Yillarda Gretsiya



Download 21,82 Kb.
Sana11.01.2017
Hajmi21,82 Kb.
#162

Aim.uz

1870-1890 yillarda Gretsiya
Gretsiya shimoldan Makedoniya va Bolgariya bilan, sharqdan Turkiya va Egey dengizi bilan, garbdan O`rta yer dengizi, Ionika dengizi, Albaniya va Makedoniya bilan chegaradosh.

Rel`efi: Taxminan 4/5 hududini tog’lar va yassi tog’lar tashkil qiladi ( yuqori nuqtasi – Olimp togi, 2917 m.).

Maydoni – 132 000 kv.km.

Aholisi – 10.5 mln. kishi. Tarkibi – greklar (98%), boshqa millatlar (2%).

Poytaxti – Afina shahri.
1870 yilda Gretsiyaning aholisi 1458 ming kishi edi. Hamma grek aholisining yarmidan ozrog’i grek qiroligida yashardi. Greklar-Makedoniya, Epir va Fessaliyada yashar, Turkiya qo’l ostida qolgan Egey dengizi orollarida va Kichik Osiyoning Egey sohillarida turishardi.

Gretsiya territoriyasining bir-biridan ajralganligi ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish va milliy jihatdan konsolidaciya qilishiga xalaqit berardi. Bu davrda grek hukmron doiralari birinchi navbatda Gretsiyaning g’allaga boy viloyati - Fessaliya va Krit orolini o’z qo’llariga olishga harakat qildilar, Krit orolini XIX asrning 50- yillaridaya boshlab turklar hukmronligiga qarshi to’xtovsiz xalq qo’zg’olonlari larzaga keltirib turardi. 1877—1878 yillardagi Rossiya-Turkiya urushi, Bosniya va Gersegovinada, shuningdek Bolgariyada bo’lgan turklar hukmronligiga qarshi qo’zg’olonlar sulton qo’l ostida qolgan grek territoriyasini ozod qilish uchun Gretsiyada boshlangan harakatni kuchaytirib yubordi. Salonikada partizanlar urushi avj olib ketdi.

Shu kezlarda Gretsiyada hokimiyat tepasida Kumunduros hukumati turardi. Hukumat Rossiya-Turkiya urushida qatnashishga tayyorgarlik ko’rish uchun ichki zayom chiqardi, 1877 yil. qoshida esa palata umumiy harbiy xizmat to’g’risida qabul qildi. Kumunduros hukumati o’rnini koalitsiya oldi. Bu hukumat tarkibiga mustaqillik uchun kurashni admiral Kanaris rahbarligi ostida bo’lgan hamma partiyalarning rahbarlari kirgan edi.

Rossiya-Turkiya urushida Gretsiya qanday poziciyada turish lozim degan masalada mamlakatda qattiq kurash boshlanib ketdi. Mamlakat aholisining ko’pgina qatlamlari, birinchi navbatda, tug’ilib kelayotgan sanoat burjuaziyasi va badavlat devdonlarning vakillari Gretsiyaning Turkiyaga qarshi urushda ishtirok qilishini yoqlab chiqdilar, ular aholisi greklardan iborat bo’lgan yangi-yangi unumdor erlarni Gretsiyaga qo’shib olishni talab qildilar. Armiya namoyandalari, mayda burjua doiralari, intelligenciya, nufuzi katta bo’lgan pravoslav ruxoniylarning vakillari ham urushda qatnashishni yoqlab fikr bildirdilar. Usmoniylar imperiyasi territoriyasida yashovchi grek aholisiga qarshi turk hukmdorlarining ta’qibi munosabati bilan ular o’rtasida g’azab o’ti kuchayib ketgan edi. Ko’p jihatdan Buyuk Britaniyaga qaram bo’lgan savdo-moliya burjuaziyasi qurolli neytralitetni yoqlab chiqdi, bu narsa, grek armiyasi urush boshlagan takdirda Pirey portini ishg’ol qilish to’g’risida do’q qilib koalitsiya hukumatiga juda qattik, ta’sir ko’rsatayotgan Angliya hukumatining maqsadlariga juda mos tushardi.

Kanaris hukumatining qat’iyatsizligi Gretsiyada norozilik tug’dirdi, buning sababi ayniqsa shu ediki, bu vaqtlarda rus qo’shinlari Turkiyaga qarshi g’alabali hujumga o’tib, Plevnani ishg’ol qilgan va Adrianopolga qarab yurish boshlagan zdilar. Afkor ommaning tazyiqi ostida koalitsion hukumat iste’fo berishga majbur bo’ldi, 1878 yil yanvarida esa Kumunduros hukumati tuzildi, bu hukumat epir, Fessaliya va Kritdagi qo’zg’olonchilar harakatiga faol yordam berdi va urushga jadal tayyorgarlik ko’ra boshladi. 1878 yil 2 fevralda hukumat Fessaliyaga 12 ming kishidan iborat korpus yubordi, lekin 1878 yili 3 martda San-Stefano sulh shartnomasining tuzilishi, shuningdek buyuk davlatlarning, birinchi navbatda, Buyuk Britaniyaning do’qlari natijasida Gretsiya boshlagan hujumini to’xtatishga majbur bo’ldi.

Gretsiyani Berlin kongressida qatnashtirmadilar, uning vakillari Gretsiya masalasi muhokama qilingan vaqtdagina taklif etildi. Kongress, Gretsiya bilan Turkiya chegaralarini o’zgartirish manfaatdor davlatlarning o’zlariga qo’yib berilishi kerak, deb qaror chiqardi va Buyuk Britaniya har qancha qarshilik qilgan bo’lsada, Fessaliya bilan epirning bir qismini Gretsiyaga berish Turkiyaga tavsiya qilindi. Bu territoriyalarni Turkiya faqat 1881 yil noyabrida, ya’ni olti buyuk davlat vakillari ishtirokida uzoq muzokaralar olib borilgandan keyingina Gretsiyaga berishga majbur bo’ldi. Shunday qilib, Gretsiyaning qo’lga kiritgan yangi territoriyalari Rossiya-Turkiya urushida to’g’ridan-to’g’ri ruslar qurolining muvaffaqiyati orqasida erishilgan natija edi.

Kongressdan bir oz ilgari Buyuk Britaniya hukmron doiralari Turkiyani 1878 yil 4 iyunidagi Kipr konvensiyasi degan konvensiyani qabul qilishga majbur etgan edilar. Shunga muvofiq Kipr Buyuk Britaniyaning «muvaqqat idorasi»ga topshirilgan edi. Ingliz hukmron doiralarining bosqinchilik harakatlari va Kiprning anneksiya qilinishi Gretsiyada juda katta norozilikka sabab bo’ldi.

XIX asrning 80-yillarida Gretsiya ekonomikasi tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. 1881 yilda Janubiy Fessaliya va bir epir okrugining Gretsiyaga qo’shilganligi bunga qisman yordamlashdi, buning natijasida mamlakat territoriyasi 13 ming kvadrat kilometr aholisi esa 300 ming kishi ortdi. Mamlakatda ishlab beruvchi va kon sanoati korxonalari paydo bo’la boshladi, to’qimachilik fabrikalari, ko’n zavodlari, tegirmon, moyjuvozlar vujudga keldi, vino zavodlari qurildi, savdo-sotiq kengaydi. Agar 1867 yili Gretsiyada mashina dvigateli bilan ishlaydigan 22 tagina sanoat korxonasi bo’lgan bo’lsa, 1889 yilda ularning soni 145 taga etdi.

1890 yilga borganda Gretsiyaning savdo floti 250 ming. tonna hajmdagi 5800 elkanli kemadan va 43 ming tonna hajmdagi 86 bug’ kemasidan iborat edi. Gretsiyada kapitalizmning rivojlanishi bilan birga burjuaziyaning, ayniqsa savdo burjuaziyasining ta’siri kuchaydi Kon sanoati chet el kapitali qo’lida edi. Chet el kapitalistlari Gretsiyani o’z sanoat mollari uchun bozor va xom ashyo manba qilib qo’yishga urindilar. Gretsiyadan chet el kapitali ikki asosiy yo’l bilan: davlat zayomlari yo’li bilan va xususiy investiciya yshli bilan tarqalardi. Faqat 1879 yildan 1893 yilgacha o’tgan davr ichida jami bo’lib 640 million oltin franklik zayomga shartnoma tuzilib, aslida 464 millionlik zayom olingan edi. Shu davr ichida zayom ustidan to’langan procentlar va puli qaytarib berilgan zayomlar summasi 470 million frank bo’ldi. Gretsiya olgan qarzidan ko’ra ko’proq pul to’lagan bo’lsa ham, yana puldorlarga ancha qarzdor bo’lib qoldi. Chet davlatlardan olgan qarzlari yuzasidan to’laydigan foizlarini yanada og’irroq shartlar bilan olingan yangi mahsulot zayomlari hisobiga to’ladi. 1892 yilda butun davlat daromadning yarmi zayomlarya yuzasidan procent to’lashga ketdi. Usha vaqtlarda Gretsiyaga hammadan ko’p qarz berib turgan davlalar Angliya, Germaniya va Fransiya edi. Bunda olingan qarzlarning katta qismi Gretsiya ekonomikasini rivojlantirishga emas, balki harbiy harajatlarga ketdi.

Chet el kapitalining xususiy investiciyalari asosan moliya sohalariga, kon sanoatiga, elektr sanoatiga va transportga solindi. 1893 yilda fransuz kapitali ishtiroki bilan Afina banki tuzildi, Korinf kanali qurildi.

Kopaidda botqoqlarni quritish yuzasidak tuzilgan Angliya koncessiyasining ishlari mamlakatni mustamlakachilik asosida behayolik bilan talanganini ko’rsatadigan yorqin misoldir. Inglizlar Gretsiya hukumatini bir qancha asoratli bitimlar tuzishga majbur qildilar, bu bitimlar o’z politsiyasi va o’z tartiblari bor firmani «davlat ichidagi davlat» holiga qo’ydilar.

Gretsiyada qurilish ishlari kuchayishi va chet el kapitali oqib kelishi bilan bir qatorda savdo xodimlari va amaldorlar orasida juda keng miqyosda firibgarlik; poraxo’rlik, spekulyatsiya, muttahamlik, to’g’ridan-to’g’ri o’g’irliklar kuchayib ketdi.

1882 yildan 1895 yilga qadar ayrim qisqa muddatli o’zilishlar bilan Gretsiyada Trikupis hukumati hokimiyat tepasida turdi, bu hukumat yirik burjuaziyaning, asosan, chet el kapitali bilan bogliq bo’lgan savdo burjuaziyasining manfaatlarini ifodalardi. Trikupis hukumati tashqi siyosatda Fransiyaga suyanib ish ko’rardi. Turkiyaga nisbatan esa yon berish poziciyasida turdi. Turkiyaga qarshi ko’prok. qat’iy harakat qilish tarafdori bo’lgan, millatchilar degan guruhning boshlig’i bo’lgan Deliyanis hukumati ikki marta Trikupis hukumatining o’rnini oldi.

1889 yilda Krit orolida ommaviy qo’zg’olon boshlanib ketdi, bu qo’zg’olonga turk hukmdorlarining Krit avtonomiyasiga qarshi qaratilgan buyruqlari sabab bo’ldi. Turk qo’shinlari misli ko’rilmagan shafqatsizlik bilan qo’zg’olonni bostirdilar. Turklarning vahshiyliklari Gretsiyada g’azab o’tini kuchaytirib yubordi, butun mamlakatda kritliklarga yordam ko’rsatishni talab qilgan norozilik mitinglari va namoyishlari boshlanib ketdi. Krit aholisini «sabr qilish»ga da’vat qilib turgan Trikupis hukumati iste’fo berishga majbur bo’ldi.

1890 yilda qo’zg’olon bostirildi. Turkiya hukumati orolda ba’zi bir islohotlar o’tkazishga va’da qildi, lekin qo’zg’olon bostirilgandan keyin va’dasini unutib yubordi. Yildan-yilga kritliklarning noroziligi kuchayib, 1896 yil oxiriga borganda yangi qurolli qo’zg’olon boshlanib ketdi, bu qo’zg’olonga javoban Turkiya orol aholisini yanada qattiq ta’qib ostiga olib, qonga botirdi.

Deliyanis boshliq Gretsiya hukumati Krit oroli ishlariga aralashishga harakat qilib ko’rdi. 1897 yil 15 fevralda Krit orolini turklardan tozalash maqsadida orolga grek qo’shinlari otryadi tushirildi, oradan bir oz o’tgach esa shaxzoda Georg ko’mondonligi ostida bu erga grek floti yuborildi. Lekin Gretsiya hukumatining bu choralariga Evropa davlatlari, asosan, Angliya qattiq qarshilik ko’rsatdi, chunki uning o’zi Krit oroliga ko’z olaytirayotgan edi. Greklar flotini buyuk davlatlarning eskadrasi yo’lda to’xtatdi. Bu davlatlar nomidan agar Gretsiya harbiy choralar ko’rishdan voz kechsa, Krit oroliga avtonomiya beriladi, deb va’da qilindi.

Mamlakatda vatanparvarlik tuygulari juda kuchayib ketdi. 1894 yildayoq oficerlar tomonidan tashkil qilingan yashirin «Milliy jamiyat»ning hukumatga ta’siri juda katta bo’ldi. Bu jamiyat turklarga qarshi kat’iy harakat qilishni talab qildi. 1897 yil 2 fevralda Gretsiyada umumiy safarbarlik e’lon qilindi. Gretsiya qo’shinlari Fessaliya rayoni, Turkiya chegaralariga yaqinlashib bordilar, 1897 yil aprel oyi boshlarida esa «Milliy jamiyat» tarafdorlaridan tuzilgan otryadlar Makedoniyaga bostirib kirdilar. 1897 yil aprelda Turkiya Gretsiyaga urush e’lon qildi. Boshlanib ketgan urush harakatlari birdaniga Gretsiyani noqulay ahvolga solib qo’ydi. Gretsiyaning urushga tayyorgarlik ko’rmaganligi ma’lum bo’lib qoldi. Gretsiya floti buyuk davlatlarning talabi bilan bir joyda qimirlamasdan harakatsiz turdi. Turklarni Krupp qurol-yarog’lari bilan ta’minlangan va son jihatidan ko’p bo’lgan quruqlikdagi armiyasi epir va Fessaliyada greklar armiyasiga ustma-ust bir qancha zarbalar berib, uni mag’lubiyatga uchratdi. Turklar armiyasi bu rayonlarni uch haftagacha ishg’ol qilib turdi.

Gretsiya hukumati o’rtada vositachi bo’lishni iltimos qilib rus hukumatiga murojaat etishga majbur bo’ldi. Rossiyan bu ishga aralashganligi orqasida turk qo’shinlari hujumni to’xtatib, Gretsiya armiyasi tor-mor bo’lishdan omon qoldi. 1 yil 19 mayda Rossiya vositachiligi orqasida vaqtincha sulh tuzildi. 1897 yil 4 dekabrda esa Konstantinopolda uzil-kesil sulh shartnomasi imzolandi. Bu shartnomaga muvofiq, Gretsiya Turkiya hukumatiga 4 million turk funti miqdorida qarz mukofot va urush harakatlaridan zarar ko’rgan xususiy kishilarga 100 ming funt haq to’lash majburiyatini o’z zimmasiga oldi.

Bu urushda Gretsiyaning engilishi natijasida monarxiyaga qarshi kayfiyat birdaniga kuchayib ketdi. 1898 yil 26 fevralda Afinada qirol Georgga suiqasd qilindi.

Harbiy byudjetning oshib ketishi, og’ir shartli zayom to’lovi, muvaffaqiyatsiz chiqqan Gretsiya-Turkiya urushi-bularning hammasi Gretsiyaning moliyaviy ishlariga putur etdi. 1893 yilda davlat qarzi 598 million oltin draxmaga hukumat davlatning singanligini e’lon qildi va zayom yuzasidan to’lov to’lashni 30 procentga etkazib kamaytirdi.



Buyuk davlatlar Gretsiyaning urushda mag’lubiyatga uchraganligidan foydalanib, uning ustidan chet mamlakatlar moliya kontrolini o’rnatdilar. 1898 yilda Gretsiyada hukumatdan mustaqil ravishda Xalqaro moliya komissiyasi tuzildi, bu komissiya Angliya, Fransiya, Italiya, Avstriya-Vengriya va Germaniya vakillaridan iborat bo’lib, davlat monopoliyalaridan, ba’zi bir akcizlar va tamojnyadan tushadigan daromadlar (zayomlar yuzasidan to’lanadigan procentlarni ta’minlash uchun) shu komissiya ixtiyoriga berildi. Bu komissiya aslida mamlakatning butun iqtisodiy hayotini o’z nazorati ostiga oldi.

Garchi Gretsiya Krit uchun kurashda engilgan bulsa ham lekin buyuk davlatlarning yordami bilan bu orolda juda muhim reformalar o’tkazildi, bu reformalar natijasida Krit orolini sulton faqat rasmiy jihatdan idora qilib turardi. Buyuk davlatlar bu reformalarni «ta’minlash» bahonasi bilan orolga o’z qo’shinlarini tushirdilar, bunda Germaniya bilan Avstriya-Vengriya qatnashmadi, ular Turkiya bilan janjallashishni o’zlari uchun noqulay deb bildilar.
Download 21,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish