Amaliy mashg’ulot №2 Mavzu. Suyakning kimyoviy tarkibini o’rganish. Nazariy tushuncha



Download 15,09 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi15,09 Kb.
#396951
Bog'liq
1-mavzu. Suyaklar kimyoviy tarkibi OA labaratoriya
200, lesson 2, Методические рекомендации, 1-Mavzu Sanoq sistemalari. Sanoq sistemalarida arifmetik amalla, 1-Mavzu Sanoq sistemalari. Sanoq sistemalarida arifmetik amalla, 9-sinf, Majmua OBD, milliy qadriyatlar maskani., milliy qadriyatlar maskani., Путешествие по страницам Детского альбома П.И.Чайковского), fortepiano 8 9 let-страницы-1-2, fortepiano 8 9 let-страницы-1-2, abu nasr al-forobiy va uning katta musiqa kitobi asari, DL Task 24697332 img2txt.com, 1-Nazorat savollariga Javoblar

Amaliy mashg’ulot №2
Mavzu. Suyakning kimyoviy tarkibini o’rganish.

Nazariy tushuncha. Suyak tarkibidagi organik moddalarning ahamiyati katta bo’lib hisoblanadi. Suyaklar kislotaga solinsa anorganik moddalar erib ketib, faqat organik moddalar saqlanib qoladi.Bunday holda ham suyaklar o`z shaklini o`zgar-tirmaydi, lekin ular egiluvchan va yumshoq bo`lib qoladi. Demak suyaklarning egiluvchanlik (elastiklik) holati organik moddalarga bog`liq bo`ladi. Suyaklar kuydirilsa, organik moddalar yo`qoladi. Bunday holda ham suyaklarning shakli saqlanib qoladi, lekin ular mo`rt bo’lib qoladi. Demak suyaklarning qattiqligi an-organik moddalarga bog`liq bo’ladi

Suyaklarni arralab tekshirilsa, uning tashqi tarafida zich (qattiq) modda va ichida g`ovak modda (ko`mik) hosilalar ko`rinadi. Zich moddalar diafiz (suyak tanasida) sohalarda yaxshi taraqqiy etgan bo’lsa, g`ovak modda suyaklarining epifiz (suyak uchlarida) qismlarida yaxshi rivojlangan bo’ladi.Suyaklarning g`ovak qismida ilik bo`lib, o`z navbatida ikki xil ilik tafovut etiladi. Qizil ilik-qonning shaklli tanachalari taraqqiy etadigan soha va suyak taraqqiyoti bilan bog’liq osteoblastlardan tarkib topadi. Sariq ilik yog` hujayralaridan hosil bo’ladi. Yoshlik davrida qon tanacha-larining taraqqiyoti va suyaklarning o`sishi kerak bo’lgan davrda qizil ilik, suyak taraqqiyoti tugagan davrda (keksalik davrida, sariq ilik ko`proq hajmni egallaydi.



Darsning maqsadi: Suyaklarning ichki va tashqi tuzilishi haqida talabalarga to`-liq ma’lumot berish hamda kuydirilgan va arralangan suyak preparatini tayyorlash.

Kerakli asboblar: tablitsa, darslik, atlas, al’bom, skelet va suyaklari, yirikroq qushning son yoki yelka suyagi, tosh-tarozi, osma tarozi pallasi.

Ishning borishi: Talabalarning amaliyot mashg’ulotiga tayyorgarligini og’zaki savol-javob orqali aniqlanadi va laboratoriya ishlarning bajarish tartibi so’ralib mustahkamlangach laboratotiya ishi olib boriladi.

1-Ish. Ko’ydirilgan suyak preparatini tayyorlash.

Ishning maqsadi: Suyak tarkibidagi mineral moddalarning ahamiyatini aniqlash.

Kerakli jixozlar:Baqaning son suyagi yoki balqning qovurg’asi, pintet, spirt lampasi, probirka, 30 % li xlorid kislota.

Ishning borishi.Suyakning bir uchidan pintset bilan ushlab, ikkinchi tomoni spirt lampasiga tutiladi. Bunda suyak qullansa hid chiqarib yona boshlaydi.Suyak avval

qorayib, keyin oqaradi va nihoyat ko’ydirilgan suyak preparati tayyor bo’ladi. Ta-labalar suyakning xossalarini unga qo’l tekizib ko’rish orqali tekshiradilar va uning oson uqalanishini aniqlaydilar.Shundan so’ng suyakning bir parchasini probirkaga solib, ustidan 30 % li xlorid kislota quyadilar va reaktsiyani kuzatadilar.



2-Ish. Suyakning kal’tsiysizlantirish.

Ishning maqsadi:Suyak tarkibidagi organik moddalarning xossalarini o’rganish.

Kerakli jixozlar:Probirka,10 % xlorid kislota, baqa suyagi yoki baliq qovurgasi.

Ishning borishi: Probirkaning uchdan bir qismiga 10 % xlorid kislota quyiladi va unga bir bo‘lak suyak solinadi. Probirkada reaktsiyaning borishi kuzatiladi. Bunda karbonat angidrid pufakchalar holatida ajraladi.Oradan 30 minuto’tgach, probirka-dagi kislota bo’sh idishga quyiladi va suyak probirkadan olinadi. Suyak yaxshilab yuviladi va xusuusiyatlari urganiladi.

Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Tajriba sxemasi ifodalangan rasmlarni albomingizga chizing.

3-Ish. Suyakning mustahkamligin i aniqlash.

Darsning maqsadi: Suyakning ichki tuzilishi hamda uning mustahkam ligi haqida to`liq ma’lumot berish. Suyaklarning xossalari o`rganilganda ularning mustahkamligi ta’kidlab o`tiladi.

Kerakli asboblar: qo`zi yoki yirikroq qushning son yoki yelka suyagi, tosh-tarozi, osma tarozi pallasi.

Ishning borishi: Aniqlash uchun olingan suyak yonma-yon turgan stollar o`rtasiga gorizantal holda qo`yiladi. Bunda suyakning bir uchi birinchi stolning chekasiga, ikkinchi uchi esa ikkinchi stolning chekasiga qo`yiladi. Shundan keyin suyakning o`rtasiga tarozi pallasi ilinadi.Palladagi toshlar 1 kg dan boshlab, to suyak singunga qadar ko`patirib boriladi va uning qancha og`irlikka bardosh berishi aniqlanadi.

Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Suyaklarni xossalari haqida laboratoriya daftaringizga yozing.

Darsni mustahkamlash uchun savollar

1.Suyak tarkibidagi organik moddalar va ularning ahamiyati.



2.Suyak tarkibidagi mineral moddalar va ularning ahamiyati.
Download 15,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika instituti
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
tashkil etish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
toshkent davlat
vazirligi muhammad
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
saqlash vazirligi
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
fanidan tayyorlagan
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
covid vaccination
sertifikat ministry
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
moliya instituti
ishlab chiqarish
fanining predmeti