Liberalizm - insonning shaxsiy erkinligini himoya qiluvchi va daviat imkon qadar fuqarolarning shaxsiy hayotiga kam aralashuvini targ’ib etuvchi mafkura
Liberalizm - insonning shaxsiy erkinligini himoya qiluvchi va daviat imkon qadar fuqarolarning shaxsiy hayotiga kam aralashuvini targ’ib etuvchi mafkura. Ammo Amerika liberalizmi ijtimoiy adolatni tasdiqlagan holda mamlakatning iqtisodiy rivojiga zarar keltirishi mumkin bo’lgan ma’lum bir chegaradan naryog’iga o’tmadi. Masalan, 70-80-yillarda ijtimoiy himoyalash xarajatlari iqtisodiy va texnik taraqqiyotni to’xtatib qoladigan miqdorga yetib, tadbirkorlik faolligi susaya boshlagach, liberallar o’z tamoyillari va g’oyaviy ta’limotidan qayta boshladi. Liberalizm o’rniga neoliberalizm keldi. Ushbu oqim ideologlari umumiy farog’at jamiyatini yaratish g’oyasidan voz kechib, "inson kapitalini ishlab chiqarish" masalasini ko’ndalang qo’ydi. Neoliberalizm dasturidagi ushbu yangi tushunchaga ko’ra, xarajatlar kambag’allarga bepul tushlik va ishsizlarga nafaqa berish uchun emas, iqtisodning yangi strukturasida integratsiya uchun ishchi kuchini qayta tayyorlash tizimi rivojlanishiga yo’naltirilishi lozim. Neoliberalizmning industrial siyosati kichik biznesni rag’batlantirish, an’anaviy tarmoqlarni texnologik qayta tuzish, jahon bozorida raqobatbardosh tarmoqlar uchun imtiyozli soliq belgilashga qaratilgan edi.
AQSH siyosiy hayotida liberalizmning asosiy raqibi sifatida konservatizm ishtirok etadi. U respublikalar partiyasi g’oyasida va siyosatida o’z ifodasini topgan. Konservatizm kambag’allar foydasiga pul undirish uchun hech qanday soliq bilan chegaralanmagan xususiy tadbirkorlikning imkon qadar rivojlanishi tarafdori. Davlat - kambag’allar uchun xudoyixona emas, -deya ta’kidlaydi ular g’oyasi va yetakchilari, -har bir kishi davlatdan sadaqa kutmasdan hayot kechirishi uchun mehnat qilib mablag’ topmog’i kerak. Konservatorlar aholining ma’lum qismini ijtimoiy himoyalash tarafdori. Biroq, ularning fIkricha buning uchun imkon qadar kam mablag’ ajratilib, haqiqatdan muhtojlargagina berilishi lozim.
Amerika konservatizmi va liberalizmi o’rtasida ularni dushman qilib qo’yadigan va 2 siyosiy yoki ijtimoiy raqib lagerga ajratib qo’yishi mumkin bo’lgan keskin qarama-qarshilik yo’q. Ular o’rtasida mehnat taqsimotida o’ziga xoslik mavjud: liberalizm ijtimoiy barqarorlashtirish va tenglashtirish, konservatizm esa boylik to’plash vazifasini o’tash tarafdori. AQSHda saylov tizimi mexanizmi aniq ishlaydi va shu bois ichki sharoitga bog’liq holda har ikki partiya hukumat tepasiga navbatma-navbat keladi. AQSH prezidenti 26 yil davomida, ya’ni 1945-1952, 1960-1968, 1976-1980, 1992-1999-yillar demokratlardan saylangan. Qolgan 27. yil - 1952-1960, 1968-1976, 19801992-yillar esa konservatorlar, respublikachilar partiyasi vakillari ushbu lavozimga saylangan edi. 1945-yil 12-aprelda R.D.Ruzvelt to’satdan vafot etgach, ushbu vazifaga sobiq vitse-prezident G. Trumen keldi. Mamlakat ichki hayotida G.Trumen o’zidan oldingi prezident siyosatini davom ettirdi. Bundan tashqari aholini ijtimoiy himoyalash borasida u ilgarilab ketdi. G.Trumen kongress oldiga to’liq ish bilan bandlikni ta’minlash, adolatli mehnat munosabatlarini joriy etish, davlat uy-joylari qurilishi va xaroba kulbalarni yo’q qilishni o’z ichiga olgan ijtimoiy dasturni kuchaytirish bo’yicha takliflarni qo’ydi. "Yangi yo’nalish"dan farqli ravishda G.Trumen dasturi Adolatli yo’nalish deya yuritila boshladi. Ushbu dasturni amalga oshirish natijasida qonuniy ravishda eng kam ish haqi miqdori ko’paytirildi, davlat tomonidan ajratiladigan sug’urta nafaqalari oshdi, nafaqa ta’minoti tizimiga ilgari nafaqa olmagan qo’shimcha 10 mln. kishi jalb etildi. Ayniqsa, turar-joy qurilishi dasturi katta taassurot qoldirdi: bir necha yil ichida kam ta’minlangan oilalar uchun 800 ming yangi uy-joy qurildi. Ushbu choralar Amerika xalqining xarid quvvatini oshirib, arzon ommaviy iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga mo’ljallangan AQSH sanoati uchun ichki bozorni ta’minladi. Har bir oila avtomobil, sovutgich, kir yuvish mashinasi sotib olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Kreditga tovar berish tizimi ommaviy talab bo’lgan tovarlar ishlab chiqarish rivojini rag’batlantiruvchi xaridorlar faolligini ta’minladi. Mamlakatda hali dunyoning biror davlatida yo’q tovar - televizor paydo bo’ldi. AQSHda tijorat televideniyesi 2- jahon urushiga qadar paydo bo’lgan. Ommaviy telefonlashtirish boshlandi. Har bir amerikalik oila shaxsiy telefon o’rnatish va har qanday paytda dunyoning istalgan burchagi bilan bog’lanish imkoniga ega bo’ldi.
Shu bilan birga G. Trumen va uning ma’muriyati Amerika tashqi siyosatida keskin burilish yasadilar. AQSHda doimiy ravishda mintaqaviy, mahalliy va global miqyosda hujum operatsiyalari rejasini ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi harbiy partiya tashkil topdi. U ham demokratik, ham respublikachilar partiyasida bir xil hal qiluvchi ta’sir kuchiga ega bo’lib, uning ko’rsatmalariga, hatto, prezident va kongress bo’ysunishga majbur edi. Yaponiyada atom bombasining muvaffaqiyatli qo’llanishi harbiy partiyada jangovarlik tashabbusi xurujini uyg’otdi. Amerika diplomatiyasi atom bilan shantaj qilib qo’rqituvchi atom diplomatiyasiga aylandi. "Trumen doktrinasi", "Marshall
rejasi", NATO harbiy blokining tashkil etilishi Amerika tashqi siyosatini "kuch pozitsiyasi"dan yuritishning ketma - ket bosqichi edi. Xitoy inqilobi va 1949-yil XXRning tashkil topishi Amerika strategiyasiga nisbatan katta zarba bo’ldi. AQSH Uzoq Sharqda Chan Kay-Shi o’rnatgan tartib tufayli muhim strategik suyanchni yo’qotdi. AQSHning "tiyilib turish" siyosatining eng yuqori cho’qqisi Koreyadagi urush bo’ldi. AQSH bu urushda 142 ming kishini yo’qotdi. Bu mamlakatning butun 2- jahon urushi davomida yo’qotgan kishilar sonining yarmi demakdir.
Nihoyat, 1949-yil sovet atom bombasining sinovdan o’tishi "kuch pozitsiyasi"dan siyosatni amalga oshirish umidini butkul yo’qqa chiqardi. AQSHda konservativ kuchlarning faollashuvi va Koreyadagi mag’lubiyat ham Amerika siyosatini qayta ko’rib chiqishga olib kelmadi. Aksincha, bu hol harbiy partiyaga asosiy siyosiy kuch sifatida qarashga undadi. 1952-yili prezidentlik Saylovlarida respublikachilar partiyasi harbiy, AQSH va Angliyaning Yevropadagi birlashgan qurolli kuchlari sobiq bosh qo’mondoni, NATO qurolli kuchlarining bosh qo’mondoni, general Duayt Eyzenxauerni prezidentlik lavozimiga nomzod etib ko’rsatdi. D.Eyzenxauer ishonchli g’alabani qo’lga kiritdi. Hukumat tepasiga respublikachilar ma’muriyati kelgan 1953-1961-yillarda prezident D.Eyzenxauer yetakchiligida ichki siyosatda o’zgacha fikr yurituvchilarga qarshi yurish boshlandi. Bu kompaniyani respublikachi senator Jozef Makkarti (1908-1957) boshqargan. Senatda "amerikaparastlikka qarshi faoliyatni tekshirish bo’yicha komissiya" tashkil etilib, u ilg’or fikralovchi kishilarni ta’qib eta boshladi va ularga qamoq jazosi, jarima solish va ishdan haydash kabi hukmlar chiqara boshladi. Makkartizm mamlakatdagi har qanday o’zgacha fikrni amalda yo’q qilib, AQSHning demokratik an’analariga katta ma’naviy zarar yetkazdi. 1954-yili senat Makkartining xatti-harakatini qoralab chiqdi. Biroq uning siyosati ko’pincha siyosiy qotillik, o’zga maslakdagilarga qarshi terror qilish, ziyolilarni ta’qib etish va qora tanli aholini kamsitishda o’z tasdig’ini topdi. Makkartizm o’sha davrda AQSH siyosiy fIkriga zid bo’lsa-da, umuman olganda u mamlakatning barcha siyosiy doiralarini qamrab olgan g’oyani ifodalardi. Bu g’oya Amerikaning eng qudratli davlat ekanligini ko’rsatishdan iborat edi. Shu bois Trumen hukumatining tashqi siyosiy arenadagi mag’lubiyati yanada kurashchan konservativ pozitsiyadan tanqid qilingan edi. Tiyilib turish siyosati juda kuchsiz, sust, himoyalanuvchi va aynan shuning uchun muvaffaqiyatsizlikka uchragan siyosat sifatida baholandi. D.Eyzenxauer ma’muriyati sovuq urushni keskin kuchaytirgan yangi, yalpi qasos doktrinasi bilan chiqdi. U SSSRga yadro zarbasi berish mumkinligini ogohlantirishni anglatar edi. Biroq AQSHning o’ta zo’r himoyalanganlik davri tugadi. 1953-yil 20-avgustda SSSRda juda katta quvvatga ega vodorod bombasi, 1957-yil avgustda esa 10 ming km radiusda harakatlanuvchi qit’alararo ballistik raketa sinovdan o’tkazildi. Endilikda raketalar AQSHning har qanday burchagiga vodorod bombasi bilan zarba berishi mumkin edi.1957-yil 4-oktyabrda SSSR tomonidan 1-sun’iy Yer yo’ldoshining uchirilishi dunyo jamoatchiligi va amerikalik siyosatchilarda katta shovshuv uyg’otdi. SSSRning harbiy texnik va strategik jihatdan AQSHga yon bermasligi ma’lum bo’ldi. 3 oydan so’ng AQSH ham o’zining ilk Yerning sun’iy yo’ldoshini fazoga olib chiqdi. SSSR jahon miqyosida AQSHga qarshi targ’ibot kampaniyasini boshlab yubordi. AQSHning ayrim xatti-harakatlari sovet targ’ibotining bahosini tasdioladi. 1960-yil I-maydaSSSR hududi ustida razvedka maqsadida uchib o’tgan U-2 samolyoti ushbu kampaniyaning kulminatsiyasi bo’ldi. Samolyot urib tushirildi, uchuvchi Garri Pauers asirga olindi. Uning yonidan uchish rejasini tasdiolovchi xarita va hujjatlar topilgan. D.Eyzenxauer samolyot odatiy mashq uchishi davomida adashib qolganligini ma’lum qildi. Biroq jahon jamoatchiligiga AQSH rahbariyatining bu uchishdan xabari bo’lganligi haqida ishonarli dalillar taqdim etildi. AQSH prezidenti yolg’on gapirganlikda va xalqaro huquqni buzganlikda ayblandi. 1960-yil 16-19-mayda Parijda ikki buyuk davlat rahbarlari uchrashuvi bo’lishi kerak edi. Biroq D.Eyzenxauer uzr so’rashdan bosh tortdi va N. S.Xrushev Parijdan jo’nab ketdi. Yuqori doiradagi uchrashuv chippakka chiqdi. D. Eyzenxauerning siyosiy karyerasi nihoyasiga yetdi, respublikachilar partiyasi esa tashqi siyosatda mag’lubiyatga uchradi.