Bilasizmi, oʻgʻil bola hayotida doʻppi bilan bogʻliq ilk xotiralar oʻsha sunnat qildirish marosimi, xatna toʻyi bilan boshlanadi



Download 30 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi30 Kb.
#353994
Bog'liq
Doʻppi


Bilasizmi, oʻgʻil bola hayotida doʻppi bilan bogʻliq ilk xotiralar oʻsha sunnat qildirish marosimi, xatna toʻyi bilan boshlanadi. Keyin esa ular boʻy yetib, uylangan kuni yaxshi niyatlar bilan atab olingan kuyovlik doʻppisi, ota boʻlgach, oʻgʻil uylab yoki qiz chiqarganida kiyilgan qudalik doʻppilari bilan yana-da goʻzallashadi. Mana shu holatlarda kiyilgan doʻppilarning hammasi yigit kishi hayotining eng baxtli onlariga xizmat qiladi.

“Qayga bormay, boshda doʻppim, gʻoz yurarman gerdayib”, deganida sevimli shoirimiz Erkin Vohidov milliy bosh kiyimimizga qanchalar haqli bino qoʻyganini hamisha azizu mukarram doʻppilarimizga boqib koʻzimiz quvnaganida yana bir karra his qilib, gʻururlanamiz. Ikki oʻrim sochning ustiga nozik qoʻnib, zulflar husniga husn qoʻshgan iroqi doʻppilar qizlarimizga zeb bersa, qalampir gulli, bodom gulli, toshkent doʻppi, chust doʻppi, andijon doʻppilar yigitlarimizni asl beklarday bezaydi.

Doʻppi, ayniqsa, yigit kishining hayotida yorqin iz qoldiradigan qadrli, tabarruk bosh kiyim. Tafakkur yuritsak, bunga izoh joiz emas. Bilasizmi, oʻgʻil bola hayotida doʻppi bilan bogʻliq ilk xotiralar oʻsha sunnat qildirish marosimi, xatna toʻyi bilan boshlanadi. Keyin esa ular boʻy yetib, uylangan kuni yaxshi niyatlar bilan atab olingan kuyovlik doʻppisi, ota boʻlgach, oʻgʻil uylab yoki qiz chiqarganida kiyilgan qudalik doʻppilari bilan yana-da goʻzallashadi. Mana shu holatlarda kiyilgan doʻppilarning hammasi yigit kishi hayotining eng baxtli onlariga xizmat qiladi.

Shahrixonlik doʻppidoʻz Yorqinoy Toʻychiyeva vodiyu vohani doʻppi bilan taʼminlayotgan qoʻli gul hunarmandlardan. Yorqinoy opa 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida davlat mukofotiga sazovor boʻldi.

Prezidentimizning bizga boʻlgan eʼtiboridan goʻyo yasharib ketgandek boʻldim, toʻgʻrisi, — deydi opa. — Axir “Mehnat shuhrati” ordeni mehnatimizga berilgan yuksak mukofot-ku. Hunarimni bundan-da keng yoyishim, shogirdlar safini yana-da kengaytirishim kerakligini chuqur his qilib, buyogʻiga charchashga haqqim yoʻq, degan qatʼiyatni dilimga tugdim.

Dil tubidan, samimiyat ila aytilgan bu gaplar salkam yarim asrlik faoliyati davomida 300 dan ziyod shogirdni kamolga yetkazgan, 20 nafar ayolni doimiy ish bilan taʼminlagan doʻppidoʻzning bu hunar rivojiga yana-da faol yondasha boshlaganiga bir ishora boʻldi. Doʻppidoʻzlar sulolasining beshinchi avlodi boʻlgan Yorqinoy opa Shahrixonning oʻziga xos, faqat ipak bilan tikiladigan sirgʻa gulli doʻppisini oʻz shogirdlari — qizlari, kelinlari, nabiralari bilan birgalikda nozik did sohiblariga yetkazib beryapti. Shu oʻrinda eʼtirof etish joizki, Andijonning Shahrixonidagi har ikki xonadonning biri yo doʻppidoʻzlik, yo toʻn tikish, yoki pichoqchilik, qoʻyingki, hunarmandchilikning qaysidir turi bilan mashgʻul.

Oʻoʻoʻ

Bu ham tirikchilik, ham eng savobli, sharafli ish, — deya doʻppining xosiyatiga alohida urgʻu berdi opa. — Nega desangiz, umra, haj ziyoratlariga ketayotganlar ham doʻppilarimizdan xarid qilganlarida koʻzimga yosh keladi. Qoʻl mehnatimiz tabarruk joylarga aziz boshlarga koʻtarilgancha yetib boryaptimi, oʻzimiz ham bir kun, albatta, yetib boramiz, deb quvonaman.



Opaning oʻz ustida tinimsiz ishlashi, innovatsiyaga intilishi samarasi oʻlaroq, endilikda humo qushi tasviri tushirilgan doʻppilar ham urfga aylanib ketsa ajab emas! Negaki, hunarmand ustaning aytishicha, namuna uchun tikilgan ana shu koʻrinishdagi bita doʻppi havasmand bir xaridor tomonidan yaxshi niyat bilan sotib olingan. Demak, humo gulli innovatsion doʻppining bozori chaqqon boʻlishiga, el orasida tez urfga aylanishiga shubha yoʻq. Zero, humo qushining boshimiz uzra qanot yoyishi baxtimiz nishonasi ekanini xalqimiz yaxshi biladi.

Ayni paytda Yorqinoy opa va shogirdlari tomonidan yangi uslubdagi doʻppilarni ilk namunasidan ham nafisroq tikish ustida ish olib borilyapti.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, pandemiya xalqimizni har tomonlama sinovdan oʻtkazish bilan bir qatorda azaldan tinib-tinchimas, zahmatkash bobo dehqon, qoʻli gul hunarmandlarning davomchilari ekanimizga shukrlar keltirishga ham chogʻladi. Negaki, butun dunyo ahli davomli karantin talablaridan ozurda boʻlib, anʼanaviy turmushga qaytish uchun qonunbuzarliklarni-da amalga oshirayotgan bir paytda aksariyat yurtdoshlarimiz ota-bobosidan meros hunarini bir on qoʻymadi. 60 foizi qishloqlarda istiqomat qiladigan aholimiz kaftdekkina boʻlsa-da, oʻz tomorqasida loaqal oilasi ehtiyojini yaratish bilan andarmon boʻldi. Kulollik, yogʻoch oʻymakorligi, kashtadoʻzlik, zargarlik, doʻppidoʻzlik kabilar bilan mashgʻul boʻlganlar esa eng ogʻir sinovli kunlarda ham “Uyda qoling” shioriga shundoq ham risoladagidek amal qildi. Shu bilan birga, dono xalqimizning oʻzi yaratgan “Hunar — hunardan rizqing unar” maqolining mazmunini hunarmandlarimizning oʻzlari ham pandemiya davrida yana-da chuqurroq his etdilar, desak xato boʻlmaydi. Ayniqsa, oilasi, farzandlari tarbiyasi bilan bir paytda oʻz ishini ham toʻxtatmagan Yorqinoy opa kabi hunarmand ayollarimizni butun dunyo ayollariga ibrat qilsa arzigulik!

Bosh kiyimlar uchun talab boshqa narsalar singari kiyimning ma’lum bir elementiga bo‘lgan muhabbatidan boshlangan. Oradan yillar o‘tsada, ularga bo‘lgan talab va tanlashdagi qonun-qoida o‘zgarishsiz qoldi.

XX asrdagi bosh kiyimlar turi hozirda har qanday odamni hayratga solishi mumkin: klosh, gaucho, tok, feska, kotelok, fedora, trilbi, kanotye, tirol shapka va boshqalar. XXI asrga kelib ayollarga bosh kiyim tanlashda biroz yengilliklar paydo bo‘ldi. Sababi ularning bir necha turi o‘z-o‘zidan urfdan qoldi.

Ammo bugungi kunga kelib sandiqda qolib ketgan bosh kiyimlari yana urfga kirmoqda. Bunday tendensiyani nafqat podiumlarda, balki shahar ko‘chalarida ham uchratish mumkin. Asosan 15 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan ayollarning aksariyati bosh kiyimdan foydalanishni afzal ko‘radi.

Unga ko‘ra, sport uslubida kiyingan ayollar trikotaj bosh kiyimlarini, baland poshna va mo‘yna kiygan xonimlar esa klassik uslubdagi bosh kiyimlarida ko‘rish mumkin. Bosh kiyim asosan yuz shakliga ko‘ra tanlangani maqsadga muvofiq. Shundagina uning yarashgani yoki aksincha bo‘lishi mumkinligi vaqtida ayon bo‘ladi.

Dumaloq yuz

Yuzning yuqori qismini ochiq qoldiruvchi shlyapa va shapkalar siluetni vizual ravishda cho‘zadi va nisbatlarni muvozanatlashtiradi. Dumaloq yuz egalari to‘qilgan shapkalar, boshga assimetrik tarzda o‘rnatiladigan kozirokli shapkalar, yon tomonga kiyiladigan beretlar, yumshoq shlyapalar, quloqli shapkalardan foydalanishi mumkin. Lekin ular uchun kichkina va juda tor, tabletka shaklidagi shlyapa, bandanlar deyrali to‘g‘ri kelmaydi.

Uzunchoq yuz

Uzunchoq yuz xonimlari uchun “trilbi” uslubidagi klassik shlyapalar tavsiya etiladi. Shuningdek, kozirogi juda katta bo‘lmagan kepkalar, peshonani yopib turuvchi hajman katta beretlar, “gaucho”ga o‘xshash keng aylanali shlyapalarni ham kiyishi mumkin. Ammo ular peshonani to‘liq yopuvchi va bo‘yni baland ko‘rsatuvchi shlayapalardan voz kechish kerak. Shu bilan birga to‘qilgan shapkalar doim ham yarashavermasligi mumkin.

Uchburchak yuz

Peshonasi iyagiga nisbatan keng ayollarga assimetrik tarzda kiyiladigan beretlar juda yarashadi. Shuningdek, o‘ta katta bo‘lmagan zich to‘qilgan shapkalar hamda quloqchali bosh kiyimlar ham tavsiya etiladi. Bunday vaziyatda keng peshona va kichkina jag‘ga mos keluvchi bosh kiyimi tanlashni unutmaslik kerak. Shuning uchun ham uchburchak yuz shakli uchun shapka tanlash biroz nozik masala. Sabab har qanday bosh kiyimi peshona qismni yanada katta ko‘rsatishi mumkin. Zich to‘qilgan keng bosh kiyimlaridan esa voz kechgan ma’qul.

To‘rtburchak yuz

Ko‘pincha ushbu shakldagi yuzlarning yanoq suyagi ko‘zga tashlanadi. Ularni yashirish uchun peshona qismini biroz ochiq qoldiradigan, orqa tomonga tushiriladigan trikotaj shapkalar mos keladi. Quloqlarga tushib turuvchi shlayapalar ham yuzni yanada ixcham ko‘rsatadi. Quloqlari orqaga bog‘lanadigan mo‘ynali shapkalar to‘rtburchak yuzli xonimlar uchun ayni muddao. Keng bosh kiyimlari va peshona butunlay to‘sib turuvchi shapkalar to‘rtburchak yuzli ayollarga tavsiya etilmaydi.

Bosh kiyimlarni tanlashda nafaqat ustki kiyim yoki yuz shakli, balki butun boshli qomat ham inobatga olinishi zarur.

Keng aylanali shlyapalar balandligi o‘rtachadan kam bo‘lmagan qizlar uchun mos keladi.

Baland bo‘yli to‘lishgan qizlar uchun tor va ixcham shlyapalar mos keladi.

Ozg‘in va uzun bo‘yli ayollarda har qanday shakldagi keng bosh kiyimlar chiroyli ko‘rinadi.

Bo‘yi past xonimlar esa keng va katta shapkalardan uzoqroq bo‘lgani ma’qul.



Moda olamidagi qoidalarni bilgandan so‘ng unga rioya qilish juda muhim.
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish