Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet7/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

1961-yil yanvarda AQSH Kuba bilan diplomatik munosabatlarini uzib, unga qarshi iqtisodiy baykot e’lon qildi. Biroq bular bari Kuba rahbariyatiga ta’sir ko’rsat­madi. Chunki SSSRning yordami tufayli AQSHning iqtisodiy sanksiyalari kutilgan natija bermadi. AQSH F.Kastro hukumatini ag’darib tashlashga kirishdi. MRB tomonidan ishlab chiqilgan rejaga ko’ra 1500 nafar kubalik muhojirlar orolning janu­biy qirg’og’iga olib kelindi. Maqsad ular yordamida qo’zg’olon ko’tarish va xalqni hukumatga qarshi jalb etish edi. Biroq teskarisi ro’y berdi, ya’ni butun Kuba inqilobni himoya qilib chiqdi. Hujum mag’lubiyatga uchradi. Uch kundan so’ng interventlarning bir qismi yo’q qilindi, yana bir qismi esa asirga olindi. Bu mojaro sababli Kuba rahbariyati SSSRga yordam so’rab murojaat qildi. SSSR harbiy yordam ko’rsatib bu yerga o’rta masofada harakatlanuvchi 42 ta raketa olib keldi. AQSH prezidenti U.Kennedi Kubadan raketalarni olib ketishni talab qilib, N.Xrushevga muro­jaat etdi. Bu talabning Sovet hukumati tomonidan rad etilishi tufayli AQSH 26-oktyabrda Kuba qirg’oqlarini blokada qilishni e’lon qildi. 1962-yil 28-oktyabrda SSSR Kubadan o’z raketalarini olib ketishga rozi bo’ldi. Biroq Amerika tomoni Kubaga hujum qilmaslik­ka va SSSR bilan Turkiya chegarasidagi harbiy bazasini tugatish majburiyatini oldi


5-§. XALQARO KESKINIlKNING YUMSHASHI
1962-yildan keyin "sovuq urush" holatidan chiqish tendensiyasi yuzaga keldi. 1963 ­yil iyulida Moskva va Vashington (bevosita Kreml va Oq uy) o’rtasida ushbu mamlakatlar rahbarlari har qanday paytda aloqa qilishi mumkin bo’lgan to’g’ridan-to’g’ri telefon liniyasi o’rnatildi. Bu bir-biriga bo’lgan ilk o’zaro ishonch edi. Shu yilning avgust oyida Moskvada g’arb davlatlari va SSSR o’rtasida yadro qurolini atmosferada sinashni taqiqlovchi shartnoma tuzildi. G’arb dunyosida boshqa muhim o’zgarishlar ham yuz berdi. Angliyada funt sterling devalvatsiyasi (pulning bekor qilinishi yoki qiymatini tushirish) va moliyaviy tanglik uning xalqaro munosabatlardagi pozitsiyasining keskin kuchsizlanishiga olib keldi. Angliya xorijdagi harbiy bazalaridan voz kechishga va harbiy harakatlarni qisqar­tirishga majbur bo’ldi. Bu bazalarni Fransiya va AQSH egalladi. Iqtisodiy muammolar AQSHni ham o’z pozitsiyasini qayta ko’rib chiqishga majbur qildi. Harbiy majburiyat­lar bo’yicha xarajatlar ichki bozorda oltin bahosining keskin oshishiga sabab bo’ldi. Oltin juda tez sotilib ketadigan bo’ldi va bu hol oltin zaxirasining kamayib ketishiga hamda dollarning oltin nisbatidagi standartidan voz kechishga olib keldi. Tanglikdan chiqib olindi, biroq Amerika hukumatiga "sovuq urush"dagi raqobati juda qimmatga tushishi ayon bo’ldi. Karib tangligi "sovuq urush" xavfini ko’rsatdi. SSSR va AQSH xalqaro tanglikni yumshatish yo’lini izlashga tushdi. 1968-yil R.Nikson AQSH prezidenti etib saylangach, har ikki davlat o’rtasida madaniy aloqalar, delegatsiyalar almashuvi kengayib, ilmiy aloqalar va iqtisodiy munosa­batlar faollasha bordi. 1969-1979-yillar oralig’ida ular o’rtasidagi munosabatlarning ijobiy tomonga o’zgarish jarayoni kuchaydi va u detant (fransuz. - yumshatish) deb ataldi. R.Niksonning 1972-yil Moskvaga, L.I.Brejnevning 1973-yil AQSHga tashrifi qishloq xo’jaligi, savdo sohasida va yadro qurollarini qisqartirish borasida hamkorlikning kuchayishiga olib keldi. Yevropa xavfsizlik choralari bo’yicha Xelsinki bitimi­ning imzolanishi detant jarayonining kulminatsiyasi bo’ldi. 1975-yil 1-avgustda Yevropadagi 35 davlat, AQSH va Kanada o’rtasida konferensiya akti imzolandi. U quyidagi uchta bitimni o’z ichiga olgan edi: ikki qara­ma-qarshi blok o’rtasidagi tasodifiy to’qnashuvlarni bar­taraf etish usullari, iqtisodiy va texnik hamkorlik bo’yicha takliflar, xalqlar o’rtasida aloqalarni ken­gaytirish yo’llari.
Biroq keskinlikni yumshatish bu ikki davlat o’rtasida­gi ta’sir doirasini kengaytirish uchun kurashni to’xtata olmadi. 1972-yili prezident R. Nikson rasmiy vizit bilan XXRga keldi va ikki davlat o’rtasida diplomatik munosa­batlar o’rnatildi. Bu o’z maqsadi yo’lida SSSR va Xitoy o’rtasida kelishmovchilik tug’dirish yo’lidagi uri­nish edi. Ayni holat amerikalik diplomatlar qo’liga zo’ravonlik siyosatini amalga oshirish uchun muhim vositani berib qo’ydi. Amerika kreditlari, savdo munosa­batlarining rivojlanishi Xitoy tashqi siyosatini o’zgartirish va uni jahon siyosatida AQSH bilan ittifoqchiga aylan­tirishi lozim edi. R. Nikson, J.Ford, J.Bush, R. Reygan kabi AQSH prezidentlari, shuningdek bir guruh senator­lar va biznesmenlarning ko’p martalik Xitoyga tashrifi ham kutilgan natijani bermadi. Xitoy hech ham SSSR bilan ziddiyatga borishni istamadi. Bundan tashqari Xitoy-Amerika munosabatlaridagi eng to’sqinlik qiladi­gan narsa Tayvan masalasi edi. Xitoy Tayvanni o’z mamlakati hududining ajralmas qismi deb hisoblar va ushbu muammoni hal etishni talab qilar edi. AQSH esa Tayvan hukumati bilan 1954-1998-yillarga mo’ljallangan harbiy shartnomani imzolagan. Shu sababli Xitoy tomonining orolni qo’shib olish to’g’risida­gi barcha so’roviga rad javobi berib kelindi. AQSH uchun qulay sherik - bu Fors ko’rfazida "jandarm" roli berilgan Eron edi. Eron shohi ushbu mintaqadagi AQSH manfaatlarini himoya qilishni qizg’in qo’llab-quvvatladi. U Amerikadan ko’plab qurol­-aslaha sotib olib o’z armiyasini ta’minladi. Qolaversa, Eron O’rta Osiyo mamlakatlari bilan umumiy chegaraga ega bo’lib, kelajakda ushbu mintaqa uchun kurashda ulkan strategik ahamiyatga ega bo’lgan. Xalqaro munosabatlarda o’z siyosiy ta’sirini kengaytirish hamda AQSHning ommaviy qirg’in vositalari borasiagi tobora o’sib kelayotgan harbiy texnika ustunligini yengib o’tish maqsadida Sovet hukumati 60-yillar o’rtalarida o’z qo’shinini yangi harbiy texnika bilan qayta qurollan­tirish dasturini qabul qildi. Bu avvalo yadroviy raketa qurollari nisbatigan tegishli edi.Mamlakatning. barcha kuchlari harbiy strategik qurol turlarini rivojlantirishga qaratilgan edi. 1985-yil AQSH va SSSR o’rtasida strategik jihatdan tenglikka erishildi. Agar 1965-yil yadro kallaklari soni bo’yicha nisbat 10: 1 ni tashkil etgan bo’lsa, 1985-yilda u 11:10 ga teng bo’ldi. Ayni paytda SSSR strategik hujum qurollari borasida ilgarilab olgan edi. Jahondagi umumiy ahvol butunlay o’zgardi. Endilikda so’zsiz g’alaba qozonish mumkin bo’lgan biror tomon ortiqcha ustunlikka ega emas edi. Urush har ikki tomon uchun bir-birini qirib tashlashni anglatardi. Ikki hukmron davlat o’rtasida raketa-yadro qurollarini qisqartirish to’g’risida muzoka­ralar boshlandi, chunki yangi sharoitda ular ilgarigi ahamiyatini yo’qotdi. 1987-yil SSSR Prezidenti M.S.Gorbachevning AQSHga tashrifi chog’ida kichik va o’rtacha olislikdagi raketalarni yo’q qilish to’g’risida Shartnoma imzolandi. Ushbu Shartnomaga ko’ra Sovet tomoni 1572, amerikaliklar esa 599 raketani yo’q qildilar. Shuningdek, strategik hujum qurollarini 50 foiz qisqartirish to’g’risidagi kelishuvga ham erishildi. AQSH prezidenti J.Bush 1991-yil yanvarda Kongressga yo’llagan murojaatno­masida "sovuq urush" tugaganligini e’lon qildi. Bu to’g’rida yanada oldinroq, 1990-yil Londonga yig’ilgan NATO yetakchilari ma’lum qilgan edi.



Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish