Konfutsiylik taьlimoti Xitoy tarixida o’ziga xos o’rin egallaydi.
Konfutsiylik ta’limotining asoschisi mil. av. 551 – 479 yillarda yashab o’tgan xitoylik mutafakkir, faylasuf alloma va siyosiy arbob Kun Tszidir.
Uni muxlislari Kun Fu – tszi deb atashgan. Bu ism “ Hurmatli ustoz Kun”degan maьnoni anglatadi. Baьzi manbalarda keltirilishicha, XVII asrda Xitoyga kelgan iezuit – missionerlar xitoylik donishmand taьlimoti bilan tanishib, uni Konfutsiy deb atay boshlashgan va shu tariqa fanga faylasuf Konfutsiy nomi bilan kirdi, degan qarashlar mavjud.
U kambag’allashib qolgan aristokrat oilasida dunyoga keldi. Yigirma ikki
yoshida taьlim berish bilan shug’ullanib, Xitoyda birinchi marta xususiy maktab ochadi. U bu maktabda to’rtta fan - axloq, til, siyosat va adabiyotdan bolalarni o’qitgan. Ellik yoshida u siyosiy faьoliyatini boshladi. Lu knyazligida yuqori amaldor bo’lib xizmat qila boshlaydi. Ammo raqiblari tamonidan uyushtirilgan fitna natijasida xizmatdan ketadi. Umrining oxiriga qadar taьlim berish bilan shug’ullanadi. U hech qachon ilm istab kelganlarga rad javobini bermasdi. 3000 ga yaqin shogirdlari, 7 ta eng ko’zga ko’ringan izdoshlari bo’lgan. Uning shogirdlari va izdoshlari orasida obro’li xanadonlardan tortib, kambag’al xonadon vakillari ham bo’lgan. U 72 yoshida vafot etadi. Konfutsiyning siyosiy- axloqiy masalalarga doir qarashlari uning “Lunьyuy “( Suhbatlar va mulohazalar ) asarida bayon etilgan. Bu kitob aslida Konfutsiyning fikrlari va suhbatlari asosida shogirdlari va izdoshlari tamonidan yozilgan. 1. Konfutsiylik taьlimoti g’oyalari Xitoyda konfutsiylik dinining vujudga kelishiga asosiy omil bo’lib xizmat qildi. Bu falsafiy taьlimot ushbu dinning Xan sulolasi hukumronligi davrida davlat diniga aylantirdi.
Konfutsiylik taьlimotining asosini axloqiy va siyosiy hamda diniy – falsafiy masalalar tashkil etadi.
Konfutsiylikning axloqiy – siyosiy qarashlari uning “ Li – tszi “, “ Men – tszi “, “ Syunьtszi “ matnlarida ham o’z ifodasini topgan. Konfutsiyning maqsadi asarlarida bayon qilingan g’oyalar asosida xalqni jamiyatda mavjud tartib – qoidalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash bo’lgan. Uning axloqiy qarashlarida esa yoshi va ijtimoiy ahvoliga ko’ra, kichiklar kattalarga qatьiy bo’ysunmoqlari lozim. Konfutsiy otani, amaldorni, samoning erdagi farzandi bulgan podshohni izzat – hurmat qilish, unga xizmat qilish va bo’ysunishni hayotning maqsadi deb tushuntiradi. Jamiyatning qanday bo’lishi, uning fikricha, odamlarning hatti – harakati, faьoliyatiga bog’liqdir. U kamolatga etgan inson ( “tsyun – tszo” ) obrazini yaratadi. U shunday mukammal shaxs bo’lishi kerakki, boshqalar undan o’rnak olishi kerak. Har kim ideal inson bo’lishga intilmog’i zarur. Bu ideal inson
1. A. Xo’jaev. “ Buyuk ipak yo’li “ T. “ O’zbekiston milliy entsiklopediyasi “ 2007 y. 33 – bet. asosan ikki fazilatga - insonparvar va o’z insonlik burchini bekamu ko’st bajaradigan bo’lishi kerak. Insonparvarlik qonunini ( “ jen “ ) qudratli Osmon xudosi yuboradi. Jamiyat aьzolari uni o’rganib olishlari uchun axloq meyorlari ( “ Li “) ga, qoidalarga, anьanaviy urf – odat, marosimlarga
amal qilishi va o’zining jamiyatdagi darajasiga qarab ish tutishi zarur.
Burchni his etish deganda Konfutsiy bilimga intilish, o’tmish meroslari,
marosimlarini hurmat qilish, sadoqatli, ochiq ko’ngilli bo’lishni tushungan.
Burchni his etish masalasiga axloqiy majburiyat deb qaraydi. Konfutsiy fikricha, ideal inson deganda to’g’ri so’z, samimiy, ko’ngli toza, qo’rqmas va jasur, o’tkir fahm – farosatli, o’z mafaatlaridan ko’ra, o’zgalar manfaatini ustun qo’yaaoladigan, boylik va maishatga berilmaydigan insonlardir. “Odamlar, - deydi Konfutsiy , ijtimoiy kelib chiqishi yoki jamiyatdagi mavqei orqali emas, balki yuksak bilimi, qobiliyati, odamiyligi, adolatgo’yligi, haqgo’yligi, samimiyligi, burchni his etishi, farzandlik izzat – hurmati kabi yuksak maьnaviy fazilatlarga ega bo’lish orqali kamolatga etishi mumkin. “1 Konfutsiy o’zining ideal inson haqidagi ushbu qarashlari bilan Xitoy jamiyatida xayolan komil inson obrazini yaratdi, desak xato qilmagan bo’lamiz.
Konfutsiyning axloqiy qarashlari taьsirida tarbiyalangan uning ko’plab shogirdlari qadimgi Xitoy podsholiklarida eьtiborli mansablarni egallaganlar. Uning komil inson ( “ tszyun tszi “ ) g’oyasi keng xalq ommasi o’rtasida yoyila bordi. Uning axloqiy – siyosiy qarashlarida inson tarbiyasida bevosita taьsirga ega jamiyatning tuzilishi bilan bog’liq masalalr ham o’z aksini topgan. “ Podsho - podsholigicha, fuqoro – fuqoroligicha, ota – ona - ota – onaligicha, farzand – farzandligicha qolishi kerak “2, - degan fikrlari orqali u jamiyatda har bir fuqoro o’z vazifasini bajarishi kerak, ularning masьuliyatliligi jamiyatda barqarorlik va tinchlikni, tartib – osoyishtalikni taьminlaydi, degan g’oyani ilgari suradi.
Konfutsiy davlatni boshqarish to’g’risida o’zining mustaqil munosabatini bildirib, ideal inson tamoyiliga ko’ra, davlatni ijtimoiy kelib chiqishiga qarab emas, faqat qobiliyatli, bilimli, yuksak axloqli, sadoqatli va vijdonli insonlar boshqarishi kerak, degan fikrni bayon etadi. Uning fikricha, agar davlat boshqaruviga ijtimoiy kelib chiqishi yoki podshoga bo’lgan munosabati yuzasidan xodimlar tanlansa, davlat tanazzulga uchraydi.
Konfutsiy o’zining davlat siyosati bilan bog’liq ezgu qarashlari, g’oyalarini qanchalik ilgari surmasin, ammo uning ko’pchiik takliflari baьzi amaldorlar va hukumdorlar tamonidan qo’llab – quvvatlanmadi. Hatto unga qarshi kuchlar paydo bo’lishiga olib keldi va uni siyosiy faьoliyatdan chetlanishiga sabab bo’ldi.
1. A. Xo’jaev. “ Buyuk ipak yo’li “ T. “ O’zbekiston milliy entsiklopediyasi “ 2007 y. 33 – bet. 2.” Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf “. T. 2007 y. 36 – bet. Konfutsiyning ajoyib g’oyalaridan biri “ syao “ - insonning o’z ota – onasiga munosib farzand bo’lish g’oyasidir. “ Syao “ taьlimotining “ Li qonunlari “ ga ro’ra , farzand ota – ona hayotlik chog’ida mutloqo ularning inon – ixtiyoridadir. Agar ota - ona vafot etsa, farzand qanday ish bilan mashg’ul bo’lishidan qatьiy nazar, barcha ishini tashlab, uch yil aьza tutishi
shart. Konfutsiylikning « syao “ taьlimoti asrldar davomida Xitoy madaniyati,
amal qilishi va o’zining jamiyatdagi darajasiga qarab ish tutishi zarur.
Burchni his etish deganda Konfutsiy bilimga intilish, o’tmish meroslari,
axloqiy meyorlariga katta taьsir o’tkazib kelgan. Oila, nikoh masalasi ikki yoshning emas, ota - ona roziligi va xoxishi bilan amalga oshgan.
Konfutsiy taьlimotiga ko’ra, tiriklar o’lganlar ruhi oldida qarzdordirlar.
Bu g’oya orqali Konfutsiy ruhlar haqidagi Xitoyda mavjud Chjou davriga xos ruhlar tiriklarga madadkor, degan qarashlarga zid fikrni ilgari surdi. U hatto imperator oldiga quyidagi talabni qo’yadi: “ Agar imperator biror katta maqsadni amalga oshirmoqchi bo’lsa, u albatta ajdodlari ibodatxonasiga borishi lozim. Qilmoqchi bo’lgan ishidan, o’zining maqsadidan ularni xabardor etmog’i kerak. Shu paytda u osmonda yulduzlarning holatiga qaramog’i va ular qulay joylashganligiga ishonch hosil qilganidan so’ng o’zining maqsadini amalga oshirmoqqa kirishmog’i mumkin. “1 Konfutsiy o’z taьlimotida davlatni oqil insonlar boshqarmog’i, yaьni “olijanob erlar “ to’g’risidagi qarashlarini ilgari suradi va davlatni katta bir oilaga, shu davlatda mavjud odamlar o’rtasidagi munosabatni esa oilaviy munosabatlarga qiyoslaydi. U imperatorni oiladagi ota, boshqaruvchilarni esa farzandlarga tenglashtiradi. Mamlakatni boshqarishda imperator va amaldorlardan ezgu g’oyalarga asoslangan qonunlar asosida boshqarish masalasiga diqqat – eьtiborni qaratadi. Uning fikricha, agar rahbar xalqni qonun vositasida boshqarib, jazo yordamida mamlakatda tartib saqlasa, xalq jazodan qochishga harakat qiladi va bundan uyalmaydi. Bordi-yu rahbar xalqni ezgulik vositasida boshqarsa va tartibni saqlasa, u holda xalq uyaladi va o’z kamchiligini tuzatadi.2 Uning fikricha, jamiyat yaxshi, “ yuksak “, “ yuqori martabali “lar va “ past “, “oddiy “, “ kichik “ odamlar tabaqasidan iborat. Quyi tabaqa vakillari yuqori, yaьni davlatni boshqarayotgan tabaqaga so’zsiz bo’ysunishi kerak. Uning fikricha jamiyatda ko’p narsa o’zgarishi mumkin, davlat barqarorligi shu tabaqalarni saqlab qolishda. Konfutsiy aslzodalar tamonidan davlatni boshqarishni yoqlab chiqqan holda, aristokratik boshqaruv tarafdoridir, uning nazarida oddiy xalq davlat boshqaruvida ishtirok etishi shart emas. Oddiy odamlarning taqdiri davlatni boshqarayotgan aqlli odamlarning faьoliyatiga bog’liq, shuning uchun ham davlatni bilimli, o’qimishli, qobiliyatli insonlar boshqarishi shart. U oddiy xalq bilan aslzodalar urtasida o’zaro murosa, kelishuv bo’lishi tarafdori, aslzoda
1 . U. T. Jo’raev. Y. S. Saidjanov. “ Dunyo dinlari tarixi “ T. 2002 y. 71 - bet. 2. F. Muxiddinova, “ Siyosiy va huquqiy taьlimotlar tarixi “ T. 2003 y. 34 – bet. deganda esa u iqtisodiy mol – mulk egasini emas, maьnaviy boy kishini tasavvur etadi. Shuningdek, u o’z taьlimotida jamiyatning o’ta boy va o’ta kambag’al - qashshoqlanishiga qarshi. U o’rta hol tabaqa soninining ko’payshi tarafdori. Uning fikricha, aholining o’rtacha yashash tarzi mamlakatda muvofiqlik muvozanatini saqlaydi.
Konfutsiy vatanparvarlik g’oyasini ilgari surarkan, yurtni dushmandan himoya qilish har bir xitoylikning burchi ekanligini eьtirof etadi, ammo tashqi urushlar, xitoy podsholarining bosqinchilik yurishlarini qoralaydi. Konfutsiyning o’z taьlimotida diniy qarashlarni inkor etmasa –da, uning
ajdodlarga qurbonlik keltirishni ularni eьzozlashning asosiy ifodasi deb bilsa ham, o’z taьlimotida osmon sirlari muommolarini deyarli tilga olmaydi.
Konfutsiy taьlimotining asosini tashkil etgan ijtimoiy - axloqiy meyorlar uning o’zi aytganidek, eski anьana, udum, urug’ - qabilaviy marosimlarga suyangan holda yaratildi. Uning fikricha, qadimda joriy etilgan marosimlar saqlanmas yoki ular bekor qilinar ekan, unda hamma narsa aralashib ketadi, izdan chiqadi. Nikoh marosimini yo’q qilinsa, unda er – xotinlik bo’lmaydi, bu bilan bog’liq katta – katta jinoyatlarga yo’l ochiladi yoki dafn etish va qurbonlik qilish marosimini yo’q qilinsa, unda bolalar vafot etgan ota – onalar xotirasi to’g’risida o’ylamay, tiriklarga xizmat qilmay qo’yadilar. Pin – Tszin marosimi yo’q qilinsa, unda podsho bilan amaldorlar o’rtasidagi farq yo’q bo’lib ketadi, kichik – kichik knyazchalar o’zboshimchalik qila boshlaydilar, natijada taьqib etish va zo’ravonlik boshlanib ketadi.
Konfutsiy o’z taьlimoti orqali o’tmish bilan kelajakni bog’ladi. O’tmishga, xalq xotirasiga sadoqat uning taьlimoti mohiyatini tashkil etadi. U xalqni davlat rahbarlariga sadoqat, hurmat – izzat ruhida tarbiyalashga harakat qildi. U o’z siyosiy qarashlari bilan imperatorlik manfaatini, saltanatini himoya qilib chiqdi. Shuning uchun ham u yaratgan taьlimot mil. av. II asrda davlat mafkurasiga aylandi.
Konfutsiy qarashlari garchi u tirik payti deyrli tan olinmagan bo’lsa-da,. ammo o’limidan keyin uning shogirdlari va izdoshlari faoliyati tufayli Xitoy jamiyatiga keng yoyildi, ezgu g’oyalari Xitoy jamoatchiligi tamonidan iliq qarshi olindi. Eramizning boshida uning taьlimoti tarkibiga diniy g’oyalar kiritildi va diniy taьlimot sifatida talqin qilina boshlandi. Konfutsiy qabri yoniga ibodatxonalar qurilib, unga atab qurbonliklar amalga oshirish boshlandi. Natijada bu erdagi ibodatxona Xan sulolasi davrida kattagina ziyoratxonaga aylandi. Konfutsiyga esa knyazlik unvoni berildi. U allaqachon bu dunyoni tark etgan bo’lsa ham uning obro’yi kundan – kunga ko’tarilib bordi. Sun sulolasi davrida uni imperator deb atagan bo’lsalar, Yuan va Min sulolalari (XIII – XIV asrlar )davrida esa unga « Haqiqiy donishmand “, “ Millatlarning buyuk ustozi “ degan unvonlar berildi. Dastlab unga atab ibodatxonalar qurilgan bo’lsa, budda dini kirib kelishi bilan uning haykallari o’rnatildi. Konfutsiy nomi tabora ilohiylashtirilib, o’rta asr xitoy podshohlari boshlaridagi tojidan o’rin oldi.
Konfutsiylik mafkurasi Xitoy jamiyatida tabora mustahkamlanib borib, eramizning IX asridan boshlab bu erda buddizm ta’limotining ustidan g’alabaga erishgan bo’lsa, XI asrdan esa daosizmni jamiyatning ma’naviy hayotidan siqib chiqara boshlaydi.
Qadimgi Xitoy tarixida muayyan o’rin egallagan ta’limotlardan yana biri Daotsizm ta’limotidir.