Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet22/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

1966-yil martda Fransiya NATO tarkibidan chiqib ketdi. 1968-yil avgustda Fransiya birinchi marta vodorod bombasini sinovdan o’tkazib, jahondagi yadro quroliga ega mamlakatlar safidan o’rin oldi.
De Gollning o’n yillik boshqaruv davrida Fransiya iqtisodi mustahkamlanib, uning xalqaro pozitsiyasi tik­landi. Fransuz frankining yangi kursi joriy etildi, yirik korxonalarga davlat kreditlari berildi. 1958-yildan 1964-­yilgacha 500 ta yirik sanoat trestlarining daromadi 70 foizga o’sdi. Sanoatning yangi - kimyo, neft, harbiy aviatsiya, avtomobil, elektronika va elektrometallurgiya kabi tarmoqlari tez sur’atlarda rivojlana bordi.
Shu bilan birga inflyatsiyaga qarshi kurash va byudjet taqchilligini kamaytirish maqsadida hukumat soliqlarni ko’paytirib gaz, elektroenergiya, transport ta’riflarini oshirdi, ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalarni esa kamaytirdi. Nominal ish haqi ushbu yillarda 32 foizga ko’paygani holda, narx-navo 42 foizga oshdi. Mamlakatda qishloq aholisi soni kamayib ketdi. Ko’pgina fermer xo ‘jaliklari italyan va ispan dehqonlari bilan raqobatga dosh berolmay xonavayron bo’ldi. Har yili qishloqlarni 150 mingtagacha kishi tark etib keta bordi.De Goll hukumatining rejimi xalq ishonchini yo’qota boshlagan edi. 1968-yildagi ommaviy chiqishlar uning 10 yillik boshqaruvining natijasi sifatida namoyon bo’ldi. Namoyish ishtirokchilari ta’lim tizimini qayta tuzish, ta’limga ajratiladigan mablag’ni oshirish, ta’lim uchun olinadigan haqni pasaytirish va stipendiya to’lash­larini talab qilib chiqishdi. G’alayon kuchayib politsiya va namoyishchilar to’qnashuviga olib keldi. 7-mayda Parij ko’chalarida 3 mingdan oshiq talaba yaralandi va hibsga olindi. Bunday xatti-harakat umumxalq ish tash­lashga olib keldi va u 4 hafta davom etdi. Bu esa mamlakat hayotini to’xtatib qo’ydi. Ish tashlashda 10 million kishi ishtirok etdi. 24- mayda ishchi va xiz­matchilarga hukumatning agrar siyosatidan norozi dehqonlar qo’shildilar. Bu voqealar de Goll o’rnatgan tartib va uning obro’yiga katta putur yetkazdi. 1969-yil aprelda u iste’­foga chiqdi va siyosatga boshqa qaytib kelmadi. Oradan bir yarim yil o’tgach, ya’ni 1970-yil 9-noyabrda 80 yoshida vafot etdi. 1969-yil iyunda Jorj Pompidu respublika prezidenti etib saylandi. U de Gollning siyosiy yo’lidan borayotgan sodiq safdoshi edi. J. Pompidu o’tkazgan qayt.a tashkil etish natijasida siyosiy partiyalar soni kamaydi va "huku­mat beqarorligi"ga chek qo’yildi. 1974-yil bahorida J.Pom­pidu vafot etdi. O’ngchilar vakili V. Jiskar d’Esten va so’lchi-sotsialist­lar partiyasining yetakchisi Fransua Mitteran o’rtasida prezident saylovi uchun kurash boshlandi. Uncha ko’p bo’lmagan farq bilan V. Jiskar d’Esten g’olib chiqdi. U Jak Shirakni premyer ministr qilib tayinladi. 1974-yilda boshqa g’arb davlatlari kabi Fransiyani ham iqtisodiy tanglik qam rab oldi. Ishlab chiqarish pasayib, ishsizlik, inflyatsiya kuchaydi. Jahon bozorida neftning narxi tushib ketdi, natijada mamlakatda yoqilg’i bahosi o’sib ketdi. Bu hol barcha sanoat mahsulotlarining narxi oshishiga olib keldi. Aholining ko’pini ishsiz va hech qanaqa nafaqa olmaydigan yoshlar tashkil etar edi.
Jiskar d’Esten liberalizm ruhidagi ijtimoiy islohotlar o’tkazishni zarur deb hisobladi. Bunga mehnat sharoiti­ni yaxshilash, ayollar huquqini kengaytirish, yoshlarni ish bilan ta’minlash kabi tadbirlar kirar edi. Sodiq gollchi J.Shirak ilgarigi yo’nalishdan voz kechishni rad etdi. 1981-yilgi prezident saylovida so’lchilar vakili F.Mitteran g’olib chiqdi. U Milliy majlisni tarqatib yubordi va yangi Saylovlarni tayinladi. Unda sotsialistlar ko’pchilik ovozga ega bo’ldi. Yangi prezident va uning mahkamasi ilk faoliyatining birinchi yilida mehnatkashlar manfaatini ifodalovchi muhim islohotlar bilan tanildi. Ish haqi, ishsizlik uchun, ko’p bolali oilalarga to’lanadigan nafaqa miqdori oshi­rildi, qariyalik nafaqasi va stipendiyalar ko’paytirildi, yirik kapitalni soliqqa tortish kuchaytirildi. Ish haftasi 39 soatgacha qisqartirildi va besh yil davomida ish haftasini besh kunlikgacha olib kelish majburiyati olindi. Sotsialist Pyer Morua rahbarligidagi hukumat 36 ta bank va 9 ta sanoat guruhini (metallurgiya, elektronika, kimyo, avia­sozlik, harbiy tarmoq va boshqa) natsionalizatsiya qilish va umummilliy organlar vakolatini qisqartirish hamda munitsipalitetlar huquqini kengaytirish yo’li bilan markazlashtirilmagan davlat boshqaruvi dasturini amalga oshirishga kirishdi. Bu 1936-1937-yillardagi Xalq sharoiti davridan buyongi eng chuqur islohotlar edi. Mitteran Fransua (1916-1996)- Fransiya prezidenti (1981-1995). U bir qator tarmoqiarni natsionallza­tsiya qildi muhim ijtimoiy islohotlar o’tkazdi.Boshqaruv davrining oxirida iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli o’tkazilgan Islohotlarni bekor qila boshladi. Biroq bu islohotlar moliya va sanoat oligarxiyasining qattiq qarshiligiga duch keldi. Fransuz iqtisodi bunday xarajatlarni ko’tara olmasligi ham ma’lum bo’ldi. Byudjet taqchilligi xatarli darajaga yetdi. Hukumat islohotlarini to’xtatib "shafqatsiz iqtisod" siyosatini yurita boshladi. Soliq va narx-navo ko’tarildi, bir qator korxonalar yopilib ketdi. Aholining xarid quvvati pasaydi, ishsizlar yana ko’paya boshladi. 1984-yildan F. Mitteranni "populizm" va omilsizligi uchun tanqid qilish kuchaydi. Irqiy va milliy qarama-qarshilik paydo bo’la bordi. 1986-yilgi parlament saylovi ushbu kayfiyatni ifodaladi. Sotsialistlar endi ko’pchilik ovozni yo’qotgan edi. Bu borada J. Shirak boshchiligidagi Respublikachilar partiyasi va Jiskar d’Esten yetakchiligidagi Fransuz demokratiyasi ittifoqi (FDI) oldingi o’ringa chiqib oldi. Prezident F.Mitteran kutilmagan yo’ldan borishga majbur bo’ldi. U.J.Shirakni hukumat boshlig’i etib tayinladi. So’l prezident va o’ng hukumat g’alati tarzda birlashib ketdi. J.Shirak natsionalizatsiya qilingan kor­xonalarni ilgarigi egalariga qaytarib bera boshladi, yirik kapitalga soliqni kamaytirdi, xorijiy ishchilar immigra­tsiyasini cheklab qo’ydi. Biroq ilgarigi holatga to’liq qaytishga F.Mitteran xalaqit berdi. 1988-yil maydagi prezident saylovida kurash asosan F.Mitteran va J.Shirak o’rtasida bo’lib o’tdi. F.Mitteran ko’pchilik ovoz bilan g’alaba qozondi. Ammo u endi ilgarigi sotsialistlar yetakchisi emas edi. U 72 yoshga yet­gandi. Bundan tashqari F.Mitteran og’ir xasta bo’lib, o’z vazifasini bajarishga katta kuch talab qilardi. Fransuz milliy majlisiga saylovda o’ng partiya vakil­lari ko’pchilik ovozga ega bo’lishdi. 1995-yil 7-mayda prezident saylovi bo’lib o’tdi va unda gollizm vakili Jak Shirak g’alaba qozondi. Saylovoldi uchrashuUlarida u ishsizlik ko’payishini to’xtatish, ish haqini oshirish, soliqlarni qisqartirish, ijti­moiy zaruriyat nafaqalarini saqlab qolishga va’da berdi. Biroq bu va’dalarning birortasini ham bajarmadi. U tashabbuskori Fransiya bo’lgan yagona Yevropa to’g’risidagi majburiyatlarni bajarishi lozim edi. 1999­ yilda Yevropa valyutasi tizimini ishlab chiqish rejalashtirildi va u hozirda amalga oshirilgan.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish