I bob. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o`tish va uning rivojlanishi


Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar nafliligini rivollantirish usullari



Download 141,48 Kb.
bet8/10
Sana23.05.2022
Hajmi141,48 Kb.
#607371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tovar xossalari iste’mol qiymati[1] NodirBek

2.2.Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar nafliligini rivollantirish usullari.
Tovar aylanishini rivojlantirilishining yuqorida aytib o‘tilgan maqsadlari o‘zaro nozik aloqada bo‘lishiga va ularning kompleks majmuisiz amalga oshirilishi qiyin bo‘lishiga qaramay, ular orasida biror ustuvor maqsadni tanlash (aynan shu savdo korxonasiga mos keladiganini) rejali ko‘rsatkichlarni hisoblash uslublariga va bu ko‘rsatkichlarning miqdoriy qiymatlariga hal qiluvchi, asosiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bunday tahlilni o‘tkazish vazifasi va uning ko‘lami darajasi rejalashtirilgan davrda savdo korxonasining tovar aylanishi yuksalishi uchun belgilangan ustuvor maqsadga muvofiq kelishi lozim. Shunga bog‘liq tarzda tahlil jarayonida reja oldi davrdagi tovar aylanishi yuksalishini tavsiflovchi umumiy ko‘rsatkichlar va shu yuksalishning u yoki bu belgilangan ustuvor maqsadi (rejalashtirilgan davr uchun) bilan bevosita bog‘lik bo‘lgan xususiy ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqiladi.
Tovar aylanishining alohida ko‘rsatkichlari dinamikasini o‘rganishda, reja oldi davrda, narxlarning qiyosiy darajalari mavjud bo‘lishi kerak. Nashr etilayotgan birinchi tahlil qilinadigan davrga nisbatan olingan inflyatsiya indekslari ham aynan shu maqsadlarda qo‘llaniladi.
Tovarlarning umuman sotilishining keyingi ko‘rsatkichlari quyidagi formula orqali taqqoslama holga keltiriladi:
Бу ерда:
St - qiyosiy narxlarda tovar aylanishi hajmi;
Sf - haqiqiy narxlarda tovar aylanishi hajmi;
1i - birinchi tahlil davriga nisbatan inflyatsiya indeksi.
Tahlilning umumiy ko‘rsatkichlari tizimida tovarlar sotilishining o‘sishi (reja oldi davrda)da quyidagilar katta ahamiyatga ega:
a) tovarlar aylanishi dinamikasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Ushbu dinamika ko‘rib chiqilayotgan ko‘rsatkichlarning o‘zgarish templari bilan ifodalanib, o‘rta geometrik qiymat formulasi bo‘yicha hisoblanadi:
Bu yerda:
Tu - qaralayotgan vaqt oralig‘ida (yil yoki kvartal) tovarlar aylanishining o‘rtacha o‘zgarish darajasi (%);
Sp - qarab chiqilayotgan vaqt oralig‘ining oxirgi davrida (oxirgi kvartal yoki oylar) qiyosiy narxlardagi tovar aylanishi hajmi (so‘mda);
S^ - qaralayotgan vaqt oralig‘ining boshlang‘ich davrida (birinchi oy, kvartal)gi tovar aylanishi;
p - qaralayotgan vaqt oralig‘idagi davrlar soni.
b) tovarlar aylanishining bir tekisligini ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar. Bu ko‘rsatkichlar tarkibida o‘rtacha kvadratik chetlanish va variatsiya koeffitsiyenti (notekisligi) ham ko‘rib chiqilib, ular quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi.

Bu yerda:
S - o‘rtacha kvadratik chetlanish (tovarlar tebranuvchanligi diapazonini aniqlaydi);
Ri - qaralayotgan vaqt oralig‘ining har bir aniq davridagi tovarlar aylanish hajmi;
R - ko‘rilayotgan vaqt oralig‘idagi bir davrda tovarlar aylanishining o‘rtacha hajmi;
p - ko‘rilayotgan vaqt oralig‘idagi davrlar soni;
V - variatsiya koeffitsiyenti (alohida davrlarda tovarlar aylanishining notekisligini ifodalaydi), %da ifodalanadi.
v) tovarlar aylanish tarkibini ifodalovchi ko‘rsatkichlar -tarkibiy tahlil jarayonida alohida realizatsiya formalari yoki alohida tovar guruhlarining tovar aylanishining umumiy hajmidagi ulushi hisoblanadi.
g) alohida omillarning tovar aylanishi hajmi o‘zgarishlariga ta’sirini ifodalovchi ko‘rsatkichlar — bunday tahlil alohida ko‘rsatkichlarning o‘zgarish indekslarini oldindan hisoblash asosidagi zanjirli almashtirishlar usuli bilan olib boriladi. Masalan, mshiat resurslari bilan bog‘liq bo‘lgan omillarning realizatsiya hajminiig o‘zgarishiga ta’sirini quyidagacha ifodalash mumkin:
Iр = Iпр Х Iму,
Bu yerda:
Tr - tovarlar aylanishi hajmining o‘zgarish indeksi;
1pr - personalning o‘rtacha ro‘yxati miqdorining o‘zgarish indeksi (personal sonining);
1mu - personal mehnat unumdorligining o‘zgarishi (bir ishchiga to‘g‘ri keladigan tovar aylanishining o‘zgarishi).
Xususiy analitik ko‘rsatkichlar tizimi tovar aylanishi yuksalishining tanlab olingan ustuvor maqsadlari majmuasidan kelib chiqib mustaqil ravishda shakllanadi. Bu tizim rejalashtirish ko‘rsatkichlariga mos keluvchi hisoblarning boshlang‘ich bazasini to‘ldirishga mo‘ljallangai.7
O‘tkazilgan tahlil natijalari rejalashtirilgan davrdagi tovar aylanish darajasini o‘sishining zahiralarini aniqlashga asos bo‘lib hizmat qiladi.

Xulosa va takliflar


Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbiq etishda, aholinig ijtimoiy turmush tarzini yanada ko‘tarishda, qolaversa xalqning farovon hayoti uchun bevosita o‘z ta‘sirini ma‘lum bir ma‘noda o‘tkazishda, siyosiy-ijtimoiy nuqtai nazardan ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi omil sifatida hayotiy siklda bevosita ishtirok etuvchi korxona-tashkilotlarning o‘rni bozor munosabatlari davrida muhim ahamiyatni kasb etadi. Bu omillarning rivojlantirishda va hamda ularning iqtisodiy salohiyatini oshirib, sog‘lom raqobat muhitida o‘z mavqega ega bo‘lishda, davr talabiga monand ilmiy tixnik va ma‘naviy yangiliklarning o‘z vaqtida amaliyotda tadbiq qila oladigan kadrlarni tayyorlash maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bilimdon va ishbilarmon xodimlarni shakllantirishga erishish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egadir. Bu borada hukumatimiz tomonidan bir qator me‘yoriy qonun hujjatlari qabul qilingan. Shulardan, ,,Mehnat kodeksi’‘, ,,Ta‘lim to‘g‘risida’‘gi, ,,Aholini ish bilan ta‘minlash to‘g‘risida’‘gi qonunlari, ,,Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadr malakasini oshirish va tajriba almashuv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida’‘gi Prezident Farmoni kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Zamonaviy korxonalar faoliyatini samarali ta‘minlashda mehnat qurollari va predmetlaridan inson resurslari – kadrlar muhim ahamiyatga ega. Aynan kadrlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga oshiradi hamda samarali boshqaruv jarayonini ta‘minlaydi. Kadrlarning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, korxona va tashkilotning, iqtisodiy, moliyaviy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari shunchalik yaxshi bo‘ladi. Respublikamizdagi iqtisodiy va siyosiy tizimlarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar har bir shaxs uchun, turmushi barqarorligi uchun katta imkoniyatlar tug‘dirish bilan bir qatorda jiddiy xavf–xatar ham tug‘diradi, amalda har bir kishining hayotiga ma‘lum darajada noaniqlik kiritadi. Bunday vaziyatda kadrlarni boshqarish alohida ahamiyatga ega, chunki u shaxsning tashqi sharoitga moslashish, tashkilotdagi samarali boshqarish tizimining tuzilishida shaxsiy omilni hisobga olish masalalarining butun majmuini amalga oshirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ma‘naviyat va qadriyatlarning ustuvorligiga butunlay yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish zarur bo‘ladi. O‘zbekistondagi va chet ellardagi tashkilotlar tajribasini umumlashtirish kadrlarni boshqarish tizimining asosiy maqsadini, ya‘ni xodimlar bilan ta‘minlash, ularning samarali ishlashi, kasbiy va ijtimoiy jihatdan rivojlantirishni shakllantirishga imkon beradi. Shunga ko‘ra korxona va tashkilotlarda samarali boshqarish tizimi shakllantiriladi.


Download 141,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish