5-mavzu. Nutqning sofligi va jo`yaliligi
Darsning maqsadi: Talabalarning noverbal vositalar bo’yicha olgan nazariy bilimlarini amaliy tarzda o’rganish va kerakli sharoitlarda ulardan foydalanish malakasini oshirish; muloqotda ishlatiladigan jest va imo-ishoralarning ahamiyati, jins, tur, ijtimoiy, milliy, etnik, madaniy jihatdan o’ziga xosligini aniqlash; noverbal vositalarga xos yutuq va kamchiliklarni ajratish ko’nikmalariga ega bo’lishi .
Dasturning borishi: ―Aqliy hujum‖, ―Bumerang‖ usullaridan foydalaniladi.
ASOSIY TUSHUNCHALAR
Jest – (lotincha jereru, jestus ) ―amalga oshirmoq‖, ―bajarmoq‖ kabi ma`nolarni anglatadi. Ingliz manbalarida bu so’z ―tanani nazorat qilish‖, ―insonning yurish- turishi‖ kabi ma`nolarda qo’llanilgan. Jest tushunchasi ostida yuz, oyoq, qo’l, bosh harakatlari tushuniladi.
Imo-ishora tili - turli imo-ishora, tana a`zolari harakatidan aloqa vositasi sifatida foydalanish; shunday vazifa bajaruvchi imo-ishora, xatti-harakatlar.
Paralingvistika - tilshuoslikning o’zaro aloqa-aralashuvda imo-ishora, mimika, nutq vaziyati kabi omillarni o’rganuvchi sohasi.
Kinesika – kishilarning fikr olishuvida nutq a`zolaridan tashqari barcha tana a`zolarining harakatini, imo-ishora harakatlarini o’rganuvchi fan
Amaliy mashg’ulotning o’rganish predmeti aloqa-aralashuv jarayonida ishlatiladigan imo-ishoralar (jest), holat-harakatlar (kinema va mimika) hisoblanadi.
Paralingvistika o’zaro aloqa-aralashuv jarayonida ishlatiladigan noverbal vositalarni lingvistik jihatdan o’rganadi.
Imo-ishoralar, mimika, gavda harakatlari, ovozdagi turli ohang, tovush va shu kabilar aloqa-aralashuv jarayonida ishtirok etuvchi qo’shimcha, ya`ni yondosh vositalar sanaladi. Ular muloqot davomida ma`lum bir ahborotni uzatish, to’ldirish, aniqlik kiritish, shuningdek, til bilan ifodalash imkoni bo’lmagan his-tuyg’ularini ifodalash kabi vazifalarni bajarib keladi. Paralingvistik xususiyatlargaega bo’lgan noverbal vositalar ikkilamchi til unsurlari hisoblanadi. Demak, ikkilamchi til unsurlari sifatida kishilarning muloqot jarayonida ishlatiladigan turli imo-ishoralari, yuz, bosh va shu kabi tana a`zolarining harakati, holatlarini ko’rsatish mumkin. Bunday noverbal vositalar turli komunikativ vazifalarni bajarib, alohida ma`no va mazmunga ega bo’ladi. Ularning ma`no tomonini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jonli so’zlashuv jarayoniga xos bo’lgan noverbal vositalarlar qo’lning turli harakatlari, boshning harakati, ko’zning katta-katta ochilishi, ovozning darajasi, lab holatlari kabilarni ko’rsatish mumkin: qo’lni paxsa qilish - ta`kid, asosiy vazifa ma`nosini, ko’zni katta-katta ochib gapirish - hayajon, qo’rquv ma`nolarini, ovozning
past darajasi - ehtiyotkorlik ma`nosini, boshni sarak-sarak qilib gapirish-afsus, achinish ma`nolarini barmoqni labga qo’yish - jim bo’lish, qshlni siltash -norozilik, burunn tortish - diqqat bo’lish, qovoqni soli - nafrat, qoshni chimirish - ajablanish, hayrat ma`nolarini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |