Mundarija Kirish…..………………………………………………………………………….3
I BOB. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o`tish va uning rivojlanishi. 1.1.Tovar va uning hususiyatlari…………………………………………………...5
1.2.Tovar hususiyatlari va baho…………………………………………………….9
1.3.Tovar nafliligi va qiymatining,tovar ayirboshlovining obektiv asosi..……….23
II BOB. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar uchun ijtimoiy zaruriy sarflar. 2.1.Bozor iqtisodiyotida iste’mol qiymatini takomillashtirish usullari……….…..28
2.2.Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar nafliligini rivollantirish usullari………………………………………………………………………...…..37
Xulosa va takliflar………….……...……………………………………………40
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati..………………………………………..…42
KIRISH Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi Harakatlar startegiyasi barcha sohalarni deyarli qamrab olgan bo‘lib, buning natijasida ko‘pgina istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 2018-yil ,,Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili’‘ Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Dastur loyihasi 237 banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22- dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojatnomasida keltirilgan asosiy g‘oya va takliflar hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi.Buning natijasida xususiy sektorda mablag‘lardan samarali foydalanilmoqda.Tarmoqlarda yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishni ta‘minlashga bo‘lgan qiziqish va intilish ancha kuchli bo‘lib, ishlab chiqarish tufayli imkon qadar ko‘p daromad olish kabi pirovard moliyaviy natijalarga erishilayotganini ta‘kidlash joiz. Shuni yana alohida ta‘kidlab o‘tish joizki, Bu Harakatlar strategiyasi bo‘yicha davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari natijalari tahlili va kelib tushgan takliflar asosida yanada takomillashtirildi. Bularning barchasi bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan xususiy korxonalarning asosiy maqsadidir. Tadbirkorlik subyektlari bu kabi imkoniyatlardan unumli foydalanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ularga zarur qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, o‘zaro sifatli elektron axborot almashinuvini joriy etish, davlat soliq xizmati organlari ishining samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘ttizga yaqin dastur amaliyotga tatbiq etila boshlandi hamda soliq to‘lovchilarga o‘ndan ortiq interaktiv, ya’ni qog‘ozsiz, masofadan turib xizmatlar ko‘rsatilayotir. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi.Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo’lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun Yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag’lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo’li bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari o'rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘1adilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakati ta’minlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi ro‘y beradi. Iste’molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo’lgan talabini bildiradi.Kurs ishining maqsadi; Tovar va uning ikkiyoqlama xususiyatlari tartibga solinishini, uni mamlakatimizda tobor rivojlantirilishi bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiyava takliflar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
-Bozor vazifalari va bozorda tovar ayirboshlashning o’rni mazmun-mohiyatini, ularning shakllarini ochib berish;
-Tovar ishlab chiqarish jarayonida almashinuv musobatlari bo’yicha mavjud qarashlarni tadqiq etish;
-Tovar va uning xususiyatlari va tovarning almashuv qiymatini o’rganish;
-O’zbekistonda savdo korxonalarida tovar aylanishining mazmuni munosabatlarini tutgan o’rnini tahlil qilish;
Kurs ishining obyekti: Tovar ayirboshlash jarayonidagi samaradorlikni oshirish va O’zbekistonning tovar ayirboshlash jarayonidagi samaradorlik munosabatlaridagi o’rni hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti mamlakatimizda tovar ayirboshlash jarayonidagi samaradorlikni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’z ichiga oladi.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini xorijlik yetakchi olimlarning Tovar ayirboshlash jarayonidagi samaradorlik,uningzaruriyativaahamiyati borasidagi amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari
tashkil etadi..