Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet24/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

Konrad fon Adenauer – 1876-1967 –GFR federal kansleri(1949-63).1946-66 yillarda XDI partiyasini boshqardi. Uning davrida GFR iqtisodi va harbiy qudrati tiklandi. NATOga qabul qilindi.
G’arb mamlakatlari bosh­danoq Germaniyaning g’ar­biy qismida alohida davlat tashkil etish bo’yicha ke­lishilgan siyosatni olib borishdi. Rejaga ko’ra u g’arb dunyosining bir qismi va Yevropada Amerika siyosati­ning avangardi bo’lishi kerak edi. Germaniya bo’yicha Nazorat kengashining maslahatisiz 1946-yil dekabrda AQSH va Angliya o’z okkupatsiya zonalarini birlashtirdi. Bu paytda Nazorat kengashi amalda hech bir kuchga ega bo’lmay qoldi va Germaniyaning ikkiga bo’lingan hududiy qismlari turli yo’llar bilan rivojlana boshladi. 1948-yil iyundagi separat pul islohoti bu yo’ldagi hal qiluvchi qadam bo’ldi. Qadrsizlangan reyxsmarka o’rniga doychmarka joriy etildi, so’ngra narx-navo va ish haqi erkin qo’yib berildi. Islohot tez orada ijobiy natijalar bera boshladi: do’konlar peshtaxtasi tovarlarga to’la borib "qora bozor" yo’q bo’ldi. Ishlab chiqarish va qurilish jadal rivojlana boshladi, bozor iqtisodi shakllandi. Islohotning keyingi bosqichida Germaniya Federativ Respublikasi deb nomlangan bo’lajak davlat konstitut­siyasini ishlab chiqish edi. 1949-yil 8-mayda Ta’sis majlisi vazifasini o’ziga olgan parlament kengashi G’arbiy Germaniya konstitutsiyasini ma’qulladi va u hozirgacha amalda qo’llanilib kelinmoqda. Mamlakatda qonuniy hukumat 2 palatali parla­mentga o’tdi. Bundestag umumxalq ovozi bilan 4 yilga saylanadi, ikkinchi palata - Bundesrat mahalliy parlament tomonidan tayinlangan yer egalari (landtag)dan iborat. Har bir yer (land) keng avto­nomiyadan foydalanadi, o’z parlament va hukumatiga ega. Bundestag va landtaglar vakillarining qo’shma majlisida (Federal majlis) respublika prezidenti cheklan­gan vakolat bilan saylanadi. Saylovda g’alaba qozongan partiya yetakchisi federal kansler etib tayinlanadi va butun ijro hukumatini uyg’unlashtirib turadi. Aynan u hukumatni tashkil etadi va bundestag vakolati tugagun­cha vazifasida qoladi. Konstitutsion sud agar konstitu­tsiyaga zid deb topsa, har qanday qonunni bekor qilishi mumkin. Bonn GFR poytaxti etib e’lon qilindi. 1949-yil avgustida bundestag saylovida XDI / XSI bloki g’olib chiqdi. K.Adenauer kansler etib saylandi va shu vazifada 1963-yilgacha ishladi. Bu yillar tarixga "Adenauer davri" degan nom bilan kirdi. Germaniya Federativ Respublikasi rasmiy ravishda 1949-yil 21 ­sentyabrda e’lon qilindi. Sovet zonasi hududida 1949-yil 7 -oktyabrda Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) e’lon qilin­di, G’arbiy Berlin uning poytaxti deb belgilandi. Germaniyaning bunday parchalangan ko’rinishi 40 yil davom etdi.
G’arbiy Germaniya "sovuq urush" siyosatini yuri­tishda markaziy o’rinni egalladi. U juda ko’plab Yevropa mamlakatlari bilan chegaradosh bo’lib, Polsha, Chexoslovakiyaga nisbatan hududiy noroziligini bildirdi. Bunday siyosat uni g’arbiy strateglar uchun "yaqin hamkor" sifatida ko’rsatib qo’ydi.
AQSHning barcha tashqi siyosat tadbirlarida - yago­na Yevropani tashkil etish, "Marshall rejasi"ni amalga oshirish, atlantik jamiyatni barpo etish va Yevropa markazida mavjud tizimni saqlab qolish masalalarini hal etishda GFR markaziy o’rinni egallab keldi. AQSHning germaniyalik sanoatchilar va moliyachilar bilan eski aloqalari mavjud edi. Shuning uchun yirik ger­man monopoliyachilari hamda konsernlarini tugatish bo’yicha Yalta va Potsdamda qabul qilingan majburiyat­lar bajarilmay qoldi. Bir-ikki yildan keyin ular iqtisodda va AQSHning katta ko’magida yana yuzaga keldi. Istilochi hukumat Germaniya iqtisodini va o’z pozit­siyasini tiklashga kirishdi. Adenauer hukumati siyosa­tining asosiy yo’nalishi G’ar­biy Germaniyani g’arbiy hamjamiyat siyosiy va g’arbiy strukturasi bilan to’liq va teng huquqli integratsiyalash, nemis iqtisodini tiklash va Germaniya monopoliyasi qudratini ko’rsatishdan iborat bo’ldi. Doimiy "sovuq urush" sharoitida ushbu siyosatni amalga oshirish GFRning GDRni o’ziga jalb etish, mamlakatni g’arb mudofaa tizimining bosh tayanchiga aylantirish, Germaniyani qayta qurollantirish va oxir-oqibat uni qudratli davlatga aylantirish yuqori boshqaruv organla­rining uzoq yillarga mo’ljallangan rejasi edi. Shu bois GFR hukumati g’arbiy davlatlarning mam­lakatni G’arbiy Yevropa mudofaa tizimiga kiritishga qaratilgan barcha tashabbuslarini qo’llab-quvvatladi. 1954-yil oktyabrda imzolangan Parij bitimiga ko’ra GFR NATO a’zoligiga kirdi va mamlakatda 500 ming kishidan iborat armiya tashkil etildi. Harbiy sanoat qayta tiklandi. GFR tank, bronetransporter, suv osti kemalari va raketalar ishlab chiqara boshladi. Ushbu davr mobaynida amalda AQSH va G’arb mamlakatlarining harbiy-siyosiy ittifoqchisi sifatidagi GFRning huquqiy shakllanishi bo’ldi. U Atlantika ittifoqining poydevori bo’lib qoldi va g’arb davlatlarining butun siyosatiga hal etuvchi ta’sir ko’rsata boshladi. Shu bilan bir qatorda mamlakat iqtisodi rivojlana bordi. GFRning "iqtisodiy mo’jizasi"da Marshall rejasi asosiy ahamiyatga ega bo’ldi. Bu reja tizimiga G’arbiy Germaniya 1948-1949-yillarda kiritilgan edi. Ushbu davr mobaynida GFR AQSHdan 1,4 milliard dollar miqdorida yordam oldi. Aynan shu mablag’ Germaniya sanoatining tezlik bilan tiklanishida bosh­lang’ich mablag’ bo’lib xizmat qildi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish