8-§. AQSHNING 60-90-YILLARDAGI ICHKIVA TASHQI SIYOSATI 1960-yil prezident Saylovlarida demokratlar g alabaga erishdi. Konservativchilar yetakchisi sobiq vitse-prezident R.Nikson (1913-1995) demokratik partiya vakili - 43 yoshli Jon Kennedidan mag’lubiyatga uchradi. Kennedi Jon (1917-1963) - AQSHning demokratlar partlyasidan saylangan 35-prezidenti (1961-1963). Iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha bir qator muvaffaqiyatli chora-tadbirlar qabul qildi. Dallasda o’ldirilgan.J.Kennedi ko’plab taniqli ziyolilar vakillarini hamkorlikka chaqirdi, ular orasida anchagina neoliberallar ham bor edi. Kennedi hukumatining ijtimoiy-iqtisodiy dasturi asosida ichki bozorni kengaytirish harakatlarini ko’paytirish orqali iqtisodiy o’sish sur’atini rag’batlantirish g’oyasi yotar edi. Ushbu dastur doirasida prezident quyidagilarni taklif etdi: eng kam ish haqini oshirish, ishsizlik bo’yicha nafaqa berish muddatlarini uzaytirish, uy-joy qurilishini kengaytirish, ta’lim, sog’liqni saqlash tizimini yaxshilash va malakali ishchi kadrlarni tayyorlash. Ushbu islohotlar katta xarajatlarni talab qilib, hukumat bunga soliqlarni ko’paytirish orqali erishishni mo’ljallagan edi. Islohotlarni amalga oshirishga urinish J. Kennedi bilan yirik korporatsiyalar o’rtasida nizolarga olib keldi. Prezident ularni o’z mahsulotlari narxlarini oshirmaslikka majbur qildi. Bu bilan og’ir sanoatning barcha tarmoqlarida narx o’sishi to’xtatib qolindi. Demokratik partiya ichida parchalanish yuz berdi. Prezident islohoti atrofida keskin siyosiy kurash avj oldi. 1963-yil 22-noyabrda J. Kennedi Dallasda (Texas shtati) o’ldirildi.
Texaslik boy neft sanoatchisi, vitse-prezident Lindon Jonson AQSHning 36-prezidenti etib saylandi. Uni katta biznes qo’llab-quvvatladi, demokratik partiya esa unga yakdillik bilan ovoz berdi. Yangi prezident Kennedi siyosatini davom ettirdi. Uning dasturi Buyuk jamiyatdeb ataldi. L.Jonson "kambag’allik va irqiy adolatsizlikka barham berish"ga qaror qilganligini ma’lum qildi .
60-yillar o’rtalari neoliberalizmning nisbatan faollashuv davriga aylandi. Ilk bor AQSHda ijtimoiy muammolarni va kambag’allikni bartaraf etishni kompleks hal etishga harakat boshlandi. F.Ruzvelt davridan buyon mamlakat ijtimoiy islohotlarning bunday jadalligini bilmagan edi. Kam daromadli fuqarolarga yordam berish dastuli qabul qilindi. Hukumat barcha bosqichdagi ta’limni rivojlantirish"arzon turar-joy qurilishi, yoshlarga kasbiy ta’lim berishga yirik subsidiyalar ajratdi. 1965-yil iyulda qariyalar uchun tibbiy~sug’urta to’g’risida qonun qabul qilindi, kam daromadli oilalar imtiyozli tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega bo’ldi.
L. Jonson ma’muriyatining, ayniqsa, irqiy kamsitishga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlari katta ahamiyat kasb etdi. Bunda negrlarni ishga qabul qilish, ijaraga turar-joy berishdGl kamsitishga chek qo’yish nazarda tutilgandi. Yangi prezident ma’muriyati fermerlarga yirik subsidiyalar berdi. 1968-yili hukumat ushbu maqsadlar uchun 3,5 mlrd. dollar ajratdi. Umuman olganda, hukumat. barcha ijtimoiy chora-tadbirlarga 1964-1968-yillar davomida 10 mlrd. dollar ajratdi.