26-Mavzu: Diniy fanatizmning asoslari va maba’lari Reja



Download 35,78 Kb.
bet1/3
Sana23.05.2022
Hajmi35,78 Kb.
#608561
  1   2   3
Bog'liq
26 мавзу


26-Mavzu:Diniy fanatizmning asoslari va maba’lari




Reja:
1. Missionerlikning kelib chiqishi, maqsad va g‘oyalari.
2. Diniy fanatizm va uning oqibatlari.
3. Missionerlikning mintaqaviy xususiyatlari.
4. Missionerlikning olidini olishning huquqiy asoslari.


Tayanch tushunchalar:
Missioner, Prolitizm,12 havoriy, “Injil”, «Xalqaro missiyalar kengashi», «Butunjahon cherkovlari kengashi»

Missionerlik haqida gap ketar ekan, avvalo ushbu tushunchaning lug‘aviy va istilohiy ma’nolarini tushunib olish muhim ahamiyatga egaligini alohida qayd etish lozim.


Ushbu so‘z lotin tilidagi «missio» fe’lidan olingan bo‘lib, «yuborish», «vazifa topshirish», esa “vazifani bajaruvchi” degan ma’nolarni anglatadi. Missionerlik esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi.
Turli lug‘atlar va manbalarda missionerlikka ko‘plab ta’riflar berilgan. Ularning deyarli barchasida missionerlikka xos xususiyatlar tavsiflanishi barobarida, bu so‘z asosan xristian dini bilan bog‘lanadi. Jumladan, har yili qayta nashr etiladigan «World Book» (“Jahon kitobi”) ensiklopediyasida “Missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o‘z diniga targ‘ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson”,-degan fikr qayd etilgan. Moskva shahrida nashr etilgan “Kirill va Mefodiyning katta ensiklopediyasi”da esa «Missionerlik biror diniy birlashma vakillarining o‘z e’tiqodini boshqa din vakillari orasida yoyish harakati»,-degan ta’rif keltirilgan.
Umuman olganda, turli lug‘atlar va manbalarda bayon etilgan ta’riflar bib-biriga juda yaqin va o‘xshash bo‘lib, ularga tayangan holda quyidagi xulosani chiqarish mumkin: missionerlik - bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilishni anglatadi.
Prozelitizm to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga qaratilgan harakatlarni anglatadi. U o‘z mohiyatiga ko‘ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlarni ayrim hayotiy misollarda ham ko‘rish mumkin. Xususan, bizga qo‘shni bo‘lgan ayrim davlatlarda xristian dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda jasadni qabristonga qo‘yish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqmoqda. Mayitning musulmon ota-onalari o‘z farzandlarini xristian mozoriga dafn etishni xohlamaganlari, musulmonlar esa xristian dini vakili jasadini o‘z musulmon birodarlari yotgan joyga qo‘yishni istamaganliklari natijasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda.
SHuningdek, xristian dinini qabul qilgan kishi o‘z o‘g‘lini xatna qildirishni xohlamagani, uning otasi esa, o‘z nabirasini musulmon urf-odatlariga ko‘ra xatna qildirishni istagani tufayli ota-bola o‘rtasida janjallar kelib chiqqani ham ma’lum.
Xristian yoki boshqa dinni qabul qilgan qizning turmushga chiqishi ham muammoga aylanmoqda. Oilada qizning ota-onasi musulmon. Albatta, ular o‘z qizlarini musulmon kishiga turmushga chiqishini istaydilar. Ammo xristian dinidagi qizga musulmon kishining uylanishi amri mahol.
YUqoridagi kabi misollarni yana davom ettirish mumkin. Ammo shularning o‘zi ham missionerlik va prozelitizm harakatlari boshqa dinni qabul qilgan tub millat vakillari oilalarida nizolar va janjallarning avj olishiga hamda xristianlikning ayrim yo‘nalishlari vakillariga nisbatan dushmanlik hissiyotlarining paydo bo‘lishi orqali dinlararo nizolarni kelib chiqishiga zamin yaratishi mumkinligini yaqqol tasavvur qilish imkonini beradi.
Ma’lumki, xristianlikning ayyrim yo‘nalishlarida “Missionerlik har bir dindor uchun shart”,-deb hisoblanadi. “Injil”da Iso Masihning o‘ziga 12 havoriyni tanlab olishi va ularni Isroilning qishloqlari bo‘ylab da’vat qilish uchun yuborgani haqida Markdan rivoyat qilingan “Injil”da keltirilgan quyidagi so‘zlar bunday qarashlar uchun asos qilib olinadi:
... 15. Iso shogirdlariga dedi: «Butun jahon bo‘ylab yuringlar va hamma tirik jonga Injil Xushxabarini targ‘ib qilinglar”.
Bunday da’vat Mattodan rivoyat qilingan «Injil»da ham mavjud. Unda Iso havoriylarga yaqinlashib, shunday degani qayd qilinadi :
19. ...barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan cho‘qintiringlar.

Download 35,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish