18-mavzu. Elementlar davriy sistemasining IV a guruh elementlarining xossalari. Elementlar sistemasining o‘n to‘rtinchi guruh elementlarining umumiy xossalari



Download 187,37 Kb.
Sana01.11.2022
Hajmi187,37 Kb.
#859174
Bog'liq
1 (1)


18-mavzu. Elementlar davriy sistemasining IV A guruh elementlarining xossalari. Elementlar sistemasining o‘n to‘rtinchi guruh elementlarining umumiy xossalari. Uglerod, uning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinish usullari, fizik va kimyoviy xossalari. Uglerod, allotropiyasi. Uglevodorodlar. Uglerodning Respublikadagi tabiiy manbalari. Uglerodning kislorodli birkmalari, kislotasi, tuzlari. Uglerodning oltingugurtli, azotli birikmalari. Sianid va rodanid kislotalari va ularning tuzlari. Uglerod va uning birikmalarining ishlatilishi. Kremniy. Kremniyni tabiatda uchrashi, olinishi, strukturasi, fizik va kimyoviy xossalari. Kvars. Silikat kislotalar va ularning tuzlari. Silikatlar. Alyumosilikatlar. O‘zbekiston Respublikasida silikat sanoati va uning istiqbollari. Germaniy, qalay, qo‘rg‘oshin, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari, birikmalari, ishlatilishi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. 2soat.
Mаvzu rеjаsi:
Elementlar sistemasining o‘n to‘rtinchi guruh elementlarining umumiy xossalari.
Uglerod, allotropiyasi. Uglevodorodlar.
Kremniy. Kremniyni tabiatda uchrashi, olinishi, strukturasi, fizik va kimyoviy xossalari. Silikatlar.
Germaniy, qalay, qo‘rg‘oshin, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari, birikmalari
IVA guruh elementlarining umumiy xarakteristikasi
(C, Si, Ge,Sn,Pb)
1. Tashqi pog’onasining elektron formulasi ns2np2.
2. Qattiq modda.
3. C va Si — tipik metallmas; kislota hosil qiluvchi elementlar.
4. Ge, Sn, Pb - metallar, kislota hosil qilish xossasiga ega.
5. Oksidlanish darajalari: +4, +2 va -4. Yuqori oksidlanish darajasiga ega bo’lgan oksidlari kislotali, past oksidlanish darajasiga ega bo’lgan oksidlari asosli xossaga ega.­
6. Elektromanfiyligi atom massalari ortishi bilan kamayadi.
7. C, Si va Ge eritmalarda va suyuqlanmalarda erkin ionlar hosil qilmaydi.
8. Atom massalari ortishi bilan xloridlarining uchuvchanligi kamayadi.
Uglerod
Tabiatda uglerodning 2 ta, kremniyning 3 ta, germaniyning 5 ta, sirkoniyning 7 ta, qo’rg’oshinning 4 ta tabiiy izotoplari keng tarqalgan.
Oddiy moddalar bilan reaksiyalari
Uglerod 4 xil oddiy modda-olmos, grafit, karbin, fullerenlarni hosil qiladi. Standart sharoitda grafit inert modda bo’lib, kislorod, vodorod va galogenlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Unga asos va kislotalar eritmalari ta’sir etmaydi. Qizdirilganda uglerod yonadi va CO2 hosil qiladi. Boshqa metallmaslar (ftor va oltingugurtdan tashqari) uglerod bilan to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) reaksiyaga kirishmaydi. Vodorod bilan 20000C dan yuqori temperatura va taxminan 10 MPa bosimda reaksiyaga kirishadi. Uglerod metallar bilan 1000-20000C da reaksiyaga kirishadi. Grafitda uglerod atomlari sp2 gibridlanish holatida bo’ladi. Grafitning kristall panjara tuzilishi:

Uglerodning ikkinchi allotropik ko’rinishi olmos bo’lib, unda uglerod atomlari sp3 gibridlangan. Tabiatda olmos erkin holda uchraydi. 1905 yilda janubiy Afrikada eng katta 3106 karat (621,2g) olmos bo’laklari topib olingan. Hozirgacha ma’lum bo’lgan moddalar orasida eng qattig’i olmosdir.
Uglerodning uchinchi allotropik ko’rinishi karbin bo’lib, u qora mayda kristall kukunlardan iborat. Uning tuzilishi chiziqli bo’lib, uglerod atomlari sp-gibridlanish holida bo’ladi. Qolgan 2 ta dan p-orbitallar π-bog’lar hosil qiladi. Bu holda karbin uchun 2 xil tuzilish formulalari mos keladi:
- C ≡ C – C ≡ C – C ≡ C - yoki = C = C = C = C = C =
Har ikkala chiziqli tuzilish ham haqiqatda mavjud. Karbin grafitga nisbatan kimyoviy jihatdan aktiv. Olmos, grafit, karbinlar atomar tuzilishli bo’lgani holda, uglerodning to’rtinchi allotropik ko’rinishi fulleren molekulyar tuzilishlidir. Fullerenda uglerod atomlari 60 yoki 70 ta bo’ladi. Uning tuzilishi “Metallmaslar” mavzusida keltirilgan. Fullerenda uglerod atomlari sp2 gibridlangan.
Fulleren uglerodning boshqa allotropik shakl ko’rinishlaridan farq qilib qutbsiz erituvchi (C6H6, CCl4) larda eriydi. C60 tarkibli fulleren eritilsa eritma qizg’ish - binafsha, C70 tarkibli fulleren eritilganda eritma to’q sariq (apelsin) rangga kiradi. Fullerenlar galogenlar bilan reaksiyaga kirishadi. C60 fullerenlar ishqoriy metallar bilan reaksiyaga kirishganda Me3C60 tarkibli yuqori haroratga chidamli, yuqori elektr o’tkazuvchanlik xossasiga ega bo’lgan kompleks birikma hosil qiladi. Ularning yuqori elektr o’tkazuvchanlik holatiga o’tish haroratlari K3C60 uchun 18K, RbCs2C60 uchun – 33 K, RbTl2C60 uchun -43 K ga teng.
Oddiy moddalar bilan reaksiyalari

Galogenlardan faqatgina ftor uglerod bilan bevosita reaksiyaga kirishadi va gazsimon CF4 birikmasini hosil qiladi:
C + 2F2 = CF4
CCl4, CBr4 va CI4 lar bilvosita yo’l bilan olinadi:
CH4 + 4Cl2 CCl4 + 4HCl; 3CCl4 + 4AlBr3 = 4AlCl3 + 3CBr4
CCl4 suv ta’sirida gidrolizlanmaydi. Kislota va ishqorlar bilan hattoki qaynatilganda ham reaksiyaga kirishmaydi. Standart sharoitda CCl4 –suyuq; CBr4 va CI4 lar qattiq holatda bo’ladi.
Murakkab moddalar bilan reaksiyalari

Si →Na2SiO3; Sn, Pb→ Na2[E(OH)4]
Si + 2H2O → SiO2 + 2H2; Si + 2NaOH + H2O → Na2SiO3 + 2H2
Sn + 2NaOH → Na2SnO2 + H2; Ge + 4HNO3 (kons) → GeO2 + 4NO2 + 2H2O
3Pb + 8HNO3 (suyul) → 3Pb(NO3)2 + 2NO + 4H2O
Sn + 4H2SO4(kons) →Sn(SO4)2 + 2SO2 + 4H2O
Pb + 3H2SO4 (kons) →Pb(HSO4)2 + SO2 + 2H2O
IV A guruh elementlari EH4 tarkibli gidridlar hosil qiladi. Gidridlarning barqarorligi CH4 dan PbH4 o’tganda kamayadi, qaytaruvchilik xossasi esa ortadi. Gidridlari quyidagi sxema bo’yicha suvda parchalanadi:
EH4 +2H2O → EO2 + 4H2 (E=Si, Ge, Sn, Pb)
IV A guruh elementlari EO va EO2 tarkibli oksidlar hosil qiladi. CO va CO2 lar gaz, qolganlari qattiq, suvda erimaydigan atom tuzilishli moddalardir.
CO va SiO befarq oksid, Ge, Sn, Pb larning oksidlari amfoter xossaga ega bo’lib, GeO, SnO, PbO qatorida asoslik xossasi ortadi.
CO2 va SiO2 kuchsiz kislotali oksid
C (grafit) C (olmos);

C + O2 CO2 (kislorod kam olinganda CO hosil bo’ladi).
C + 2H2 CH4; 2C + H2 C2H2; C + 2S CS2
Uglerodning murakkab moddalar bilan reaksiyasi
Hamma reaksiyalar qizdirilganda boradi:
2C + SiO2 Si + 2CO; C + FeO Fe + CO
C + 2CuO CO2 + 2Cu; C + CO2 2CO (Reaksiya qaytar)

C + 2H2SO4 CO2↑ + 2SO2↑ + 2H2O
C + 4HNO3 kons CO2↑ + 4NO2↑ + 2H2O
2C + Na2SO4 = Na2S + 2CO2 (700-9000C)
Karbidlarning olinishi: C + Si SiC + Q, (SiC-polimer tuzilishli kovalent bog’lanishli birikma)
2C + Ca CaC2 (CaC2 karbid emas, asetilenid deyiladi).
3C + CaO CaC2 + CO; 4Al + 3C Al4C3
Al4C3 va Be2C lar metanidlar deyiladi. Chunki ular gidrolizlanganda metan hosil bo’ladi.
Be2C + 4H2O = 2Be(OH)2 + CH4
Al4C3 + 12H2O = 4Al(OH)3 + 3CH4
Uglerod oksidlarining xossalari va olinishi
CO ning sanoatda olinishi
2C + O2 2CO (is gazi C ≡ O tuzilishga ega , bog’lardan ikkitasi kovalent va bittasi donor-akseptor bog’lanishdir).
CO2 + C 2CO; CO2 + Zn → ZnO + CO; C + H2O → CO + H2
CO ning laboratoriyada olinishi
HCOOH CO +H2O
Na2C2O4 (q-q.)(natriy oksalat) + 2H2SO4 →2NaHSO4 + CO + CO2 + H2O
CO ning oddiy moddalar bilan reaksiyalari
CO + 2H2 CH3OH (metanolning olinishi)
CO + Cl2 → COCl2 (fosgenning olinishi)
2CO + 2S → CO2 + CS2 (uglerod sulfidning olinishi)
xCO + Me → [Me(CO)x]↑ (metallarning uchuvchan karbonillari toza metallar olishda ishlatiladi­­­). Karbonillarda metallarning oksidlanish darajasi 0 ga teng.
CO ning murakkab moddalar bilan reaksiyasi
CO + MeO CO2 + Me (metallarning olinishi).
CO + NaOH HCOONa (natriy formiatning olinishi).
CO + ROH → HCOOR (chumoli kislota efirlarining olinishi).
CO2 ning olinishi
Sanoatda
C + O2 CO2; CaCO3 CaO + CO2. (Ohaktoshni kuydirish).
Metall oksidining asoslik xossasi qancha yuqori bo’lsa, uning parchalanish temperaturasi shuncha yuqori bo’ladi.
Laboratoriyada
CaCO3 + 2HCl → CaCl2 + H2O + CO2 ( kuchli kislota CO2 ni uning karbonatlaridan va gidrokarbonatlaridan siqib chiqaradi).
KHCO3 + HCl → KCl + H2O + CO2
C6H12O6 →2C2H5OH + 2CO2 (spirtli bijg’ish).
CO2 ning xossalari
Aynan 5,11 atm bosim 216,6 K (-56,60C) da gaz, suyuq va qattiq CO2 lar muvozanat holatida bo’ladi. Bosimning qiymati o’zgarganida CO2 suyuq holatda bo’la olmaydi. Agar qattiq CO2 (quruq muz)ni 1 atm. bosimda qizdirsak, 159 K da u sublimatlanadi. Ya’ni u qattiq holatdan to’g’ridan-to’g’ri gaz holatda o’tadi.
Kimyoviy xossalari
CO2 + 2Mg C + 2MgO (yonayotgan Mg ni CO2 bilan o’chirish mumkin emas). Chunki Mg karbonat angidridda yonadi.
CO2 + H2O ↔ H2CO3
6CO2 + 6H2O C6H12O6 + 6O2 (fotosintez).
CO2 + Ba(OH)2 → BaCO3↓+ H2O.
Baritli yoki ohakli suvdan CO2 o’tkazilganda avval eritma loyqalanadi, so’ngra esa loyqa yo’qolib, tiniq eritmaga aylanadi, bunda quyidagi reaksiya boradi:
CO2 + H2O + CaCO3 ↓→Ca(HCO3)2. CaCO3 suspenziyasining erishi.
BaCO3↓ + CO2+ H2O → Ba(HCO3)2.
CO2 + 2NH3 H2N-CO-NH2 + H2O↑(g) (mochevinaning olinishi).
2CO2 + 2Na2CO3 + 2H2O → 4NaHCO3 (ichimlik sodaning olinishi).
Uglerodning yana bir oksidi C3O2 (O = C = C = C = O) malon kislotasining degitlanishi natijasida hosil bo’ladi:


Molekulyar uglerod (C2) qizdirilganda C3O2 bilan reaksiyaga kirishib, C5O2 ni hosil qiladi:

Uglerod birikmalarining kimyoviy xossalari
Karbidlarning xossalari
Elektromanfiyligi kichik bo’lgan elementlar bilan ionli karbidlar hosil qiladi, masalan; Be2C, CaC2, Al2C6. Bu karbidlar asetilenidlarga kiradi. Oraliq metallar (d-elementlar) bilan (masalan, Ti, V, W, Mo) singdirilgan karbidlar hosil qiladi. Ular juda mustahkam bo’ladi.
Elektromanfiyligi yaqin bo’lgan elementlar bilan kovalent karbidlar hosil qiladi. Ular juda mustahkam bo’ladi. Bunday karbidlar molekulyar kristall panjaralar hosil qiladi.
Al4C3 + 12H2O → 4Al (OH)3 + 3CH4 (metanning olinishi).
CaC2 + 2H2O → Ca(OH)2 + C2H2 (atsetilenning olinishi).
Ag2C2 →2Ag + 2C (reaksiya portlash bilan boradi. Xuddi shunday Cu2C2 ham portlash bilan parchalanadi).
Karbonatlarning xossalari
Me2CO3 karbonatlaridan faqat ishqoriy metallarining karbonatlari va ammoniy karbonat suvda eriydi.
MeCO3 = MeO + CO2 (ishqoriy metallardan tashqari). Ishqoriy metallarning karbonatlari parchalanmaydi.
MeCO3 + 2HNO3 → Me(NO3)2 + CO2↑+ H2O (karbonatlarning kuchli kislotalar bilan reaksiyasi).
2MeHCO3 Me2CO3 + H2O + CO2 (ishqoriy metallarning va alyuminiyning gidrokarbonatlari).
Ishqoriy – yer metallarining gidrokarbonatlari faqatgina suvli eritmalarda mavjud bo’ladi: Ca(HCO3)2 → CaO + CO2 + H2O

Na2CO3 + 2Ckoks = 2Na + 3CO (900-10000C)


3CO + 3H2O + 2Me+3 → 2Me(OH)3↓ + 3CO2↑ (Me = Al, Cr, 800C)

Metanning xossalari
CH4 C + 2H2; 2CH4 C2H2 + 3H2
CH4 + 4S CS2 + 2H2S; CH4 + NH3 HCN + 3H2
Uglerod sulfidning xossalari
CS2 + 3O2(mo’l) →2SO2 + CO2 (havorang alanga hosil qilib yonadi).
CS2 + O2 (kam) → 2S + CO2; CS2 + 3Cl2 CCl4 + S2Cl2
Sianidlarning xossalari
2KCN + H2O + CO2 → K2CO3 + 2HCN ( sianid kislotaning laboratoriyada olinishi]
Uglerodning azot bilan hosil qilgan birikmasi sian •C ≡ N: da juda puxta uchbog’ bo’ladi. Galogen atomlariga o’xshab sian ham oddiy molekula (CN) holida mavjud bo’la olmaydi. U hosil bo’lish lahzasida o’zaro birikib disian (CN)2 molekulasini hosil qiladi. Xlor kabi ditsian ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi:
Cl2 + 2NaOH = NaCl + NaClO
(CN)2 + 2NaOH = NaCN + NaOCN
Hg(CN)2→ Hg + C2N2 (disianning olinishi).
Ditsian C2N2 vodorod bilan birikib, juda kuchsiz kislota – HCN (sianid kislota)ni hosil qiladi. HCN-eng kuchli anorganik zaharlardan biridir. Sianid kislota tuzlariga oltingugurt ta’sir ettirilganda rodanidlar hosil bo’ladi:
KCN + S KNCS rodanid (tiosianatlarning ) ning olinishi).
KCNS + KHSO4 = HCNS + K2SO4.
Rodanid kislota uchun 2 xil tuzilish xos:
H – S – C ≡ N tiotsianat kislota; H – N = C = S izotiotsianat kislota. HCNS odatdagi sharoitda gaz modda bo’lib, -900C da suyuq, -1100C da qattiq holatga o’tadi. HCNS suvda erib, kuchli kislota (rodanid kislotani) hosil qiladi. KNCS ga I2 ta’sir ettirilganda dirodan hosil bo’ladi:
KNCS + I2 → 2KI + (CNS)2;
Rodan oson parchalanuvchan rangsiz suyuqlik bo’lib uning tuzilish formulasi
S = C = N – N = C = S
yoki N ≡ C – S – S – C ≡ N
NH4 – O – C ≡ N H2N- (C=O) - NH2 Vyoler reaksiyasi.
KCN + O2 → 2KCNO (kaliy sianatning olinishi)
2KCNO + 4H2O = 2KHCO3 + 2NH3
Sianat kislota uchun uch xil tuzilish xos:

Shaldiroq kislota juda beqaror bo’lib faqat eritmalardagina mavjud bo’la oladi. Uning tuzlari fulminatlar deyiladi. Fulminatlar portlovchan moddalardir:

Uglerod va uning birikmalarining ishlatilishi
Olmos —qimmatbaho tosh.
Grafit qalam, elektrod ishlab chiqarishda, bo’yoqlarning qora pigmenti sifatida, yadro reaktorlarida neytronlarni sekinlashtiruvchi sifatida ishlatiladi.
Ko’mir - adsorbent, qattiq yoqilg’i, suyuq yoqilg’i olishda xom-ashyo sifatida, kalsiy karbid olishda ishlatiladi.
Kremniy, qalay va qo’rg’oshin.
Kremniyning olinishi
SiO2 + 2C Si + 2CO↑;
5SiO2 + 2CaC2 5Si + 2CaCO3 + 2CO2
3SiO2 + 4Al → 3Si + 2Al2O3 (alyumotermiya).
Kremniyning fizikaviy xossalari
Kremniyning 2 xil allotropik shakl ko’rinishlari ma’lum (kristall va amorf) bo’lib, amorf shaklining kimyoviy aktivligi kristall kremniyga nisbatan yuqoriroq bo’ladi. Amorf kremniy qo’ng’ir rangli kukun; kristall kremniy-to’q kul rang, mo’rt kristall bo’lib zichligi 2,33 g/sm3, tsuyuq= 14200C, tqayn = 23550C. Kristall kremniy olmosga o’xshash tuzilishga ega. Ya’ni 1 ta Si atomi qo’shni 4 ta Si atomi bilan qurshab olingan. Si atomlari sp3 gibridlangan holda bo’ladi. Kristall kremniy yarim o’tkazgich bo’lib, uning elektr o’tkazuvchanligi nur ta’sir ettirilganda va qizdirilganda ortadi.
Kremniyning kimyoviy xossalari
Kremniyning oddiy moddalar bilan reaksiyasi
Uglerod va kremniy tipik qaytaruvchi moddalardir:
Si + O2 = SiO2 (O2 mo’l olinganda)
2Si + O2 = SiO (O2 kam olinganda)
Si + SiO2 = 2SiO
Kremniy odatdagi sharoitda ftor bilan, qizdirilganda xlor bilan reaksiyaga kirishadi:
Si + C = SiC (karborund; 1200-13000C)
Si + 2F2 = SiF4; Si + 2Cl2 = SiCl4 ;
Kuchli qizdirilganda oltingugurt va azot bilan ham reaksiyaga kirishadi:
4Si + S8 = 4SiS2; 2Si + N2 = Si2N2
Kremnezem (SiO2) ning barcha modifikatsiyalarining birontasi ham monomer holida uchramaydi. U har doim atom tuzilishli polimer bo’lib [SiO4] tetraedrlaridan iborat.Kremnezemning turli modifikatsiyalarida Si – O bog’larning puxtaligi turlicha bo’ladi.
Kremniyning murakkab moddalar bilan reaksiyasi
Si + 4NaOH (kons, issiq eritma) → Na4SiO4 + 2H2↑
Si + 2NaOH(suyul)+H2O(issiq eritma) = Na2SiO3(eruvchan shisha)+ 2H2↑
Si + 2CH3Cl → (CH3)2SiCl2 dimetildixlorsilan.
Kremniy HF + HNO3- aralashmasidan tashqari boshqa kislotalar bilan reaksiyaga kirishmaydi:
3Si + 4HNO3 + 12HF = 3SiF4↑ + 4NO↑ + 8H2O
2MgO + 3Si → Mg2Si + 2SiO
SiO2 + 2C + 2Cl2 = SiCl4 + 2CO (900-10000C)
SiO2 + 3C = SiC + 2CO (1600-19000C)
SiO2 Si, Mg2Si, MgO, Mg3N2 (700-9000C);
SiC da C va Si atomlari sp3 gibridlangan bo’ladi.

SiO2 + 6HFkons → 2H2O + H2SiF6 (30-350C)
Silitsidlar va silanlar
2CaH2 + Si Ca2Si + 2H2↑
Silitsidlar suv va kislotalar bilan reaksiyaga kirishganda silan (SiH4) hosil bo’ladi:
Ca2Si + 4HCl = 2CaCl2 + SiH4
Silan –rangsiz, mog’or hidini eslatuvchi gaz bo’lib, havoda o’z-o’zidan alangalanadi:
SiH4 + 2O2 = SiO2 + 2H2O
Silan ishqorlar ta’sirida osongina parchalanadi:
SiH4 + 2KOH + H2O = K2SiO3 + 4H2
Silan suv ta’sirida gidrolizlanadi (CH4 gidrolizlanmaydi):
SiH4 + 2H2O = SiO2 + 2H2↑
Silan havosiz joyda 4000C dan yuqori haroratda qizdirilganda kremniy va vodorodga parchalanadi:
SiH4 → Si + 2H2↑
Monosilandan tashqari Si2H6 disilan, Si3H8 trisilan, tetrasilan Si4H10 lar ham ma’lum. Erkin holda tarkibi Si6H14 gacha bo’lgan birikmalar olingan.
Si + C SiC (karborund); Si + 2Mg Mg2Si ( va boshqa metallar).
Kremniy birikmalarining kimyoviy xossalari
Suv bilan reaksiyasi
mH4SiO4 + nH2O → mSiO2 ∙ (n + 2)H2O; SiCl4 + 2H2O → SiO2 + 4HCl↑ (gidroliz)
SiS2 + 2H2O →SiO2 + 2H2S↑
Kislotalar, asoslar va tuzlar bilan reaksiyalari
Na2SiO3+2HCl+H2O→ H4SiO4+2NaCl; Na2SiO3+CO2 + H2O → H2SiO3 + Na2CO3
Mg2Si + 4HCl → 2MgCl2 + SiH4 (silanlarning umumiy formulasi)
SiO2 + 4HF → SiF4↑+ 2H2O (shishaning erishi).
Reaksiya faqat HF eritmasida boradi.
SiO2 + 2NaOH(eritma) → Na2SiO3 + H2O (shishaning ishqorlanishi).
Shisha idishlarda ishqorlar saqlanmaydi. Chunki shisha ishqor ta’sirida eriydi.
SiO2 +Na2CO3 Na2SiO3 + CO2 (eruvchan shishaning olinishi).
3SiO2 + Ca3(PO4)2 3CaSiO3 + P2O5
Kremniy (IV) oksid
SiO2 – qattiq, issiqlikka chidamli (tsuyuq = 17000C) modda bo’lib, tabiatda kvars, shuningdek tridimit va kristobalit holida uchraydi. Odatdagi sharoitda SiO2 ning barqaror modifikatsiyasi kvars bo’lib, temperatura oshirilishi bilan boshqa modifikatsiyalarga o’tadi:

SiCl4 –rangsiz suyuqlik, molekulasi tetraedrik tuzilishga ega. Termik barqaror. Nam havoda tutaydi. Suvda to’liq gidrolizlanadi.
Muhim reaksiyalari:
SiCl4 + (2 + n)H2O = SiO2 ∙ nH2 (gidrogel) + 4HCl
SiCl4 + 4NaOHsuyul + (n -2)H2O = SiO2 ∙ nH2O↓ + 4NaCl
SiCl4 + 8NaOH kons = Na4SiO4 + 4NaCl + 4H2O
SiCl4 + 2H2 = Si (juda toza) + 4HCl (8000C)
SiCl4 + 4Na = Si(amorf) + 4NaCl (600-7000C)
SiCl4 + 2Zn = Si + 2ZnCl2 (9500C)
3SiCl4 suyuq + 2Al2O3 = 3SiO2 + 4AlCl3 (400C)
Kremniy hayot unsuri. Usiz odam hayot kechira olmaydi. Tog’aylarda, paylarda, aortada, suyaklarda, tishning emal qismida, me’da osti bezlarida bo’ladi. Suyak va biriktiruvchi to’qimalarni mustahkamlaydi, bakterisid, shamollashga qarshi xususiyatga ega, siydikda himoya qoldiqlarini hosil qiladi, bular o’z navbatida siydik toshi hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaydi, tug’ruqdan keyin qon ketishini kamaytiradi, yiringli yaralarni tez bitiradi, aterosklerozning oldini oladi. Asosan rediskada, rangli karamda, turpda, qorag’atda, momoqaymoqda, yong’oqda ko’p.
Qalay

α-Sn (qo’ng’ir), β-Sn (oq) va γ-Sn (rombik) lar enantiotroplar deyiladi.
Enantiotropiya-ikki yoki undan ortiq allotropik shakl o’zgarishlarga ega bo’lgan oddiy moddalarning har bir allotropik shakl ko’rinishining ma’lum sharoitda barqaror bo’lishi. Qalayning allotropik shakl ko’rinishlarining hammasi ham ma’lum temperatura oralig’ida barqaror bo’ladi.
Qalayning olinishi
SnO2 + 2C Sn + 2CO; [SnCl3]- + Zn Zn2+ + Sn + 3Cl-
Qalay va uning birikmalarining kimyoviy xossalari
Sn + 2OH- +2H2O → [Sn(OH)4]-2+H2 ↑; Sn +2OH-+4H2O → [Sn(OH)6]-2+2H2 ↑
Sn + 4HNO3(kons) → SnO2+4NO2 ↑ +2H2O

α-qalay kislota eritmalarda asta-sekin β-qalay kislotaga aylanadi.
SnCl4 – havoda tutaydi:

Qo’rg’oshin
Qo’rg’oshinning olinishi
Hamma reaksiyalar qizdirilganda boradi:
2PbS + 3O2 2PbO + 2SO2; PbO + CO Pb + CO2
PbS + 2PbO 3Pb + SO2; PbO + H2 Pb + H2O
Pb va qalay kislorod bilan turlicha reaksiyaga kirishadi: qalay kislorod bilan SnO2 yoki SnO; qo’rg’oshin esa PbO hosil qiladi. PbO va SnO lar odatda Pb(OH)2 va Sn(OH)2 larni termik parchalab olinadi. PbO2 Pb+2 birikmalarini oksidlab olinadi:
2Pb(CH3COO)2 + Ca(ClO)2 + 2H2O = 2PbO2 + 4CH3COOH + CaCl2
Qo’rg’oshin (II) oksid nisbatan barqaror bo’lib, SnO is gaziga o’xshab beqaror birikmadir. Har ikkala oksid ham disproporsionirlanadi:
2SnO = SnO2 + Sn; 2PbO = PbO2 + Pb
PbO2 kuchli oksidlovchi bo’lib, H2S bilan reaksiyasi reaksiya sharoitiga qarab quyidagi ikki jarayon boradi:
4H2S + 3PbO2 = 3PbS + SO2 + 4H2O
H2S + 4PbO2 = PbSO4 + 3PbO + H2O
PbO va PbO2 dan tashqari qo’rg’oshinning yana bir oksidi Pb3O4 (surik) ham ma’lum. Pb3O4-qizil-to’q sariq rangli bo’lib, PbO va PbO2 ni 5000C da ochiq havoda qizdirib olinadi:
3PbO + 1/2O2 = Pb3O4; 3PbO2 → Pb3O4 + O2
Pb3O4 qo’sh oksidlar sinfiga kiradi. Uning formulasini (Pb+22Pb+4)O4 ko’rinishda yozish mumkin. Bu formulaga muvofiq bitta Pb atomi (II), ikkinchisi (IV) valentli bo’ladi. Pb3O4 oktaedrik tuzilishga ega bo’lib, kristall panjarada Pb (IV) atomlarini kislorod atomlari o’rab olgan, Pb (II) esa oktaedrlarni o’zaro bog’lab turadi. PbO havo kislorodi ishtirokida suv bilan reaksiyaga kirishib Pb(OH)4 ni hosil qiladi:
2PbO + O2 + 4H2O → 2Pb(OH)4 Pb(NO3)2 + Zn Zn(NO3)2 + Pb. Metallarning kuchlanishlar qatorida qo’rg’oshindan oldin joylashgan metallar reaksiyaga shunday kirishadi.
E’tibor bering !
CCl4 + H2O → reaksiya bormaydi; SiCl4 + 2H2O → SiO2 + 4HCl
GeCl4 + 2H2O → GeO2 + 4HCl; GeCl4 + 2HCl → H2[GeCl6]eritma
SnCl4 + (2+n) SnO2 ∙ nH2O + 4HCl ; SnCl4 + 2HCl → H2[SnCl6]
PbCl4 + 2H2O → PbO2 + 4HCl; PbCl4 + 2HCl →H2[PbCl6]
PbCl2 + 2HCl + Cl2 → H2[PbCl6]; 2Pb + O2 + 2H2O = 2Pb(OH)2
Pb + 2H2SO4 = Pb(HSO4)2 + H2; Pb + 4KOH + 2H2O = K4[Pb(OH)6] + H2
2Pb(NO3)2 + O2 + 2H2O = 2PbO2 + 4HNO3; 3PbO2 Pb3O4 + O2
Pb3O4 + 4HNO3 = PbO2 + 2Pb(NO3)2 + 2H2O;
Pb HNO3 va CH3COOH larda yaxshi eriydi. Ammo sulfat va xlorid kislotada erimaydi.
Qo’rg’oshin birikmalarining ishlatilishi
Pb(C2H5)4 — tetraetil qo’rg’oshin; benzinning oktan sonini oshiradi, zaharli.
PbO — qirmizi - qizil rangli pigment Pb3O4 olishda ishlatiladi.
Pb(N3)2 — qo’rg’oshin azid .
Qo’rg’oshinning hamma eruvchan birikmalari zaharli.
Download 187,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish