Anvar Obidjon-bolalar shoiri
Ijodi oʻta serqirra, eng avvalo kichkintoylar adibi, bolalar olamining chinakam shaydosi sifatida dovrugʻ qozongan Anvar Obidjon 1947 yil 8 yanvarda (hujjat boʻyicha 25 yanvarda) Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlogʻida tugʻilgan. Aytishlaricha, bu qishloqqa qadimda mashhur boʻlgan Bolosogʻun shahriga havas qilib nom berilgan, bora-bora, kishilar tilida Polosonga aylanib ketgan. Ijodi oʻta serqirra, eng avvalo kichkintoylar adibi, bolalar olamining chinakam shaydosi sifatida dovrugʻ qozongan Anvar Obidjon 1947 yil 8 yanvarda (hujjat boʻyicha 25 yanvarda) Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlogʻida tugʻilgan. Aytishlaricha, bu qishloqqa qadimda mashhur boʻlgan Bolosogʻun shahriga havas qilib nom berilgan, bora-bora, kishilar tilida Polosonga aylanib ketgan. A.Obidjon sermahsul ijodkor. Uning “Ona Yer” (1974, she’rlar), “Bahromning hikoyalari” (1980, she’rlar), “Ey, yorug‘ dunyo” (1983, qissa), “Olovjon va uning do‘stlari” (1983, qissa va hikoyalar), “Bezgakshamol” (1985, hajviy she’rlar), “Masxaraboz bola” (1986, she’rlar), “Akang qarag‘ay Gulmat” (1987, qissa va hajviyalar) , “Juda qiziq voqea” (1987, she’rlar), “Oltin yurakli Avtobola” ( 1988, qissa va hikoyalar), “Dahshatli Meshpolvon” (1989, qissa va pyesalar), “Yerliklar”(1990, hajviyalar), “Alamazon va Gulmat hangomasi” (1992, qissa, pyesa, she’r), “Ajoyibxona” (1993, she’riy taqvim), “Meshpolvonning janglari” (1994, qissa va doston), “Alisher ila Husayn yoki uch dono va o‘g‘ri” (1996, doston va she’rlar), “Alamazon va Gulmat” (1998, qissa va she’rlar), “Oltiariq hangomalari”, (1999, hajviyalar), “Bulbulning cho‘pchaklari” (2001, she’r va hikoyalar), “Odobli bo‘lish osonmi?” (2001, hikoya), “Meshpolvon” (2003, qissa), “Bezgakshamol-2” (2003, hajviy she’rlar) kabi to‘plamlari nashr etilgan. Respublika yosh tomoshabinlar teatri hamda Farg‘ona, Qarshi, Qo‘qon, Guliston teatrlarida Anvar Obidjonning“Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi”, “Pahlavonning o‘g‘irlanishi”, “Topsang, hay-hay”, “To‘tiqul”, “Qorinbotir”, “Navro‘z va Boychechak” pyesalari sahnalashtirilgan. Uning asarlari asosida “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan “Tilsimoy-g‘aroyib qizaloq ”, “Dahshatli Meshpolvon” komediyalari kino tasmasiga tushirilgan. Anvar Obidjon she’rlariga bastalangan qo‘shiqlarning asosiy qismi bolalarga bag‘ishlangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |