L.Jonson. "Buyuk jamiyat" tashkil etish dasturi Jonson Lindon (1908-1973) - demokratik partiyadan saylangan AQSHning 36-prezidenti. Aynan uning davrida Shim. Vyetnamga qarshi agressiya boshlangan edi. J.Kennedi va L.Jonson ma’muriyati "moslashuvchan javob qaytarish" siyosatini davom ettirdi. Bu siyosat har qanday bo’lishi mumkin bo’lgan chaqiriqqa javob qaytarishga qobillikni anglatar edi. Endilikda nafaqat katta, shuningdek, kichik urushlarni ham nazarda tutish lozim edi. J.Kennedi davrida mamlakatda misli ko’rilmagan darajada qurollanish poygasi avj oldi. AQSHning raketayadro aslahasi 60-yillarda ilgarigi davrga qaraganda bir necha marta jadal suratda ko’paydi. 1965-yil fevralda prezident L. Jonson Shim. Vyetnam shaharlarini bombardimon qilish haqida buyruq berdi. O’sha yilning mart oyida esa Vyetnamga 50 ming Amerika askarlari yuborildi. Uch yildan so’ng esa harbiy harakatlar safida 550 ming AQSH armiyasi askarlari ishtirok etdi. 1968-yil kuziga kelib AQSH Vyetnamda 30 ming kishini yo’qotdi, 180 ming nafari yaralandi. Ijtimoiy islohotlarga pul ajratish keskin qisqarib ketdi. Fuqarolar erkinligiga hujum kuchaydi. Vyetnamda Songmi qishlog’i va uning 400 nafar aholisining qirib tashlanishi ushbu harakatlar yanada avj olishiga sabab bo’ldi. Biroq bunga javob sifatida ilg’or arboblarga qarshi terror kuchaytirildi. 1968-yil apreldanegrlarning fuqarolik huquqi uchun kurashuvchi doktor Martin Lyuter King o’ldirildi. O’sha yilning iyun oyida esa Los-Anjelosda prezident Kennedining akasi Robert Kennedi o’ldirib ketildi. U prezidentlikka o’z nornzodini qo’ygan edi.
Respublikachilar boshqaruvi Xalqaro munosabatlar. "Moslashuvchan javob qaytarish" siyosati 1968-yil Saylovlarida unchalik katta bo’lmagan farq bilan respublikachilar partiyasi g’alaba qozondi. Prezidentlikka R.Nikson saylandi. Biroq demokratik partiya. kongressning har ikki palatasida ko’pchilik ovozni saqlab qoldi.RespublikachjIar partiyasi Qo’shma Shtatlar chuqur iqtisodiy va siyosiy tanglikka tushgan paytda hukumat tepasiga keldi. 1969-yil 2- yarmida sanoat ishlab chiqarishi ,keskin;kamayib, ishsizlar soni ko’payib ketdi. 1971-yil yanvarga kelib, mamlakatdagi ishsizlar soni 5 mln. kishini, ya’ni butun ishchi kuchining 6 foizini tashkil etdi. Chuqur energetika inqirozi boshlandi. Yaqin Sharqda sharoit keskinlastlgani bois neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar AQSHga neft yetkazib berishni qisqartirdi. Bu, narx – navoning yangidan oshishi va inflyatsiyaning kuchayishiga olib keldi. Iqtisodiy inqiroz respublikachilarni ko’p jihatdan o’z qarashlarini qayta ko’rib chiqishga majbur etdi. Hukumat tepasiga kelgunicha R.Nikson davlatning boshqaruv vazifasi kuchsizlanishi va erkin tadbirkorlikning kuchayishi zaruriyati haqida so’zlagan edi. Inqirozga duch kelgan respublikachilar partiyasi safida bo’linish yuz berdi: "erkin tadbirkorlik" tarafdorlari bilan bir qatorda yangi qanot - iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishda davlat rolining oshishi dasturini ilgari surgan neokonservatorlar paydo bo’ldi. Bu qanotga prezident R.Niksonning o’zi boshchilik qildi. 1971- yil 15-avgustda u "yangi iqtisodiy siyosat"ga o’tishni e’lon qildi. Bu, iqtisodiyotga davlat aralashuvining o’sishi va erkin tadbirkorlikka qarshi cheklovchi choralarni kiritishga yo’l qo’yadigan neokonservatizmning g’alabasini anglatar edi. Narx va maoshlar muzlatib qo’yildi, davlat xarajatlari qisqartirildi, dollarni oltinga almashtirish vaqtincha to’xtatildi va AQSHga keltirilayotgan tovarlarga 10 foizli boj haqi kiritildi. Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga bo’lgan ilgarigi cheklanishlar bartaraf etildi. Bu choralar ahvolni yaxshilamadi. Inflyatsiya oshib bordi, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashdi. Yangi iqtisodiy siyosat boshi berk ko’chaga kirib qoldi. R.Nikson hukumati energetika muammolarini ham hal eta olmadi. Neokonservatorlar ijtimoiy sohada ko’pgina muvaffaqiyatlarga erishdilar. Inqirozli vaziyat va mehnatkashlarning o’z huquqlari uchun kurashi ijtimoiy sohada ustomonlik bilan siyosat yuritishni talab etardi. R. Nikson ma’muriyati besh yillik faoliyatida qarilik nafaqasi, shuningdd’, mehnat ‘qobiliyafi yoki boquvchisini yo’qotishi munosabati bilan to’lanadigan nafaqalar miqdorini bir necha bor oshirdi. Bu toifa bo’yicha barcha to’lov turlari ushbu muddatda 45 foizga, ularni oluvchilar soni 30 mln. kishidan oshdi.Davlat yordanli tizimiayniqsa keng rivojlandi. Kambag’allik darajasidan quyi daromadli oilalar davlatdan maxsus nafaqa olish huquqiga ega bo’ldiki, bu ularni ng xarid qobiliyatini oshirdi va ichki bozorni rag’batlantirdi. R. Nikson kambag’al odamlar muayyan oziq-ovqat turlarini bepa olishi mumkin bo’lgan oziq-ovqat talonlari tizimining doirasini kengaytirdi. 1969-yilda 3 mln., 1974-yilda 13 mln. kishi bu tizimni qamrab olgan edi. 1974-yilda eng kam ish haqi soatiga 1,6 dollardan 2,2 dollarga ko’paydi. Shunday qilib, neokonservatizm ijtimoiy sug’urtani kengaytirish va davlat yordamini o’z ichiga oldi. Bu paytda mamlakatning 2- jahon urushidan keyngitashqi siyosati asosiga qurilgan bir qator muhim konsepsiyalari qayta ko’rib chiqildi. 1973-yil 27-yanvardaParijda Vyetnamdagi urushni to’xtatish haqida bitimga imzo chekildi. Amerika qo’shinlari mamlakatdan olib chiqildi. Bu urushda 58 ming amerikalik halok bo’ldi. Lotin Amerikasida AQSH har bir mamlakatnirga Kuba bilan munosabatlarini mustaqil yuritishi huquqini tan olishga majbur bo’ldi. Bu, AQSHning diplomatik blokada siyosatidagi ochiq-oydin adashish edi. Sovet-Amerika munosabatlarida bu paytda muhim burilish yuz berdi. Moskvada ikkala tomon tinch-totuv yashash haqida kelishib olishdi. Boshqa bir qator bitimlar imzolandiki, ular o’zaro munosabatlarni nafaqat yaxshiladi, balki butun xalqaro ahvolni o’zgartirib yubordi. 1972-yil prezidentlik Saylovlarida R. Nikson yana g’alaba qozondi. Saylovchilarning 60 foizi unga ovoz berishdi. Biroq kongress ikkala palatasidagi ko’pchilikni demokratlar tashkil etdi. Saylovlar tugashi bilan AQSHda siyosiy janjallar boshlandi. Dastlabki janjal vitse-prezident S.Agnyuning poraxo’rlikda ayblanishi bilan bog’liq bo’ldi. U shundan so’ng bu lavozimni tark etdi. 1973-yil Uotergeyt ishi bilan bog’liq siyosiy inqiroz boshlandi. 1972-yil 17-iyunda "Uotergeyt" mehmonxonasidagi demokratik partiya qarorgohida eshituvchi apparatlar o’rnatayotgan shaxslar guruhi ushlandi. Prezident R. Nikson ham bu ishga aralashgani ma’lum bo’ldi. "Uotergeyt janjali" va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini buzuvchi noqonuniy xatti-harakatlar, korrupsiyaga doir dalillar prezidentning iste’foga chiqishi uchun keng harakatlarni yuzaga keltirdi. 1974-yil 9 avgustda R.Nikson impichment (davlat lavozimidan majburiy cheklantirish) xavfi ostida iste’foga chiqdi.
AQSH vitse-prezidenti. Jerald Ford yangi prezident bo’ldi. U ijtimoiy sohadagi byildjet xarajatlarini qisqartirishga chaqirdi. Bu neokonservatizm konsepsiyasi va Nikson kursidan jiddiy chekinish edi. Respublikachilar partiyasi o’z ta’sirini yo’qota bordi va demokratlarga o’z mavqeini ‘bera boshladi.