Mavzu yuzasidan tayanch iboralar:
Jahon, siyosat, g’oya, mafkura, taьlimot, tarixiy jarayon, taraqqiyot, metodologik, davriylik, predmet, mustaqil fan, tsvilizatsiya o’choqlari, qadimgi Sharq, mafkuraviy qarashlar, maьnaviy tahdidlar, ijtimoiy – gumanitar fanlar.
Mavzu yuzasidan savollar:
1.Jahon siyosiy mafkuraviy taьlimotlar fani maqsad va vazifasi nimadan iborat?
2.Nima uchun jahon faylasuflari meьrosini o’rganishimiz zarur?
3.“ G’oya “, “ Mafkura”, “ Siyosat “ tushunchalariga izoh bering.
Adabiyot ro’yxati
I.Karimov. “Jamiyatimiz mafkurasi xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin”. T. “O’zekiston” 7- jild. 1998 y.
I. Karimov. Barkamol avlod orzusi. T. 1999 y.
A.Ibroximov “Bizkim o’zbeklar...” T. 2001 y.
F. Muhiddinova. “Siyosiy huquqiy ta’limotlar tarixi” T. 2003 y.
G’arb falsafasi. T. “ Sharq “ 2004 y.
Falsafa qomusiy lug’at. T. “Sharq” 2004 y.
2 - mavzu: Ilk tsvilizatsiyalar mafkurasi.
Reja:
Qadimgi Sharq-insoniyat tsvilizatsiyasining beshigi. Dastlabki ibtidoiy e’tiqodlar.
Dastlabki davlatlarda siyosiy-mafkuraviy qarashlar va ilk mafkuralarning Sharqda vujudga kelishining ob’ektiv sabablari.
O’rta Osiyoda diniy-mifalogik dunyoqarash asosida siyosiy mafkuralarning shakllanishi
“Xammurapi qonunlari” –Bobil mafkurasining xuquqiy manbai.
1 – masala. Qadimgi Sharq-insoniyat tsvilizatsiyasining beshigi. Dastlabki ibtidoiy e’tiqodlar.
Dunyo ilmi insoniyat madaniy taraqqiyoti sarchashmalari dastlab qadimgi Sharq mamlakatlari-Misr, Xitoy, Hindiston hamda Old Osiyo va O’rta Osiyo hududida, keyinchalik qadimgi Yunonistonda paydo bo’lganligini aniqlagan. Dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi ham aynan shu mamlakatlar va hududlarda yuz berdi. Shu bois insoniyat taraqqiyotining beshigi Sharq deb atalishi bejiz emas. Insoniyat tarixida o’z davrining katta-katta yutuqlari ham Sharqda kashf etildi va u insoniyatning keyingi taraqqiyotiga xizmat qildi.
Insoniyatning ibtidoiy davridayoq tabiat hodisalarining sirlarini bilishga intilish va yashab turgan geografik hudud sharoitining xilma-xilligi turli e’tiqodlarning kelib chiqishiga sabab bo’ldi, bu xol o’z davrida ibtidoiy e’tiqodlar ko’rinishida yuz berib, ma’lum ma’noda u kishilik hayotini tartibga solib turgan.
Ibtidoiy odamlarning tabiat hodisalari oldida ojizligi, bu hodisalarning asl sabablarini bilmasligi oqibatida ularda tabiat hodisalariga nisbatan turli tasavvurlar paydo bo’lgan. “Aql-idrokli odam” tabiatning dahshatli hodisalaridan faqat qo’rqib qolmasdan, uning sabablarini topishga ham intilgan. Shu tariqa bundan bir necha o’n ming yillar burun odamlarda dunyoni boshqaruvchi g’ayri tabiiy kuchlarga ishonch paydo bo’ldi.
Odamlarning dastlabki tasavvurlari zamirida keyinchalik ilk ibtidoiy e’tiqodlar vujudga keldi. Jonning tanani tark etishi bilan bog’liq tasavvurlar orqali ibtidoiy, falsafiy - siyosiy qarashlar o’z davrida jamiyat taraqqiyotida muhim rol o’ynagan. Yo’lboshchilar va oqsoqollar hokimiyatining kuchayishi bilan yo’lboshchilar va oqsoqollar o’lgandan keyin ham ularning ruhi qabila to’g’risida g’amxo’rlik qilaveradi, unga yordam beradi yoki aksincha undan g’azablanadi, deb ishonganlar.
Dastlabki diniy tasavvurlar natijasida keyinchalik animizm, totemizm, fetishizm va sehrgarlik atamalari bilan fanga kirgan qarashlar, ta’limotlar paydo bo’ladi. Bu ta’limotlar asrlar o’tgan sari rivojlanib, insoniyat tarixiy taraqqiyoti bilan birga yashab keldi va turli xalqlar hayotida hatto bugungi kunda ham urf-odat, a’nalar, turmush tarzida saqlanib qoldi, ma’naviy qadriyat sifatida yashab kelmoqda.
Dastlabki diniy qarashlarni quyidagi “ Klaster “ usulida bayon etishimiz mumkin: Animizm
Fetishizm
Totemizm
Dastlabki diniy qarashlar Sehrgarlik
“Animizm” lotin tilidagi “anima” “ruh”, “jon” so’zidan iborat bo’lib, kishilar, hayvonlar, predmetlar va hodisalarni go’yo ruh, jon boshqarib turishiga ishonish deb ta’rif beriladi “Falsafa qomusiy lug’at”da. Ushbu manbada keltirilishicha “Animizm atamasi ilk bor 1708 yilda nemis olimi G. Shtalь tamonidan muomulaga kiritilgan. 1871 yilda esa I. Telor animizm atamasini etnografiya fanida qo’llaydi. G. Shtalь animizm jon hayotning boshlanishi haqidagi ta’limot deb tushunsa, Telor esa uni nafaqat jon va ruhlarga ishonish, balki dinning kelib chiqishi haqidagi ta’limot, tandan jonning ajralib chiqishi, dinning “minimum” asosi deb hisoblaydi”1.
Animizm g’oyalariga e’tiqod qiluvchi ibtidoiy odamlar inson o’lgandan keyin uning ruhi yangi dunyoga keluvchi chaqaloq tanasiga o’tadi, inson jismi esa tuproqqa qo’shilib ketadi, deb tasavvur etishgan.
Qadimgi misrliklar esa o’lgan kishi jasadini mo’miyolab qo’yishgan. Shunday qilinsa uning ruhi yashashda davom etadi va ruh vaqti-vaqti bilan tanaga qaytib keladi, deb o’ylashgan. Ayniqsa, zodagonlar orasida bu odat keng tarqalgan bo’lib, fir’avn va uning oila a’zolari jasadini shu tariqa ko’mishgan. “Xudolar itoatgo’y kishilarni yoqtiradi, itoatsiz kishilarni qahr-g’azabiga oladi” degan qarashlar paydo bo’lgan. “Misrda Firavnni “xudoning o’g’li”, “buyuk xudo” deb atashardi.
Ibtidoiy odamlar hayotida urug’chilik jamoasining rivojlanishi munosabati bilan urug’ a’zolari urug’ boshliqlari, jangchilar urug’iga sig’inishi davom etgan. Har bir urug’, qalbilaning o’z e’tiqod qiluvchi ruhlari turli xudolar qiyofasida talqin etildi va ko’p xalqlarda oy, quyosh, yulduzlarga sig’inish, ulardan madad, kuch olish bilan bog’liq turli marosim, urf-odat, an’analar shakllanib boradi.
O’rta Osiyodagi ko’chmanchi chorvador xalqlar, shu jumladan saklardan ko’pincha katta mozor-qo’rg’onlar qolgan. Saklarning diniy tushunchalarida otashparastlikning ayrim unsurlari bo’lsa ham, ular osmon jismlari, (masalan quyosh xudosi-Mitraga) yoki tabiat kuchlariga, shu jumladan yovvoyi hayvonlarga topinishgan. Qadimgi saklar o’lgan odam tirikligida qanday bo’lsa, narigi dunyoda ham shundayligicha qoladi, deb o’ylashgan va o’lim bilan uning buyumlari-qurol-aslahalari, oziq-ovqat, minib yurgan oti ham ko’milgan. “Chorvador xalqlar jumlasiga kirgan skiflar yoki pahloviylar o’lgan shoh bilan birga uning xotinlaridan birini va xizmatkorlarini ham o’ldirib,
1. Falsafa komusiy lugat. T. « Shark ». 2004 y. 27 – bet.
birga dafn qilishgan. Ayrim xalqlarda shohlarning “yaqinlari”-qazo qilgan xo’jayinlari bilan birga ko’milishi lozim odamlar tirikligidayoq ma’lum bo’lgan. Ularni “birga o’ldirgan odamlar” deb atashgan. Ayni paytda bu “yaqinlar” hayotligida katta huquqlarga ega bo’lishgan”.
Qadimgi yunon xalqi odatiga ko’ra o’lgan odam er osti dunyosiga kirayotganida olov oqib turgan Stiks daryosida suzib o’tishi kerak bo’ladi.
Afsonaga ko’ra, daryodan Xaron degan qayiqchi olib o’tadi. Shuning uchun yunonlar o’lgan odamlarning og’ziga bittadan tanga solib ko’mishgan. Bu qayqchi Xaronning “kira haqi” hisoblangan.
Ibtidoiy diniy e’tiqod talqin e’tishicha er osti hukmdori mavjud. O’lgan kishining “keyingi hayoti” o’sha hukmdorning hukmiga bog’liq. Bunday qarash er yuzining juda ko’p xalqlari ibtidoiy qarashlarining negizini tashkil etadi. Hatto zardushtiylikda ham er osti saltanatining ilohi hukm chiqaruvchi va shu hukm ijrosini kuzatib boruvchi qozi bajargan. Marhumlar saltanatining hukmdori bitmas-tuganmas er osti boyliklarining egasi bo’lgan. U xazinalar, konlarni o’z tasarrufida saqlangan, eng muhimi er osti suv manbalari, buloqlari, daryolar, quduqlar sohibi, hisoblangan. Bularning barchasi odamlarda jami sug’oriluvchi nabotot uning ra’yi va hukmi bilan gullab-yashnaydi, serhosil bo’ladi, degan tasavvur uyg’otgan. Ularga atab turli marosim, o’tkazilgan, qurbonliklar qilingan.
Qadimgi xettlarning afsonalarida er osti podsholigiga ega xudolar odamlarning taqdirlarini to’qir hamda to’qimachilarga homiylik qilar emish. O’rta Osiyo ayollari orasida muqaddas sanalgan Devi Safed, Bibi Rasonda, Bibi Seshanbalar ham to’qimachilarning asosiy homiylari bo’lgan. Bibi Seshanba insonlarning jannatga tushishida va ishlarida yordam beradi, degan tushuncha mavjud bo’lgan.
Sharq xalqlari orasida anemizm e’tiqodi bilan bog’liq qarashlar bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. Bu ibtidoiy qarashlar xalqlarning urf-odat, an’ana, udumlarida o’z aksini topgan va milliy qadriyatlariga aylanib qolgan.
Ibdidoiy e’tiqod turlari o’z-o’zicha paydo bo’lmay, insoniyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida, turli shart-sharoitlarda vujudga kelgan. Animizm kabi totelizm e’tiqodi ham diniy tasavvurning ibtidoiy ko’rinishi sifatida odamlar hayotida muhim vazifani bajargan.
Do'stlaringiz bilan baham: |