Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet4/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

2002-yil 1-yanvardan e’tiboran Maastrixt bitimlariga muvofiq Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida (Angliyadan tashqari) Yevropaning yangi pul birligi- "yevro" muo­malaga kiritildi. 15 mamlakat xalqlari hech bir afsus­-nadomatsiz o’zlarining eski valyutalari - gulden, frank, marka, taler, shillinglari bilan xayrlashishdi va yangisini qabul qilishdi.
Yevropa siyosiy ittifoqini yaratish sohasida muvaf­faqiyatlarga erishildi. NATOning 1998-yil Serbiyaga qarshi harbiy operatsiyasi Yevropa davlatlarining birga­likdagi siyosatini ishlab chiqish jarayonini tezlashtirdi. Shu bois, 1999-yil dekabrda Xelsinkidagi Yevropa Ittifoqi sammitida unga kiruvchi 15 G’arbiy Yevropa davlatlari rahbarlari inqirozli joylarda tinchlikni saqlash uchun o’z Yevropa qurolli kuchlarini yaratish haqida qaror qabul qildi, Yevroittifoq tashqi ishlar vazirlari ken­gashi qoshida harbiy masalalar va xavfsizlik bo’yicha doimiy qo’mita tashkil etildi, unga YeH mamlakatlari bosh shtablari rahbarlari kirgan.Yevropaning birlashishi boshqa yo’nalishga ham ega va Yevropa Kengashi bilan bog’liq. Mazkur huku­matlararo va xalqaro tashkilot nizomiga 1949-yil 5­ mayda imzo chekildi va u 3-avgustdan kuchga kirdi. Dastavval unga G’arbiy Yevropaning 10 davlati kirdi, 1978-yildan uning ishtirokchilari 21 taga yetdi. 90-yillar­da Sharqiy Yevropaning barcha mamlakatlari unga a’zo bo’lib kirishdi. 1996-yilda Rossiya ham unga a’zo bo’lib kirdi. Hozirda Yevropa Kengashiga qariyb butun Yevropa kiradi (40 ga yaqin davlat).
Yevropa Kengashining oliy organlari Tashqi ishlar vazirlari qo’mitasi va Parlament assambleyasi bo’lib, ularga milliy parlamentlar o’z deputatlarini a’zolik badallarining proporsional miqdoriga mos sonda jo’nata­di. Parlament assambleyasi fraksiyasi milliy emas, balki siyosiy belgisiga ko’ra shakllanadi.Yevropa Kengashi demokratiya va qonunchilik, inson huquqlarini rivojlantirish va himoya qilish uchun tashki1 etildi. Vazirlar Qo’mitasi va Parlament assambleyasi davlatlar qabul qilgan majburi­yatlarga rioya qilishni nazorat qila boshladi. Ular huku­matga doir qarorlarni qabul qilishga ham kirishdi va hatto qo’pol xatolar yo’l qo’yilsa, biror-bir davlatni tashkilotdan chiqarish masalasini qo’yishgacha bo’lgan huquqqa ega bo’ldi. Yevropa Kengashi rahbarlik organlari Strasburg (Fransiya) shahrida joylashgan. 2- jahon urushi tugashi bilan mustamlakalar va ular­da yashovchi aholi taqdiri jahon siyosatida muhim muammolardan biriga aylandi. Bu mamlakatlardagi mil­liy-ozodlik harakati xususiy yon berishlar emas, balki to’liq ozodlik va suverenitet berish bilan o’lchanardi. Yevropadagi ko’plab mustamlaka mulklari Angliya, Fransiya, Niderlandiya, Belgiya, Italiya, Portugaliyaga to’g’ri kelardi. Ulardan birortasi ham mustamlakalaridan o’z ixtiyoricha ketish va xalqlarga ozodlikni berishni istamadi. Biroq ular bunga majbur edi. 1947-yilda mustamlakachilik tizimida yirik parcha­lanish yuz berdi - Angliya Hindistonga ozodlik berdi. Ilgarigi ingliz mustamlakasi o’rniga Hindiston va Pokiston nomli ikki mustaqil davlat paydo bo’ldi. 1948 ­yilda boshqa ingliz mustamlakasi - Birmaga ozodlik berildi. 1949-yilda Niderlandiya Indoneziya mustaqilli­gini tan olishga majbur bo’ldi. Ayrim mustamlakalarda xalq o’z ozodligiga uzoq davom etgan va qonli kurashlar orqali erishgan. Fransiya mustamlakalari - Aljir va Vyetnamda shunday bo’ldi.Vyetnamda aholining Qarshilik ko’rsatish harakati ­fransuz mustamlakachilariga qarshi olib borgan kurashi 1945-yildan 1954-yilgacha davom etdi va Denbenfu ostonasida Fransiya o’z qo’shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketishga majbur bo’ldi. 1954-yildan 1962-yilgacha olib borilgan qaqshatg’ich urush natijasida Aljir xalqi ham o’z mustaqilligiga erishdi. 1949-yilda Xitoyda xalq inqilobi g’alaba qozondi va xalq hokimiyati o’rnatildi. Xitoy, Hindiston, Pokiston, Seylon (1972-yildan Shri Lanka) tashabbusi bilan Indoneziyaning Bandung shahrida Osiyo va Afrikaning 29 ta mustaqil davlati ishtirok etgan konferensiya mustamlakachilik, irqiy kamsitish va segregatsiya siyosa­tini qoraladi hamda mustamlakachilikning tugatilishida katta rol o’ynagan Bandung Bayonotnomasini qabul qildi.
Osiyo va Afrika xalqlarining mustamlakachilik tizimi­ni to’liq tugatish uchun kurashi va ular talabining xalqaro hamjamiyat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi 1960-yil 14-dekabrda BMTning "Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish haqida bayonotnoma" qabul qilinishiga olib keldi. Irqchilik va aparteidni ham o’z ichiga oluvchi mustam­lakachilikning barcha ko’rinishlarida davom etishi BMT Nizomiga mos kelmasligi e’lon qilindi. Osiyo va Afrika mamlakatlari xalqaro munosabatlarda mustaqil rol o’ynay boshladi. Mustamlakachilikni bar­taraf etish haqidagi 1960-yil bayonotnomasi qabul qilin­gandan o’tgan o’ttiz yil mobaynida aholisi 80 mln. kishi bo’lgan 80 ga yaqin sobiq mustamlaka hududlari mustaqillikka erishdi va BMTga qabul qilindi.Yevropa davlatlari mustam­lakalarini yo’qotdi, biroq baribir iqtisodiy mavqeini saqlab qoldi. Transmilliy kor­poratsiyalar sobiq mustam­lakalarda xomashyo manbalari va foydali qazilmalar usti­dan hokimiyatni saqlab qoldi. Texnik ustunligi tufayli yirik Yevropa davlatlari bu mamlakatlarning tashqi sav­dosida ustunlik qilishda davom etdi. Rivojlangan Yevropa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan tayyor mah­sulot va sobiq mustamlakadan olinadigan xomashyo narxlaridagi farq Yevropa mamlakatlariga ulkan foyda keltirdi. Bu farq doimo oshib bordi. Yevropa rivojlana­yotgan mamlakatlarda madaniy va texnologik ta’sirini ko’p jihatdan saqlab qolmoqda, ularga g’arbcha turmush tarzini singdiruvchi va g’arb olarni ning tarkibiy qismiga aylantiruvchi "g’arblashtirish" "vesternizatsiya" jara­yonini tezlashtirishga harakat qilmoqda. 1973-yili neft ishlab chiqaruvchi afro-osiyo mamlakatlari neftga qo’ygan embargo (taqiq) Yevropa va AQSHda vahima va neft inqiroziga sabab bo’ldi.



Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish