1-masala. Qadimgi Hindistonda dastlabki davlatlarning tashkil topishi.
Osiyoning Janubiy qismida juda katta mamlakat-Hindiston joylashgan. Hindiston yarim oroli uch tamonidan suvlik bilan, bir tamoni baland tog’liklar orqali materikka tutashgan. Uni cho’qqilarini hamisha oppoq qor qoplab yotadigan Ximolay tog’i boshqa mamlakatlardan ajratib turadi.
Bundan bir necha o’n yil muqaddam bu erda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Hindistonning uzoq tarixidan hikoya qiluvchi topilmalar topilishga muvaffaq bo’lindi.
Tadqiqotlardan fanga shu narsa ma’lum bo’ldiki, eramizdan avvalgi Sh ming yillikdayoq bu erda shaharsizlik, dehqonchilik, hunarmandchilik rivojlangan, o’ziga xos madaniy turmush tarzi mavjud bo’lgan.
Topilgan manbalardan aniqlanishicha, eramizdan avvalgi II ming yillik oxirida Hindistonga kuchmanchi oriylar kirib kelgan. Ular shimoli-g’arbdan sharqqa va janub sari yo’l olib, butun Hindiston bo’ylab yoyilgan. Oriy qabilalarni rojalar-oqsoqollar-taniqli kishilardan saylab qo’yiladigan yo’lboshchilar boshqargan.
Oriylar ko’chmanchi xalq bo’lganligidan mahalliy xalqqa nisbatan xo’jalik va madaniy jihatdan ancha orqada edi. Keyinchalik utroqlashuv natijasida dehqonchilik bilan shug’ullanib, mahalliy aholi bilan aralashib ketdi va ular birgalikda hind xalqini tashkil etdilar.
Hindistonda eramizdan avvalalgi I ming yillikning boshlarida temir qazib olish va unga ishlov berish orqali hunarmandchilik soxasi rivojlandi. Gang daryosi vodiysida changalzorlar dehqonchilik qilinadigan erlarga aylantirildi. Shakarqamish, sholi, paxtadan etarlicha hosil olishga erishildi.
Hind xalqining samarali mehnati tufayli Hindistonda bir tamondan qiyin, xavf-xatardan xoli bo’lmagan tabiat kuchlarini engish orqali xo’jalik taraqqiy etgan bo’lsa, ikkinchi tamondan urug’chilik jamoasi ichidan ijtimoiy tabaqalanish tabora kuchayib bordi. Oddiy mehnatkash xalq mehnatidan jamoa yo’lboshchilari – rojalar va boshqa zodagon kishilar ko’proq foyda ko’rishga harakat qilishgan.
Qo’shni jamoalar o’rtasida bo’lib turadigan o’zaro urush, janjallar oqibatida g’olib jamoa qo’shni jamoa erlari va mol-mulkini tortib olib, o’zlarini qullarga aylantirganlar. Zodagonlar asirlar mehnatidan kengrok foydalanishlari okibatida boshqalarga qaraganda tabora boyib borishgan. Asirlarni ayamasdan ishlatar ekan, ularga “begona”, “dushman” sifatida munosabatda bo’lishgan.
Qo’shni jamoa erlari hisobiga boyib borgan rojalar saylab qo’yilgan rahbarlardan asta-sekin podsholarga aylangan. Podsholik boshqaruvi avloddan-avlodga meros tariqasida o’tib borgan.
Rojalar dehqonlar va qullarni itoatda tutib turish va o’z mol-mulkining xavfsizligini ta’minlash uchun qurollangan jangchilar xizmatidan foydalanishgan. Dastlabki drujinalar vaqt o’tishi bilan doimiy qo’shinga aylangan.
Shu tariqa eramizdan avvalgi I ming yillikda Hindiston tarixida hokimiyat tepasida podsho turgan, soqchilari va amaldorlari bo’lgan dastlabki davlatlar vujudga keldi.
Eramizdan avvalgi Sh asrda esa podsho Ashoki davrida butun Hindiston yagona hukmdor qo’l ostiga birlashtirildi.
Qadimgi Hindistonda urug’ jamoalari birlashib, mayda davlatlar, davlatlarning birlashuvidan yagona Hindiston davlati tashkil topdi. Hind xalqini yagona davlatga birlashtirish yo’lida o’sha davrga xos bo’lgan g’oyaviy-mafkuraviy qarashlar, ta’limotlarning o’rni muayyan ahamiyatga ega bo’lgan.
– masala. Hindistonda ilk siyosiy mafkuralarning shakllanishi. “Manu qonunlari ”da braxmanizm mafkurasining aks etishi.
Topilgan manbalardan ma’lum bo’lishicha, oriylar Hindiston erlariga o’zlari bilgan birga xalq og’zaki ijodi na’munasi sifatida Vedalarni olib kelgan.
“Veda”- sanskritcha so’z bo’lib, ma’nosi “bilim” ta’limot demakdir. Vedalar diniy falsafiy ruhdagi adabiyotlar. Ba’zi taxminlarga ko’ra, deyarli to’qqiz yil (mil.av. 1500-600y) davomida Hindiston yarim orolida yashab kelgan qadimgi xalq va elatlar tamonidan yaratilgan. Vedalar mazmuni asosan diniy xarakterga ega bo’lsa-da, ularda o’sha tarixiy davrda yashagan qadimgi xalqlarning ma’naviy hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, turmush tarzi to’g’risida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Ularda aholining diniy tasavvurlari, jumladan, politeistik (ko’p xudolik) qarashlari o’z ifodasini topgan.
Insoniyat tarixini o’rganish jarayonida shu narsa ma’lumki, inson tafakkuri bilan bog’liq dastlabki dunyokarash diniy-mifologik tarzda bo’lib, tabiat sirlari va hodisalar sababi ko’zga ko’rinmas ilohlarga bog’langan. Insonlar o’rtasidagi vujudga kelgan ijtimoiy tabaqalanishda odamlarni itoat ettirishning mafkuraviy jarayonlari ham muqaddas ruhlar va ilohlar bilan bog’lanib talqin etilgan.
Hindiston ta’limotlar tarixi qadimda keng tarqalgan dastlabki diniy-falsafiy ta’limot braxmanizm bilan boshlanadi. Braxmanizm ildizlari mil.av. II asr yodgorliklari bo’lmish Vedalardan boshlab uchraydi. Vedaizm g’oyalari asosida braxmanizm mafkurasi vujudga keldi. Braxmanizmning g’oyalari qadimgi Veda adabiyotlarida uchraydi. Ularni hindlar Samxitlar, Braxmanlar, Aranyaklar va Upanishadlar deb nomlab, to’rt guruhga bo’lishgan.
Tor ma’noda ularning eng qadimiysi bo’lgan Samxitlar, keng ma’noda esa to’rt guruhga mansub adabiyotlarning barchasi Vedalar deb yuritilgan.1
Vedalar g’oyalaridan oziqlanib, shakllangan Braxmanizm ta’limoti mil.av. I ming yillikning 1-yarimida vujudga kelgan. Bu ta’limot oliy xudo Braxma (Braxman) nomi bilan atalgan. Hindistonning qadimgi eposlari “Mahabxorata” va “Ramayana”larda, muqaddas kitoblar sanalmish Upanishadlar va Araniyaklarda braxmanizm xakida maьlumotlar keltiriladi. Bu taьlimotda Braxman shaxssiz, nojismiy, sifatsiz mohiyat bulib, hamma narsaning asosida yotadi, deb ta’kidlashgan.
Braxmanizm diniy-falsafiy ta’limot sifatida ko’p xudolik g’oyasiga asoslanadi. Braxmanizmda qadimgi vedaviylik xudolari-Indra, Agni, Varuna, Surьya o’z ahamiyatini yo’qotib, ularning o’rniga Braxma, Shiva, Vishnu xudolari ishtirok etadi. Qadimgi hind ta’limotiga ko’ra, oliy xudo Braxma butun mavjudot, borliqning yaratuvchisi sifatida talqin etiladi. Unda insoniyatning dastlabki ajdodi Manu deb ko’rsatiladi. Manu nomi bilan bog’liq “Manu qonunlari” deb nomlangan qonunlar to’plami vedaizm va braxmanizm g’oyalari asosida yaratilgan bo’lib, taxminan milloddan avvalgi II asrlarga tegishli siyosiy-huquqiy yodgorlikdir. U ham diniy ham dunyoviy masalalarni qamrab olgan xolda hind jamiyatidagi ijtimoiy – siyosiy, mafkuraviy g’oyalarni o’zida aks ettirgan.
“Manu qonunlari”ga ko’ra jamiyat a’zolari ma’lum toifalarga bo’lingan. Toifalar-kastalarning jamiyatdagi o’rni, mavqei, huquq va burchlari qonunda belgilab qo’yilgan. Vedalar va Braxmanizm ta’limotida toifalarni xudo Braxma yaratganligi va toifalarning o’zaro munosabatlariga doir g’oyalar ilgari suriladi. Braxmanizm ta’limoti asosida yozilgan qonunlar dastlab dxarma deyilsa, keyinchalik qonunning o’zi dxarma deb yuritilgan. Har bir kasta ya’ni varnaning o’z dxarmasi (urf-odati, turmush tarzi, qonunlari) bo’lgan.
Shuningdek, “Manu qonunlarida” braxmanlarning mavqei, ularning dxarma o’rnatishga, qonunlarni sharxlashga mutloq xuquqlarini asoslashga keng o’rin berilgan. Braxmanizm mafkurasi hind jamiyati asosan to’rt kastalarga bo’linishi to’g’risidagi g’oyaga asoslanadi. Insonlar o’rtasida ilohiy bilim bilan shug’ullanuvchi, xudo Braxma tamonidan joriy qilingan qoidalarni tuzib chiqish, sharqlash, odamlar o’rtasida ularning targ’iboti bilan shug’ullanuvchi kishilar-bu braxmanlar kastasi edi.
Braxmanizm aqidasi talqinicha, Braxma kohin-braxmanlarni o’z og’zidan yaratgan
emish, faqat braxmangina xudo nomidan gapirishga haqli. Go’yoki Braxma odamlarga ilohiy qoidalarni etkazish, ilohiy bilim berish, diniy
marosimlarni amalga oshirish vazifasiga mas’ul shaxslar. Aqliy mehnat faqat braxmanlargagina xos, degan g’oya ilgari suriladi.
1. Falsafa komusiy lugat, T. « Shark », 2004 y. 216 – bet.
Braxmanlar Kshatriylar
Qadimgi Hindistondagi
aholi qatlami
Vayshiylar Shudralar
Do'stlaringiz bilan baham: |