Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi


-§. BMTNING URUSHDAN SO’NG JAHONDAGI ROLI



Download 0,91 Mb.
bet8/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

6-§. BMTNING URUSHDAN SO’NG JAHONDAGI ROLI
BMT faoliyatining yo’nalishi
BMT tashkil etilgan kundan boshlab dunyoda tinchlikni saqlash va xalqaro keskinlikni yumshatish borasida muhim vositachilik rolini o’ynab kelmoqda. Hozirda unga 186 mamlakat a’zo. BMT tashkilotlarida yadro xavfining oldini olishdan tortib ekologiya va madaniy aloqalar muammolarigacha bo’lgan yirik dunyoviy masalalar hal etiladi. "Birlashgan millatlar" atamasi ilk bor 1942-yil 1-yanvardagi Vashington deklaratsiyasida paydo bo’ldi. Unga ko’ra SSSR, AQSH, Angliya, Xitoy va boshqa 22 davlat fashizmga qarshi kurashda bir-biri bilan hamkorlik qilish hamda bir tomonlama sulh tuzish yoki umumiy dushman bilan kelishish majburiyatini olgan edi. Millatlar ligasi o’rnini bosish mumkin bo’lgan Xalqaro tashkilotni tash­kil etish to’g’risidagi masala 1943-yil oktyabrda tashqi ishlar vazirlarining Moskva konferensiyasida muhokama qilingan edi. Unda qabul qilingan deklaratsiyaga asosan 1944-yilgi Dumbarton - Oks (Vashington) konferen­siyasida SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy vakillari mazkur tashkilot Nizomi to’g’risida muzokaralar olib bordilar. Konferensiyada qabul qilingan takliflar 1945-yil iyunda qabul qilingan va 1945-yil 24-oktyabrdan kuchga kirgan BMT Ustavining asosini tashkil etdi. 24-oktyabr – butun jahonda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilgan kun sifatida nishonlanadi. U Millatlar ligasidan farqli ravishda amaliy kuchga ega bo’ldi va o’zi qabul qilgan qarorlarni bajarishga majbur qila olar edi. Kengashning doimiy a’zolari ­Angliya, Fransiya, AQSH, SSSR va Xitoyning kelishuvi asosida qabul qilingan Xavfsizlik Kengashi qarori ushbu masalaga tegishli barcha mamlakatlar uchun bajarilishi majburiy bo’lib qoldi. Tashkilot tinchlik o’rnatuvchi maqomga ega qurolli kuchni moviy kaskalar tashkil etdi. BMT faoliyatining muhim yo’nalishi davlatlar va millat­lar o’rtasidagi nizo hamda ziddiyatlarni faqat tinch yo’l - muzokaralar orqali hal etishdan iborat. Nizo­larni tinch hal etish tamoyi­li davlatlararo munosabat­larning eng obro’li xalqaro huquqiy asosi bo’lib qoldi. Falastindagi urushning to’x­tatilishi (1947), Hindistonda Kashmir muammosining hal etilishi (1948), Indoneziya (1962) va Kiprda (1964) nizolarni ng bartaraf qili­nishi, Yaqin Sharqda urush o’choqlarining to’xtatilishi (1956, 1967, 1973) BMT Nyu-York, BMT tomonidan tinchlik o’rnatish borasidagi eng katta yutuqlardir. 1960-yil 14-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi mus­tamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berish to’g’risida Deklaratsiya qabul qildi. Bu esa dunyoda mustamlakachilikni tugatish uchun xalqaro-huquqiy baza yaratdi. BMT yadro urushi xavfmi kamaytirishda katta rol o’ynadi. 1981-yili BMT Bosh Assambleyasi "Yadro katastrofasining oldini olish to’g’risida" va 1983-yili­ "Yadro urushini qoralash" haqida deklaratsiya qabul qildi. Unda qat’iy ravishda yadro urushidan xalos bo’lish g’oyasini targ’ib qilish muhokama qilindi. BMT pozi­tsiyasi AQSH va SSSR o’rtasida bitim­lar qabul qilinishiga sabab bo’ldi va yadro xavfidan uzoqlashishga yordam berdi. 1990-1999-yillar BMT va xalqaro huquq o’n yilligi davri, deb e’lon qilindi. Ilgari hukmronlik qilgan kuch huquqi o’rniga jahonda gumanizm va adolatga asoslan­gan huquq kuchi tamoyili o’rnatildi.



Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish