Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi


mln. kishiga yetdi, keyin­gi yili esa 3 mln



Download 0,91 Mb.
bet19/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

mln. kishiga yetdi, keyin­gi yili esa 3 mln.dan oshdi. Ularning yarmi ish­sizlik bo’yicha nafaqa olmas edi. Tez o’sib borayotgan inflyatsiya tufayli 1979-yili so’nggi 20 yil ichida aholi turmush darajasi eng quyi nuqtaga yetdi. Shu bois ham 1979-yilgi parlament Saylovlarida kon­servatorlar g’alaba qozon­gani bejiz emas edi. Hukumat boshlig’i etib ilk bor ayol kishi - konserva­torlarning yangi yo’lboshchisi Margaret Tetcher saylan­di. M.Tetcher o’zini qat’iyatli xarakter, mustahkam e’tiqod va aniq harakatlar dasturi egasi bo’lgan davlat arbobi sifatida namoyon etdi. Inglizlar uni "temir xonim" deb atashdi. U Angliya va dunyoda katta obro’ qozondi va u boshchiligidagi konservatorlar partiyasi 1983-hamda 1987-yillar Saylovlarida g’alaba qozondi. "Temir xonim" esa Angliya hukumatini ketma-ket 11 yil boshqardi. Bu paytni tarixchilar "Tetcher davri", dasturini esa "tetcherizm" deb atashdi.M.Tetcher dasturi mamlakat hukmron doiralarining Angliyani dunyo miqyosida buyuk davlat sifatida tikla­nishiga intilishini o’zida aks ettirdi. Dasturning mohiyati Britaniya orollarida ham, Yevropa va Amerikaning bar­cha mamlakatlarida ham tez o’sib borayotgan neokon­servativ g’oyalarni ifoda etardi. Ichki siyosatda tetche­rizmning asosi xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik ruhi va "mulkchilar demokratiyasi"ni rivojlantirishni o’z ichiga olardi. Dastur, shuningdek, davlat­ning iqtisodiy hayotga aralashuvini cheklash, ijtimoiy dasturlardan voz kechish yoki ularni eng kam darajaga tushirish; soliqlar va qat’iy iqtisod qilish hisobiga hamda xarajatlarni qisqartirish evaziga defitsitsiz byudjetga erishishni ko’zda tutdi.
Margaret Tetcher{1925-yil tug’ilgan) -Buyuk Britaniya bosh vazlri. Uning rahbarlik yillarida iqtisolyotda barqarolik va Angliyaning jahonda ta’sir doirasining o’sishi ro’y berdi. U "Olster muammosini hal eta olmadi.
M.Tetcher dasturi shundan kelib chiqdiki, Angliya kuchli qo’shin va flotga ega bo’lishi hamda o’z yadro qurolini takomillashtirishi lozim. Tashqi siyosatda u AQSH bilan "alohida" ittifoqchilik munosabatlari va NATO bilan shartnomalar bo’yicha majburiyatlarga rioya qilishni ustuvor deb hisobladi.Tetcherga tashqi iqtisodiy maydonda dovruqli bir g’alaba zarur edi va u bunga erishdi. 1982-yil aprelda u Argentinaning Folklend orollarini bosib olishga urinishi­ga qat’iy javob berdi. Bu joy ingliz orollaridan 13 ming km masofada bo’lsa ham tarixan argentinaliklar mulki hisoblangan. Lekin Angliya ham unga teng darajada da’vogar edi. Bu orollar Angliya uchun na siyosiy, na iqtisodiy, na strategik jihatdan hech bir ahamiyatga ega bo’lmasa-da, hukmron doiralar Argentinaga "kuch ishlatish" siyosatidan saboq berish va boy berilgan dunyo miqyosidagi dengiz davlati shon-shuhratini o’zlariga qaytarib olishga qaror qilishdi.
Sarf-xarajatlar va kishilar hayoti bilan ham hisoblash­magan M.Tetcher orolga harbiy kemalar, dengiz piyo­dalari va aviatsiyani yubordi. Natijada, uch oylik janglar­dan so’ng, Angliya bu orollardagi mavqeini tikladi. Konservatorlar partiyasi obro’-e’tiborining bir qadar o’sishiga erishdi.
Ichki siyosatda M.Tetcher ishsizlik bo’yicha nafaqalar va boshqa ijtimoiy dasturlarni qisqartirdi. Angliya ishchi sinfi bunga stachka, ya’ni ish tashlash harakatini kuchaytirish bilan javob berdi. Biroq Tetcher orqaga chekinmadi, faqat qattiqqo’l iqtisodiy choralar bilangina Angliyani "Yevropaning kasal odami" ahvoli­dan qutqarish mumkin, degan fIkrni bildirdi. Hukumat ilgari natsionalizatsiya qilingan yoki davlat loyihalari bo’yicha qurilgan davlat sektoridagi korxo­nalarni xususiylashtirdi. Ko’plab neft va aviakosmik sanoat, shuningdek, havo transporti korxonalari xususiy mulkdorlar qo’liga o’tdi. Davlat sektoridagi korxonalar­ning uchdan ikkisi xususiy mulkdorlar yoki xususiy­lashtirilgan korxonalar jamoalariga o’tdi. Ayni paytda, mln.dan ortiq munitsipal kvartiralar sotildi va natijada mamlakat aholisining 60 foizdan ziyodrog’i o’z uy-joyi­ga ega bo’ldi. Bu hol mamlakatda mulkdorlarning ko’payishi va konservatorlar partiyasi ijtimoiy negizining kengayishiga olib keldi.
M.Tetcher dasturining muvaffaqiyatli amalga oshi­rilishida Shim. dengizda topilgan neft konlari asosidagi Angliya neft sanoatining rivojlanishi muhim bo’ldi. 1980-yilga kelib Angliya o’zining neft va gazga bo’lgan ehtiyojini to’liq qondirdi. 1981-yili neft qazib chiqarish 60 mln. tonnaga yetdi va Angliya uni jahon bozoriga olib chiqish irnkoniga ham ega bo’ldi.Neft sanoatining rivojlanishi ingliz hukumatiga ulkan valyuta tushumlarini berdi, bu yirik kapital britan sanoa­tini texnik qayta jihozlash, shuningdek, yangi sohalarni rivojlantirayotgan va mehnat samaradorligi o’sishini rag’batlantirayotgan tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlashga sarflandi. Dastlabki yillarda sekin odimlayotgan "tetcherizm" endi sezilarli natijalar bera boshladi. 1982-1987 -yillarda Angliyaning iqtisodiy o’sish sur’at­lari G’arbiy Yevropada eng yuqori bo’ldi. Ishsizlar soni, inflyatsiya miqyoslari sekin qisqardi. M.Tetcher Angliyaning Yevropadagi rahbarlik rolini qaytarishga urindi va YeIHda qariyb barcha asosiy muammolar bo’yicha mustaqil pozitsiyada turdi. Xususan u Yevropada yagona pul birligini yaratishga keskin qarshi chiqdi. 1989-yili Strasburgdagi hamjamiyat mamlakatlari rahbarlari sammitida u mazkur mamlakat­lardagi ishchilar qonunchiligini unifIkatsiyalash (bir xil­lashtirish)ga qarshi chiqdi va "Ishchilar asosiy huquqlari xartiyasi"ni qo’llab-quvvatlashdan bosh tortdi.Ayni paytda Angliyaning jadal iqtisodiy o’sishi va nis­biy farovonligi davri uzoq davom etmadi. 90-yillar boshlaridanoq iqtisodiy kon’yuktura yomonlashdi, byudjet yetishmovchiligi, in­flyatsiya va ishsizlik kabi "eski kasallik"lar yana qayt­di. Mamlakatning 18 yosh­dan yuqori bo’lgan, daroma­didan qat’iy nazar barcha aholisi to’laydigan yangi soliq ahvolni tuzatishga uri­nish bo’ldi. Bu tadbir ommaviy norozilik namo­yishlariga sabab bo’ldi. Olsterdagi ahvol keskinlash­di. Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari sekinlashdi. "Tetcherizm davri" o’z imkoniyatlarini tugatgani ma’lum bo’ldi. Xususiylashtirish va neft sanoati bilan bog’liq barcha zaxiralar ham tugal holga keldi.1990-yil noyabrda M.Tetcher o’z ixtiyoriga ko’ra iste’foga chiqdi. U hukumatda kelgusi saylovgacha ishlab turishi mumkin edi. Biroq bu hol partiyani mag’lubiyatga olib kelardi. Estafetani konservatorlar par­tiyasining yangi yo’lboshchisi Jon Meyjor qabul qildi. U 1943-yilda tug’ilgan va M.Tetcher hukumatining eng yosh a’zosi edi. Jon Meyjor Angliya tarixida eng no­an’anaviy hukumat boshlig’i bo’ldi. Uning ota-onalari juda kambag’al bo’lib, faqat noto’liq o’rta ma’lumot berishgan. Jon Meyjor M.Tetcher siyosatini davom ettirdi. Uning dasturi jahon bozorida raqobatlasha olmaydigan sanoat tarmoqlarini xususiylashtirish yo’lini davom ettirishni ko’zda tutdi. U ham Tetcher kabi inflyatsiyaga qarshi kurashni eng asosiy vazifa deb hisobladi, chunki inflyatsiyaning o’sishi ishsizlikning o’sishiga olib kelishi mumkin edi. J. Meyjor ijtimoiy muammolarga alohida urg’u berdi. Hukumat dasturi har bir kishiga teng imkoniyatlar yaratish, tibbiy xizmat va xalq ta’limida islohotlar o’tkazishga yo’naltirildi. Tashqi siyosatda J. Meyjor YeIH bilan integratsiyaviy jarayonlarni kuchaytirish va AQSH bilan ittifoqchilik aloqalarini mustahkamlash yo’lini olib bordi. Angliya AQSHning Iroqdagi urushini qo’llab-quvvatladi va Fors qo’ltig’i rayoniga salmoqli harbiy qismlarni ‘yubordi. Hukumat tepasiga kelgan J. Meyjor xalq o’rtasida norozi­lik uyg’otgan jon boshidan olinadigan soliqni bekor qildi va "britaniyaliklarning ijtimoiy-iqtisodiy talablarini ko’proq qondirish tomoniga burilishni amalga oshirish"ga va’da berdi. 1992-yili parlament Saylovlarida yana konservatorlar mutlaq ko’pchilik ovozni oldi. J.Meyjor bosh vazir lavozimida qoldi. 1997 - yil Saylovlarida konservatorlar mag’lubiyatga uchradi, leyboristlar parlamentdagi 650 o’rindan 419 tasini egalladi. Yangi ingliz bosh vaziri, ley­boristlar partiyasi yo’lboshchisi Toni Blerga o’tmishdan og’ir meros qoldi. Shotlandiya va Uelsda mahalliy mil­latchilar g’alaba qozondi, ular o’z parlamentlarini chaqirish huquqini qo’lga kiritdi. 1997 va 1998-yillarda bu viloyatlarda parlamentlarga Saylovlar o’tkazildi. Ular ichki ishlarustidan nazoratni o’z qo’liga oldi va muxtoriyat e’lon qildi. Bu Buyuk Britaniyaning parchalanishiga 1- qadam bo’ldi, leyboristlar hukumati esa uning oldini olol­madi. Irland millatchilari ham ancha faollashib qoldi. Ingliz davlati va jamiyatini qamrab olgan inqiroz ingliz monarxiyasini ham yemirdi. So’nggi yillardagi qirollik oilasi bilan bog’liq janjallar mamlakatda oddiy voqea bo’lib qoldi. Qirollik hokimiyatiga birlik ramzi, ingliz xalqining axloqiy qadriyatlari va tarixiy an’analari saqlovchisi sifatidagi ilgarigi ishonchga putur yetdi. Bundan tashqari, qirollik hokimiyatining saqlanib turishi, uning marosim va sayohatlari, ko’p sonli qasr va saroylar ta’minoti, ularga xizmat ko’rsatish davlat xazi­nasiga qimmatga tushadi (5 mln. funt sterlingga qadar). 2001- yil iyunda umumxalq Saylovlarida leyboristlar partiyasi yana g’alaba qozonib, parlamentda 413 o’rinni qo’lga kiritdi. Angliya AQSHning eng ishonchli ittifoq­chisi bo’libqoldi. 2001-yilda Afg’onistonda Tolibonlarga qarshi kurashda va 2003-yilda Iroq urushida ishtiroketdi. Angliya AQSHning eng ishonchli ittifoq­chisi bo’lib qoldi. 2001-yilda Afg’onistondaTolibonlarga qarshi kurashda va 2003-yilda Iroq urushida ishtirok etdi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish