64
san’atkorlardan tortib, dindoru ateistlarga qadar hamma bu dasturga qo’shilishni istardi.
Hatto
Karimovning o’zi ham keksa otaxonlar o’tirgan so’rining yoniga kelib, “Qani bir qo’llaringni
ochib, duo qilinglar, ishlarimiz o’ngidan kelsin” degandi. U o’shanda otaxonlar haqida gapirib,
ularni “Bahosini belgilab bo’lmaydigan xazina” degan edi. Ammo bu xazina o’zigagina oid
bo’lishini istadi. Hamma joyda otaxonlar uni maqtashlarini qo’lladi. Ozgina savol berib, siyosatga
aralashganlarini tahqirladi, jazoladi.
1990 yillarning boshida Karimovning tug’ilgan kunida uning beliga oltin kamar taqishdi.
Bu ishni
oqsoqollar nomidan vakil qilingan hofiz Orif Alimahsumov bajardi. U Karimovni “Boshimizga
qo’ngan humo qushi” deb atadi. Shundan keyin bu otaxon Karimov bilan tez-tez birga
ko’rinadigan va tez-tez mukofotlar olib turadigan bo’ldi. Ammo birdan ko’rinmay qoldi. AQShga
kelib, mardikorlik qilishga majbur bo’lgan favqulodda mahoratli dutorchi va taniqli olim
Abdurahim Hamidovdan u haqda so’ragandim, quyidagi voqeani aytib berdi.
-Bir kun oqsoqol “Katta”ning huzuriga borib, xalqning bir – ikki arzi-dodi bitilgan xat bor edi,
shuni o’zingiz bir ko’rsangiz, odamlar ahvolimiz og’irlashib
ketmoqda, deyishmoqda, debdi.
“Katta” xatni qo’liga ham olmay, o’rnidan turib, Orif otani kabinetining derazasi tomonga
chorlabdi. Ular pastga Anhor ustidan o’tadigan yo’lga qarashibdi.
-Chol, qani sanang-chi, ana u o’tayotgan mashinalardan nechtasi “Mersedes”?
“Katta”ning “Chol” deyishidan Orif ota qo’rqib qolibdi va׃
-Manimcha hammasi “Mersedes”,-debdi.
-Unday bo’lsa, ana u arizani biror joyingizga tiqib qo’ying,-debdi “Katta”.
Shundan keyin Orif ota ancha yotib qoldilar. Oxirgi marta gaplashganimda o’sha xatni olib
borganlariga pushaymon edilar…
Kechagina buxorolik 72 yoshli Salim Sharipov haqida o’qidim. Adolatsiz sud unga bir yil jazo
bergan. U norozi va adolatni tiklay olmay sarson-sargardon ekan.
Shuning uchun ham men qaynotam bilan siyosat haqida gaplashmayman. Har holda siz ham
otangiz yoki qaynotangiz bilan Karimov haqida gaplashmasangiz kerak. Devorning qulog’i bor.
Yoki ular biror davrada gapirib yuborsalar bormi?
Ko’rdingiz-mi, naqadar ehtiyot bo’ldik. Demak, Karimov maqsadiga erishdi. Uning kashfiyoti
unga ish berdi.
Bunga yana dalil kerak-
mi? Marhamat׃
2006 yilning 19 avgustida jurnalist Davlat Qudrat Bi-Bi-Sida Samarqanddan hikoya qildi. Uning
mana bu gaplari ham Karimovning kashfiyoti qanchalik ish bergani borasida
׃
“…Ertasi kuni Tohir bobo meni qishloqdagi qarindoshining to’yiga taklif etdi. Biz aytilgan vaqt –
ertalabki soat 7 da to’yxonaga kirib bordik. To’yga kelganlarning aksariyati keksa kishilar edi…
Davradagi suhbat esa avval narxu-navodan boshlanib, mardikorlar-u Rossiyaga ish izlab ketgan
65
qo’ni-qo’shnilarga ulanib borardi. Kimdir yaqinining Rossiyadan mayib bo’lib qaytganini,
boshqasi esa kimningdir jasadi keltirilgani yoki bedarak yo’qolgani haqida gapirardi.
Suhbat
qanchalik qizimasin, davradagilar siyosat haqida lom-mim demas, oldin kuzatganim – O’zbekiston
prezidentining xizmatlari to’g’risida ham og’iz ochishmadi. Men O’zbekistondagi siyosiy vaziyat
haqida ular fikrini bilish uchun endigina savolga og’iz juftlagandim, Tohir boboning imosi meni
to’xtatdi”.
Do'stlaringiz bilan baham: