2– Amaliy mashg‘ulot iyod moylash tizimi tuzilishi hamda ishlashi



Download 16,15 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi16,15 Kb.
#593449
Bog'liq
2– Amaliy mashg‘ulot (1)
TAJIMOVA RAHILA, БАЛНУРА ТИМ СЛАЙД, UZAKBAEV ATABEK KURSAVOY, Baxiyev Jasur, DARSLARDA MULTIMEDIALI VOSITALARDAN FOYDALANISHDA, Suyuqliklarning fizikaviy xossalari va asosiy kattaliklari, Suyuqliklarning og’irlik markazi maydonidagi muvozanati-hozir.org, Suyuqlikni fizik va mеxanik xossalari (1), Занжирли тракторларнинг буриш механизмлари., 1-Ma'ruza, Suyuqlik kinematikasining asosiy tushunchasi, Занжирли тракторларнинг буриш механизмлари. (1), 2-Ma'ruza, Suyuqlikni fizik va mеxanik xossalari

2– Amaliy mashg‘ulot


IYoD MOYLASH TIZIMI TUZILISHI HAMDA ISHLASHI


Ishdan maksad: Traktor va avtomobil dvigatellarining moylash tizimi uzel va agregatlarining tuzilishi, ularning ishlashi va rostlanish tartibi bilan tanishish.
Qurilma va uskunalar: g‘ildirakli va zanjirli o‘rmalovchi traktorlar va avtomobillarning dvigatellarinish qirqmalari, moylash tizimining alohida uzel va agregatli montaj stendlari, tizim elementlarining maketlari, chizmalar, plakatlar, asboblar to‘plami.


Umumiy ma’lumotlar
Dvigatelning moylash tizimi - bir-birlari bilan moy quvurlari orqali bog‘langan, tutashgan detallariing ishqalanuvchi yuzalariga ma’lum temperatura va ma’lum bosim ostida, kerakli miqdorda moylash materiali bilan ta’minlash hamda tozalashga xizmat qiluvchi qurilmalar majmuasidir.
Ichki yonuv dvigatellarining zamonaviy turlarida moy ishkalanuvchi detallar yuzalariga bosim ostida uzluksiz etkazish bilan bosim ostida davriy uzatish (pulsli) yoki sachratish orqali ta’minlanadi. Ishqalanuvchi detallar yuzalariga moyni etkazish usuliga ko‘ra moylash tizimlari uch guruhga bo‘linadi: sachratish orqali, bosim ostida va kombinatsiyalashtiralgan holda.
Birinchi guruhga mansub moylashda moy (motor moyi) dvigatel karteriga quyilib, harakatlanuvchi detallar tomonidan (shatunlar, tirsakli vallar) sachratilib, moy tumanini hosil qiladi. Moy tomchisi detallar yuzasiga o‘tirib, ularni moylaydi va yana karter tubiga oqib tushadi. Sachratma usuli bilan moilash asosan kam quvvatli dvigatellarda (P-23) qo‘llaniladi.
Bosim ostida moylashda moy doimiy ravishda detallarning ishqalanuvchi yuzalariga maxsus nasos orqali bosim bilan yuboriladi. Kombinatsiyalashtirilgan moylash tizimida detallarning bir qismi bosim ostida, ayrim qismlari sachratish orqali moylanadi. Moylashniig ushbu turi detallarning ishlash sharoitiga ko‘ra ularni turli jadallikda moylash imkoniyatini beradi.


Ishni bajarilish tartibi
1. Qirqma dvigatellarda moylash tizimi va uning uzellari-
ning tuzilishi, ishlash prinsiplarini o‘rganish.
2. Montaj stendlari, chizmalar, plakatlar, maketlar, o‘quv
adabiyotlaridan foydalanib, moylash tizimining alohida
qismlarining tuzilishi va ishlashini o‘rganish. O‘qituvchi
ko‘rsatmasiga binoan moylash tizimining alohida agregat va detal-
larining eskizlarini chizish.
3. Sentrofuga va moy nasosini qismlarga ajratish va
yig‘ishni amalga oshirish.
4. Kerakli o‘lchamlarni olib va adabiyotlardan foydalanib,
o‘qituvchi ko‘rsatmasiga ko‘ra jadvalni to‘ldirish.


Hisobotning tuzilishi
1. IYOD ning moylash tizimi va uning elementlarining aso-
siy sxemalarining qisqacha tavsifi.
2. Moylash tizimining uzel va detallarining, alohida sxema-
larining eskizlari.
3. Sentrofuga va moy nasosini qismlarga ajratish hamda
yig‘ish tartibini qisqacha tavsiflash.


Tekshiruv savollari
1. D -144, D - 240, SMD - 62, ZIL-130 dvigatellarining
kombinatsiyalashtirilgan moylash tizimini tavsiflang va moylash
tizimi turlarini aytib bering.
2. SHesternyali moy nasoslarining tuzilishi va ishlashini
tushuntiring.
3. Zamonaviy dvigatellarning moylarini tozalash
qurilmacharini turlarini sanab o‘ting va tavsiflang.
4. Moyni markazdan qochirma usulda tozalashning mohiyati ni-
mada?
5. Dvigatellarning reaktiv moy sentrofugalarining ishlash
prinsipini tushuntiring va tegishli afzalliklarini sanab o‘ting.
6. To‘liq oqimli va noto‘liq oqimli sentrofugalar tizimla-
rining farklarini ayting.
7. Dvigatel ishining temperatura rejimini tavsiflang, moy
radiatorlarining tuzilishi va vazifasini tushuntirib bering.
8. Moylash tizimining nazorat qurilmalarini sanab o‘ting va
klapanlarning ishlash prinsipini tushuntiring (reduksion,
o‘tkazgich, saklagach).
9. Dvigatel karteri ventilyasiya tizimining vazifasini va
tuzilishini tushuntiring.
10. Moylash tizimiga texnik xizmat ko‘rsatishda bajaraladi-
gan ishlar turlarini va ularning davriyligini aytib bering.
Download 16,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti