6-§. BMTNING URUSHDAN SO’NG JAHONDAGI ROLI BMT faoliyatining yo’nalishi BMT tashkil etilgan kundan boshlab dunyoda tinchlikni saqlash va xalqaro keskinlikni yumshatish borasida muhim vositachilik rolini o’ynab kelmoqda. Hozirda unga 186 mamlakat a’zo. BMT tashkilotlarida yadro xavfining oldini olishdan tortib ekologiya va madaniy aloqalar muammolarigacha bo’lgan yirik dunyoviy masalalar hal etiladi. "Birlashgan millatlar" atamasi ilk bor 1942-yil 1-yanvardagi Vashington deklaratsiyasida paydo bo’ldi. Unga ko’ra SSSR, AQSH, Angliya, Xitoy va boshqa 22 davlat fashizmga qarshi kurashda bir-biri bilan hamkorlik qilish hamda bir tomonlama sulh tuzish yoki umumiy dushman bilan kelishish majburiyatini olgan edi. Millatlar ligasi o’rnini bosish mumkin bo’lgan Xalqaro tashkilotni tashkil etish to’g’risidagi masala 1943-yil oktyabrda tashqi ishlar vazirlarining Moskvakonferensiyasida muhokama qilingan edi. Unda qabul qilingan deklaratsiyaga asosan 1944-yilgi Dumbarton - Oks (Vashington) konferensiyasida SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy vakillari mazkur tashkilot Nizomi to’g’risida muzokaralar olib bordilar. Konferensiyada qabul qilingan takliflar 1945-yil iyunda qabul qilingan va 1945-yil 24-oktyabrdankuchga kirgan BMT Ustavining asosini tashkil etdi. 24-oktyabr – butun jahonda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilgan kun sifatida nishonlanadi. U Millatlar ligasidan farqli ravishda amaliy kuchga ega bo’ldi va o’zi qabul qilgan qarorlarni bajarishga majbur qila olar edi. Kengashning doimiy a’zolari Angliya, Fransiya, AQSH, SSSR va Xitoyning kelishuvi asosida qabul qilingan Xavfsizlik Kengashi qarori ushbu masalaga tegishli barcha mamlakatlar uchun bajarilishi majburiy bo’lib qoldi. Tashkilot tinchlik o’rnatuvchi maqomga ega qurolli kuchni moviy kaskalar tashkil etdi. BMT faoliyatining muhim yo’nalishi davlatlar va millatlar o’rtasidagi nizo hamda ziddiyatlarni faqat tinch yo’l - muzokaralar orqali hal etishdan iborat. Nizolarni tinch hal etish tamoyili davlatlararo munosabatlarning eng obro’li xalqaro huquqiy asosi bo’lib qoldi. Falastindagi urushning to’xtatilishi (1947), Hindistonda Kashmir muammosining hal etilishi (1948), Indoneziya (1962) va Kiprda (1964) nizolarni ng bartaraf qilinishi, Yaqin Sharqda urush o’choqlarining to’xtatilishi (1956, 1967, 1973) BMT Nyu-York, BMT tomonidan tinchlik o’rnatish borasidagi eng katta yutuqlardir. 1960-yil 14-dekabrdaBMT Bosh Assambleyasi mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berish to’g’risida Deklaratsiya qabul qildi. Bu esa dunyoda mustamlakachilikni tugatish uchun xalqaro-huquqiy baza yaratdi. BMT yadro urushi xavfmi kamaytirishda katta rol o’ynadi. 1981-yili BMT Bosh Assambleyasi "Yadro katastrofasining oldini olish to’g’risida" va 1983-yili "Yadro urushini qoralash" haqida deklaratsiya qabul qildi. Unda qat’iy ravishda yadro urushidan xalos bo’lish g’oyasini targ’ib qilish muhokama qilindi. BMT pozitsiyasi AQSH va SSSR o’rtasida bitimlar qabul qilinishiga sabab bo’ldi va yadro xavfidan uzoqlashishga yordam berdi. 1990-1999-yillar BMT va xalqaro huquq o’n yilligi davri, deb e’lon qilindi. Ilgari hukmronlik qilgan kuch huquqi o’rniga jahonda gumanizm va adolatga asoslangan huquq kuchi tamoyili o’rnatildi.