Maoizm ta’limoti asoschisi mil. Av. 479-400 yillarda yashab o’tgan Xitoy faylasufi Mao-tszidir. U Xitoyda mayda mulkdor oilasida tug’ilgan. G’ildiraklar va qurollar uchun so’loq yasovchi mohir usta bo’lgan. U konfutsiylik ta’limotini chuqur o’ragandi. Va o’zi ham o’ziga xos g’oyalarga ega ta’limot yaratdi. Uning falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari keyinchalik shogirdlari tomonidan yaratilgan “Maotszi” kitobida jamlangan.
Mao-tszi ta’limotidagi ijtimoiy-siyosiy g’oyalar jamiyat taraqqiyotidagi turli muommolarga qaratilgan. Uning nazarida davlat bu insonlarning o’zaro kelishuvidir.
Oliy hokimiyat xalqqa tegishli. Jamiyatda barchaning birday manfaatini ifodalovchi ijtimoiy adolat hukm surmog’i kerak. “Osmon farzandi” ya’ni podshoh “Osmon osti”dagi oddiy odamlarga g’amxo’r va mehribon bo’lishi lozim. Davlatni boshqarishda hukmdor donishmandlarni davlat ishlariga ko’proq jalb etib, martabalarini oshirmoq, ularning badavlat va e’tiborli bo’lishlarini, amaldorlar ustidan nazorat o’rnatishlarini ta’minlamog’i joizdir. Maotszi hukumdorni dono, donishmand inson bo’lishini istaydi. Agar hukmdor dono bo’lsa, mamlakatni aql bilan, zukkolik bilan boshqaradi. Natijada xalq ortiqcha qiyinchiliklar, sitamlar ko’rmaydi. Shuningdek, davlat hukumdori doimo adolatni ustun qo’ymog’i lozim va o’z atrofiga ham o’zidek aqlli, dono insonlarni to’plab ish olib bormog’i kerak. “Hukmdorlar haqiqatni tik aytadigan mulozimlarga ega bo’lmog’i zarur”. Mao Tszi fikricha, mamlakatning butun boyligi qimmati jihatidan donishmandlar va davlat ishiga jalb etilgan zakovat sohiblariga tenglashaolmaydi. U mamlakatda adolat hukum surishini istaydi: “Samo adolatni sevadi. Adolatsizlikdan esa nafratlanadi”.1
Mao-tszi jamiyatda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarga to’xtalib o’tib, inson faqat o’z yaqinlarini emas balki begonalarni ham sevaolshi kerak, deya “umummuhabbat” g’oyasini, insonparvarlik mafkurasini ilgari suradi. U odamzodga faqat talofat-u, qirg’inlar keltiruvchi har qanday hatti-harakatlar va urushlarga qarshi chiqadi. Odamlar o’rtasidagi nizomlarni tinch, osoyishta, o’zaro kelishuv va muzokaralar asosida hal etish tarafdori. Urushlar, mamlakatni adolatsizlarcha boshqarish xalq ahvolining og’irlashuviga, uning kambag’allashuviga olib keladi, degan fikrlarni olg’a suradi: “Kambag’allik-mamlakatdagi tartibsizliklar ildizi”1.
Shuningdek, maotszi Maotszichilar o’zlaridan avval yaratilgan ta’limotlarga terak ko’z bilan qarab, konfutsiychilik ta’limotiga nisbatan tanqidiy munosabat bildirishdi: ularning fikricha, Konfutsiylik dunyoning qoidasi bo’laolmaydi, ular garchi o’z g’oyalari ustida ko’p mushohada yuritishsa-da, ammo oddiy xalqqa biron-bir amaliy yordam beraolmaydi.
Xitoy ta’limotlar tarixiga, siyosiy-mafkuraviy qarashlar rivojiga nazar solsak, jamiyat taraqqiyoti, muommolari va u bilan bog’liq turli voqea-hodisalarga nisbatan turlicha qarashlar, g’oyalar xilma-xilligiga duch kelamiz. Har bir ijtimoiy-siyosiy ta’limot o’z davriga xos muommo, masalalarni hal etishga intiladi hamda uning javobini hayotning o’zidan izlaydi.
Mao Tszi ta’limoti Xitoy tarixidagi muhim ta’limtlar sifatida tan olingan. Garchi Mao Tszining jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq ijtimoiy-siyosiy g’oyalari o’z davrida to’liq amalga oshmagan bo’lsa ham, uning ezgu qarashlari shogirdlari tamonidan qo’llab-quvvatlanib, odamlar o’rtasida targ’ib-tashviq etilib, uzoq yillar davomida odob-axloqning yuksak na’munasi sifatida o’rganib kelindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |