Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi


L.Jonson. "Buyuk jamiyat" tashkil etish dasturi



Download 0,91 Mb.
bet13/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

L.Jonson. "Buyuk jamiyat" tashkil etish dasturi
Jonson Lindon (1908-1973) - demokratik partiyadan saylangan AQSHning 36-prezidenti. Aynan uning davrida Shim. Vyetnamga qarshi agressiya boshlangan edi.
J.Kennedi va L.Jonson ma’­muriyati "moslashuvchan javob qaytarish" siyosatini davom ettirdi. Bu siyosat har qanday bo’lishi mumkin bo’lgan chaqiriqqa javob qay­tarishga qobillikni anglatar edi. Endilikda nafaqat katta, shuningdek, kichik urushlarni ham nazarda tutish lozim edi. J.Kennedi davrida mamlakatda misli ko’rilmagan darajada qurollanish poygasi avj oldi. AQSHning raketa­yadro aslahasi 60-yillarda ilgarigi davrga qaraganda bir necha marta jadal suratda ko’paydi. 1965-yil fevralda prezident L. Jonson Shim. Vyetnam shaharlarini bombardimon qilish haqida buyruq berdi. O’sha yilning mart oyida esa Vyetnamga 50 ming Amerika askarlari yuborildi. Uch yildan so’ng esa harbiy harakatlar safida 550 ming AQSH armiyasi askarlari ishtirok etdi. 1968-yil kuziga kelib AQSH Vyetnamda 30 ming kishi­ni yo’qotdi, 180 ming nafari yaralandi. Ijtimoiy islohot­larga pul ajratish keskin qisqarib ketdi. Fuqarolar erkinligiga hujum kuchaydi. Vyetnamda Songmi qishlog’i va uning 400 nafar aholisining qirib tashlanishi ushbu harakatlar yana­da avj olishiga sabab bo’ldi. Biroq bunga javob sifatida ilg’or arboblarga qarshi terror kuchaytirildi. 1968-yil aprelda negrlarning fuqarolik huquqi uchun kurashuvchi doktor Martin Lyuter King o’ldirildi. O’sha yilning iyun oyida esa Los-Anjelosda prezident Kennedining akasi Robert Kennedi o’ldirib ketildi. U prezidentlikka o’z nornzo­dini qo’ygan edi.
Respublikachilar boshqaruvi Xalqaro munosabatlar. "Moslashuvchan javob qaytarish" siyosati
1968-yil Saylovlarida uncha­lik katta bo’lmagan farq bilan respublikachilar partiyasi g’a­laba qozondi. Prezidentlikka R.Nikson saylandi. Biroq demokratik partiya. kongressning har ikki palatasida ko’pchilik ovozni saqlab qoldi.RespublikachjIar partiyasi Qo’shma Shtatlar chuqur iqtisodiy va siyosiy tanglikka tushgan paytda hukumat tepasiga keldi. 1969-yil 2- yarmida sanoat ishlab chiqarishi ,keskin;kamayib, ishsizlar soni ko’payib ketdi. 1971-yil yanvarga kelib, mamlakatdagi ishsizlar soni 5 mln. kishini, ya’ni butun ishchi kuchining 6 foizini tashkil etdi. Chuqur energetika inqirozi boshlandi. Yaqin Sharqda sharoit keskinlastlgani bois neft qazib chiqaruvchi mam­lakatlar AQSHga neft yetkazib berishni qisqartirdi. Bu, narx – navoning yangidan oshishi va inflyatsiyaning kuchayishiga olib keldi. Iqtisodiy inqiroz respublikachilarni ko’p jihatdan o’z qarashlarini qayta ko’rib chiqishga majbur etdi. Hukumat tepasiga kelgunicha R.Nikson davlatning boshqaruv vazi­fasi kuchsizlanishi va erkin tadbirkorlikning kuchayishi zaruriyati haqida so’zlagan edi. Inqirozga duch kelgan respublikachilar partiyasi safida bo’linish yuz berdi: "erkin tadbirkorlik" tarafdorlari bilan bir qatorda yangi qanot - iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishda davlat roli­ning oshishi dasturini ilgari surgan neokonservatorlar paydo bo’ldi. Bu qanotga prezident R.Niksonning o’zi boshchilik qildi. 1971- yil 15-avgustda u "yangi iqtisodiy siyosat"ga o’tishni e’lon qildi. Bu, iqtisodiyotga davlat aralashuvining o’sishi va erkin tadbirkorlikka qarshi cheklovchi choralarni kiritishga yo’l qo’yadigan neokon­servatizmning g’alabasini anglatar edi. Narx va maoshlar muzlatib qo’yildi, davlat xarajatlari qisqartirildi, dollarni oltinga almashtirish vaqtincha to’xtatildi va AQSHga keltirilayotgan tovarlarga 10 foizli boj haqi kiritildi. Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga bo’lgan ilgarigi cheklanishlar bartaraf etildi. Bu choralar ahvolni yaxshilamadi. Inflyatsiya oshib bordi, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashdi. Yangi iqtisodiy siyosat boshi berk ko’chaga kirib qoldi. R.Nikson hukumati energetika muammolarini ham hal eta olmadi. Neokonservatorlar ijtimoiy sohada ko’pgina muvaf­faqiyatlarga erishdilar. Inqirozli vaziyat va meh­natkashlarning o’z huquqlari uchun kurashi ijtimoiy sohada ustomonlik bilan siyosat yuritishni talab etar­di. R. Nikson ma’muriyati besh yillik faoliyatida qari­lik nafaqasi, shuningdd’, mehnat ‘qobiliyafi yoki boquvchisini yo’qotishi munosabati bilan to’lanadi­gan nafaqalar miqdorini bir necha bor oshirdi. Bu toifa bo’yicha barcha to’lov turlari ushbu muddatda 45 foizga, ularni oluvchilar soni 30 mln. kishidan oshdi.Davlat yordanli tizimiayniqsa keng rivojlandi. Kambag’allik darajasidan quyi daromadli oilalar davlatdan maxsus nafaqa olish huquqi­ga ega bo’ldiki, bu ularni ng xarid qobiliyatini oshirdi va ichki bozorni rag’batlantirdi. R. Nikson kambag’al odamlar muayyan oziq-ovqat turlarini bepa olishi mumkin bo’lgan oziq-ovqat talonlari tizimining doirasi­ni kengaytirdi. 1969-yilda 3 mln., 1974-yilda 13 mln. kishi bu tizimni qamrab olgan edi. 1974-yilda eng kam ish haqi soatiga 1,6 dollardan 2,2 dollarga ko’paydi. Shunday qilib, neokonservatizm ijtimoiy sug’urtani kengaytirish va davlat yordamini o’z ichiga oldi. Bu paytda mamlakatning 2- jahon urushidan keyngitashqi siyosati asosiga qurilgan bir qator muhim konsepsiyalari qayta ko’rib chiqildi. 1973-yil 27-yanvarda Parijda Vyetnamdagi urushni to’xtatish haqida bitimga imzo chekildi. Amerika qo’shinlari mamlakatdan olib chiqildi. Bu urushda 58 ming amerikalik halok bo’ldi. Lotin Amerikasida AQSH har bir mamlakatnirga Kuba bilan munosabatlarini mus­taqil yuritishi huquqini tan olishga majbur bo’ldi. Bu, AQSHning diplomatik blokada siyosatidagi ochiq-oydin adashish edi. Sovet-Amerika munosabatlarida bu paytda muhim burilish yuz berdi. Moskvada ikkala tomon tinch-totuv yashash haqida kelishib olishdi. Boshqa bir qator bitimlar imzolandiki, ular o’zaro munosabatlarni nafaqat yaxshiladi, balki butun xalqaro ahvolni o’zgartirib yubor­di. 1972-yil prezidentlik Saylovlarida R. Nikson yana g’alaba qozondi. Saylovchilarning 60 foizi unga ovoz berishdi. Biroq kongress ikkala palatasidagi ko’pchilikni demokratlar tashkil etdi. Saylovlar tugashi bilan AQSHda siyosiy janjallar boshlandi. Dastlabki janjal vitse-prezident S.Agnyuning poraxo’rlikda ayblanishi bilan bog’liq bo’ldi. U shundan so’ng bu lavozimni tark etdi. 1973-yil Uotergeyt ishi bilan bog’liq siyosiy inqiroz boshlandi. 1972-yil 17-iyunda "Uotergeyt" mehmonxonasidagi demokratik partiya qarorgohida eshituvchi apparatlar o’rnatayotgan shaxslar guruhi ushlandi. Prezident R. Nikson ham bu ishga aralashgani ma’lum bo’ldi. "Uotergeyt janjali" va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini buzuvchi noqonuniy xatti-harakatlar, kor­rupsiyaga doir dalillar prezidentning iste’foga chiqishi uchun keng harakatlarni yuzaga keltirdi. 1974-yil 9 ­avgustda R.Nikson impichment (davlat lavozimidan majburiy cheklantirish) xavfi ostida iste’foga chiqdi.
AQSH vitse-prezidenti. Jerald Ford yangi prezident bo’ldi. U ijtimoiy sohadagi byildjet xarajatlarini qisqar­tirishga chaqirdi. Bu neokonservatizm konsepsiyasi va Nikson kursidan jiddiy chekinish edi. Respublikachilar partiyasi o’z ta’sirini yo’qota bordi va demokratlarga o’z mavqeini ‘bera boshladi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish