12-§. ITALlYA 50-90-YILLARDA Fashistlar boshqaruvi va urush Italiya iqtisodiyoti va uning jahon maydonidagi ahvoliga ulkan zarar yetkazdi. Urush yillarida 500 mingga yaqin odam halok bo’ldi va nom-nishonsiz yo’qoldi. 20 foiz sanoat korxonalari va 40 foiz temir yo’l hamda avtomobil yo’llari vayron etildi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi - 50 foizga, qishloq xo’jalik mahsulotlari - 40 foizga qisqardi. Ingliz va amerika bosqinchilik hukumatlari ishlab chiqargan moddiy mahsulotlar rekvizitsiyasi Italiya iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. Buning ustiga inflyatsiya kuchaydi. Oziq-ovqat, turar joy yetishmasligi kuchli sezildi. 2 millionga yaqin kishi ishsiz qoldi.
Urush yillaridayoq antifashist tashkilotlari joylardagi hokimiyat organlari bo’lgan milliy ozodlik qo’mitalarini tashkil etdi. Ular 1945-yil iyunida fashizmni tor-mor etish va uning oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan barcha siyosiy kuehlar vakillari kirgan hukumatni tuzishdi. 1947-yil 10-fevralda Parijda imzo chekilgan tinchlik shartnomasiga ko’ra Italiya o’z mustamlakalarini yo’qotdi va anchagina miqdorda reparatsiyalarni (urush tovonlarini) to’lashi lozim edi. 23 yildan ziyod fashizm bilan kurashgan Italiya kommunistik partiyasi (IKP) xalq ishonchini qozongan edi. Birgalikdagi kurash kommunistlar bilan Italiya sotsialistik partiyasi ittifoqini mustahkamladi. 1946-yilda bu partiyalar o’rtasida birgalikda harakat qilish haqidagi imzolandi. 1945-yil dekabrda IKP jamiyatdagi barcha qatlamlar ittifoqiga asoslangan "taraqqiyparvar demokratiyani" o’rnatish dasturini ilgari surdi. Kommunistlar chuqur demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish, respublika tuzumini e’lon qilish, Ta’sis majlisini chaqirish va yangi Konstitutsiyani qabul qilish zarur deb hisoblashdi. Ular sanoat va moliyaviy monopoliyalarni natsionalizatsiya qilish, ishlab chiqarish ustidan mehnatkashlar nazoratini o’rnatish, yirik yer mulklarini tugatish va shu tariqa bo’shagan yerlarni yersiz dehqonlarga berishni talab qildilar. Kommunistlar shuni ta’kidlashdiki, taraqqiyparvar demokratiya rivojining tugal rnaqsadi sotsializmdir, biroq Italiya kommunistlarining sotsializmi SSSR sotsializmidan tubdan farqlanardi. U insonparvarlikning demokratiya tamoyillariga asoslanar va proletariat diktaturasi o’zboshimchaligidan yiroq oliy darajadagi sivilizatsiyaviy jamiyatni ko’zda tutardi. Italiya kommunistlarining yo’lboshchisi xalqaro ishchilar harakatining yirik arbobi Palmiro Tolyatti(1893-1964-yillar) edi.
Urushdan keyingi Italiyaning eng yirik burjua partiyalaridan biri 1944-yillarda tuzilgan katolik yo’nalishidagi Xristian-demokratik partiya edi. U jamiyatni mehnat va kapital bab-baravar foydali rol o’ynaydigan yagona organizm sifatida tasavvur etdi. Shuningdek, u oliy axloqiy qonun sifatidagi xristianlikni o’z mafkuraviy asosi deb e’lon qildi. Partiya dasturi qisman agrar va sanoat islohotini o’tkazish, ishchilarning aksiyalarni sotib olish yo’li bilan korxonalarni boshqarishda ishtiroki, kooperativ qurilishining rivojlantirishni ko’zda tutdi. XDP katolik cherkovi qo’llab-quvvatlanishidan foydalandi. U ibodatga keluvchilarni qabul qiluvchi ruhoniylar yordamida mamlakat aholisining salmoqli qisrniga o’z ta’sirini o’tkazdi. Alchido de GasperiXDPning muttasil yo’lboshchisi bo’lib keldi.Italiyada ko’ppartiyaviy tizirn tarkib topib, unda umummilliy va ko ‘plab mintaqaviy partiyalar amal qildi. Bu, partiyalar beqarorligi va tez-tez yuz beruvchi siyosiy inqirozlarga olib keldi.