamning nomidan yozilgan
ishonch varaqasi bilan mashina minib yurgan ekan. Shuning uchun shikoyat yozgan odamni
xuliganlikda ayblab, qamab qo’yishgan.
46
Bu ham mayli, yana surishtirsam, viloyat prokurorining o’rinbosari Samarqandda dang’illama
hovlida yashar va bu hovli ham haligi paxtakor amakining nomida. Bu bir fe’letonimning qisqacha
izohi. Ammo keyin bilsam, butun mamlakat ana shunday tarzda yashar ekan.
Mixail Gorbachev davriga kelib, “privatizatsiya” degan gap chiqdi. Bu – davlat tasarrufidagi
mulkni odamlarga o’tkazish edi va buni “xususiylashtirish” deb atay boshladik. Gorbachev dastlab
o’qituvchilar yashagan uy-joylarni xususiylashtirgandi. Islom Karimov ham shundan ilhomlanib
1990 yillar boshida o’qituvchilar o’zlari yashab turgan kvartiralarni xususiylashtirib olishlari
haqida Farmon chiqargandi. Mening ham umr yo’ldoshim maktabda o’qituvchi bo’lgani uchun,
ko’p qatori, biz ham o’zimiz yashab turgan “dom”dagi uyimizni o’rnatilgan qoida asosida
xususiylashtirdik va butun xarajatlarini to’ladik.
O’sha kezlarda viloyatlardan Toshkentga ishga chaqirilgan odamlarga qonuniy tartibda ko’p
qavatli binolardan navbat bilan kvartira berishardi. Men ham Oliy Kengashning Oshkoralik
qo’mitasiga rais o’rinbosari etib saylanganimdan keyin 6 oy Samarqanddan qatnab,
mehmonxonada yashadim. So’ng 18 qavatli binodan kvartira berishdi.
Karimovga qarshi chiqqanimdan keyin:
-Men yomonu farmonim yaxshimi? Uyini tortib ollaring,-deb buyuribdi. Tortib olib qizi
Gulnoraning shirkatiga berishdi.
Menku mol-davlatga kelib-ketadigan narsa deb qarayman, shuning uchun ham uy-joyga
bog’lanmagan, ko’chmanchi, darvesh kayfiyatidagi odamman. Oilam ham menga moslashgan.
Lekin hayot-mamoti – shu bitta uyi bo’lganlar-chi?
Bu veqeani eslashimning ikki muhim jihati bor. Biri, Karimovning “Qonun emas, men ustun!”
degan xarakterini, ikkinchisi esa, xususiylashtirish deganda, u nimani tushunganini
ko’rsatishdir. Demak, u butun O’zbekiston meniki, men imzo chekkan hujjatlar asosida biror bir
qulaylikka ega bo’lgan odam menga sadoqat bilan xizmat qilishi shart deb tushungan.
Shundan kelib chiqib u yuzlab-minglab muxoliflarining qonuniy tartibda xususiylashtirilgan uy-
joylarini ochiqdan-ochiq bosqinchilik yo’li bilan tortib oldi. Chunki, yana bir marta takrorlashga
ehtiyoj bor: u o’sha kezdayoq butun mamlakatni o’zining shaxsiy mulki, o’z oilasiga oid deb
hisoblagan.
Uning qizi Gulnora Karimova o’nlab korxonalarni “sotib olgani” va ko’plarini Rossiyaga sotgani,
boshqalrining markazlarini o’sha tomonga ko’chirgani haqida xavotir bilan gapirib, “Karimov
butun O’zbekistonni xususiylashtirib oldi”, deganimda, bir tanishim keskin qarshi bo’ldi. U
“O’zbekiston juda katta mamlakat” ekanligi va “Gulnora hamda otasi olgan narsalar ummondan
hatto zarra ham emas”ligini aytdi.
Vaholanki, bugun O’zbekistonning butun energetika kompleksi Rossiyaga bog’landi. Er osti va er
usti boyliklari Rossiya bilan hamkorlikda tuzilgan shirkatlar tomonidan ishlatilmoqda. Bitta-yarim
Amerika bilan ishlatilganlari ham tortib olinib, Moskvaning qozig’iga bog’lanmoqda.
47
Muborak gazni qayta ishlash kompleksidan tortib, Toshkent aviasozlik zavodiga qadar asosiy yirik
korxonalarning yarimdan ko’p hissasi ruslarga o’tdi. Oltin ishlab chiqarishdan boshlab
telekommunikatsiya tarmoqlariga qadar Moskva nazoratida.
Rossiya Amerika emas. Amerika madaniyatli, unga “Chiqib ket” desangiz va qonuniy yo’lini
ko’rsatsangiz chiqib ketadi. Ammo Rossiya ketmaydi va qaytarmaydi. Hatto O’zbekiston to’la
demokratik davlat bo’lganda ham bularni qaytarib bo’lmaydi. Chunki hammasi doimiyga qilib,
qog’ozda xalqaro qonunlarga moslangan. Boshqa yo’l bilan olish esa, Rossiya bilan urush degani.
Ko’rayapsizki, Karimov oilasining olgani oz emas.
Bundan tashqari Karimovning komandasida bo’lgan to’ralar mamlakat bo’ylab, qarindosh-
urug’lari nomiga ko’chmas mulk, korxonalar va bozori chaqqon biznesni rasmiylashtirganlar.
Ularni tortib ololmaysiz. Hammasi qonunlar doirasiga tushirilgan. Ko’plari ish markazlarini
qo’shni mamlakatlarga ko’chirishgan. Tortib olish uchun siz ham diktator bo’lishingiz kerak.
Qonuniy yo’l bilan kuchingiz etmaydi.
O’zbekistonda karimovchasiga xususiylashtirilmagan narsa faqat quruq er qolibdi-da, deyishingiz
mumkin. Bugun o’sha er ham uning izmida. Undan keyin rejim o’zgarib qoldi, deylik va o’sha
rejimga ana shu er qolsin ham deylik. U holda hayotini erga ketmon urib boshlagan ibtidoiy jamoa
davridagi ajdodlarimiz kabi hamma narsani noldan boshlash kerak bo’ladi. Shuning uchun, bugun
Karimovning xususiylashtirish kirdikorini nazarga olmaslik, ibtidoiy davrdagi kabi tayoq ko’tarib
yugurishga olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |