68
huquqi himoyasi komitetining faoli) qamalishgandi. Ularning sud jarayonlarini nazarda tutib,
(2006 11 Sentyabrda “Birlik” sayti Dadaxon Hasanov haqida xabar qilar ekan-JM), quyidagilarni
ham yozgandi׃
“Toshkentdagi ish bo’yicha faqat bir ayblanuvchi bor edi – bu Dadaxon Hasan. U kishi
yumshoqroq jazo olish uchun bir narsani qurbon qildilar, ya’ni oshkoralikni. Biz o’zbeklar uchun
oshkoralik “havodek” lozim bo’lmagani uchun, bu voqea jamiyat tomonidan normal qabul qilinsa
kerak, deydi muxbirimiz. Qolaversa, Dadaxon aka birinchi misol emas. O’tgan yili sud qilingan 5
nafar “Birlik” faoli ham shu yo’lni tanlashgan edi.(2006 yil, 11 Sentyabr.
http://www.harakat
net).
Bu yerda Dadaxon Hasan yoki boshqa sudga tortilganlarga dakki berish emas, balki bu
kashfiyotning muallifini ayblash mantiqli bo’ladi. Chunki rejim mana shunday natijaga erishmoq
uchun hamma narsani ishga soladi va yuqorining kashfiyotini amalga oshirish yo’lida har qanday
insonni sindiradi.
“Nigora Hidoyatovaning singlisi ma’lum qilishicha, sudlanuvchi o’zini noodatiy tarzda tutgan.
Qo’lida Bibliya bo’lgan va advokatdan voz kechishini aytib, sudning yopiq o’tishini talab qilgan.
(Bi-bi-si, 25 Yanvar, 2006).
“Jizzaxlik jurnalist hibsga olinganidan o’n kundan keyingina katta qiyinchiliklar bilan Haydarov
bilan uchrashishga erishgan rafiqasi uning salomatligi birdan yomonlashganini sezgan: Ulug’bek
o’zini yaxshi tuta olmagan, uning diqqat jamlashi qiyin bo’lib qolgan, o’zini parishonxotir
kishilarday tutgan, to’xtalib-tutilib gapirgan va psixotrop dorilar berilgan kishiday ko’rinishda
bo’lgan. Xotinining “Sizga qanday munosabatda bo’layaptilar?” degan savoliga javoban
Ulug’bekning ko’zlari ola-kula bo’lib ketgan va bunaqa narsalar haqida mutlaqo so’ramaslikni
o’tingan. Huquq himoyachisi Sur’at Ikromovga ko’ra, Haydarovni o’z aybiga iqror qilayotgan
paytda “kuch ishlatar tuzilma xodimlari tergov hibsxonasida unga bosim o’tkazgan va
advokatlardan voz kechishga majbur etgan bo’lishlari mumkin”. Ulug’bek mahkama jarayoni
boshlanishida ana shunday qilgan.”(www.ferghana.ru).
Aslida bunday sudlar haqida internetda batafsil ma’lumotlar bor va ular olimlar tomonidan
jamlanib tahlil qilinish vaqtini kutmoqda.
Xullas, hech shubha yo’q-ki zolim Karimovning bu “kashfiyoti” sudlov tarixiga kechadi va
Vishinskiy, Beriyalar uslubi kabi umrbod qoralanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: