Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi


Shim. Antlantika shartnomasi



Download 0,91 Mb.
bet2/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

Shim. Antlantika shartnomasi. "Berlin inqirozi" amerika diplomatiyasiga Yevropada o’z harbiy mavjudligini kuchaytirish uchun muhim sabab bo’ldi. 1949-yil 4­ aprelda Vashingtonda 12 davlat vakillari Shim. Atlantika shartnomasiga (NATO) imzo chekishdi. Bu davlatlar AQSH, Kanada, Belgiya, Angliya, Daniya, Fransiya, Islandiya, Niderlandiya, Italiya, Norvegiya, Portugaliya, Lyuksemburg edi. 1952-yilda shartnomaga Gretsiya va Turkiya, 1955-yilda G’arbiy Germaniya qo’shildi.
NATO - Shim. Atlantika. shartnomasi tashkitoti ­1949-yil 4-aprelda 10 Yevropa davtatlari, AQSh va Kanada tomonidan tuzilgan harbiy-siyosiy ittifoq, "Sovuq urush" davrida ular soni 16 ga yetdi. So’nggi yillarda Vengriya, Polsha, Chexiya ham unga qo’shildi.
AQSH tarixda 1- marta Yevropa davlatlari bilan tinch paytda harbiy ittifoqqa kirdi. NATO rejasiga muvofiq, G’arb davlatlari qurollanish poygasi va ortiqcha kuchlar bosimi ta’sirida charchatib, sovet tizimi parcha­lanishini tezlashtirishi lozim edi. Shim. Atlantika shartnomasi SSSRga qarshi yo’naltirilgan g’arbiy harbiy-siyosiy blokning yaratilishini tugalladi. NATO amalda Yevropa integratsiyasi yo’lidagi ilk qadam bo’ldi. Uning faoliyati chegarasiz Yevropani yaratishga yo’naltirildi. Milliy suverenitet eskirib qolgan tushuncha deb e’lon qilindi va u atlantizm bilan almashtirilishi, ya’ni g’arb qadriyatlari va demokratiyasi­ni muhofaza qilishning umumiy manfaatlariga bo’ysundirilishi lozim edi. SSSR ham Sharqiy Yevropada harbiy-siyosiy blokning tashkil etishiga harakat qildi.Biroq ularni jipslashtirish qiyin bo’ldi. Chunki ularning ijtimoiy va iqtisodiy tuzilmasi va siyosiy qarashlarida haddan tashqari farq mavjud edi. G’arbiy Yevropa bilan doimo yaqin aloqada bo’lgan va o’zini G’arb xristian sivilizatsiyasining bir qismi sifati­da ko’rgan xalqlar milliy psixologiyasi qudratli qo’shni bilan ittifoqni shakllantirish zaruriyatini qiyinchilik bilan qabul qildi. 1949-yilda Sharqiy Yevropa va SSSR mam­lakatlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar va integra­tsiya jarayonlarini rivojlantirish uchun davlatlar ustidan turuvchi organ - O’zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O’IYK) tashkil etildi. Dastlab unga Albaniya, Bolgariya, Chexoslovakiya, Vengriya, Ruminiya, Polsha va SSSR kirdi. GDR - 1950, Mo’g’uliston - 1962, Kuba - 1972, Vyetnam ­1978-yilda unga a’zo bo’lib kirdi. O’IYK - 1949-yilda Sotsialistik blokka kiruvchi mam­lakatlarning Iqtisodiy sa’y-harakatlarini blrlashtlrish va muvofiqlashtirish yo’li bilan hosil qillngan hukumatlararo Iqtisodiy tashkilot. 1991-yilda parchalanib ketdi. G’arbiy Germaniyaning NATOga qabul qilinishi Sharqiy Yevropaning barcha mamlakatlari, ayniqsa, gitlerchilar tajovuzidan zarar ko’rgan davlatlarda xavotir uyg’otdi. Shu bois SSSRga ularning rahbarlarini mazkur yurtlar xavfsizligini kafolatlay oladigan harbiy ittifoq tuzishga ishontirish qiyin bo’lmadi. 1955-yil 14 ­mayda Albaniya (1962-yilda shartnomada ishtirok etmay qo’ydi, 1968-yilda undan chiqdi), Bolgariya, Chexoslovakiya, GDR, Vengriya, Polsha, Ruminiya va SSSR vakillari Varshavada do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam haqidagi shartnomaga imzo qo’ydi. Varshava shartnomasi davlatlari ulardan birortasiga qurolli hujum bo’lgan holda o’zaro harbiy yordam ko’rsatishga kelishib olishdi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish