Totemizm-ibtidoiy jamiyatning ilk diniy ta’limotidan biri. U kishilarning ma’lum guruhlari bilan hayvon va o’simliklarning muayyan turlari o’rtasida g’ayritabiiy aloqa, qon-qarindoshlik aloqalari bor, degan e’tiqodga asoslanadi.
Totemizm iborasi ingliz sayohatchisi Dj. Long tamonidan 1791 yilda ilmiy muomulaga kiritildi... Totemizmda har bir urug’, qabilaning har bir a’zosining hayoti va farovonligi, aynan shu urug’ning ajdodi bo’lgan totemga-o’simlik va hayvonga bog’liq deb qaralgan. Urug’doshlar o’z urug’i totemiga hurmat bilan munosabatda bo’lgan. Totemiga atab turli marosim qurbonlik-
1. Falsafa komusiy lugat. T. « Shark ». 2004 y. 27 – bet.
larni amalga oshirgan. Dastlab totem sifatida hayvonlar, ko’proq ov hayvonlari e’zozlangan. Keyinroq esa, qarindoshlik munosabatlari boshqa hayvonlarga ham o’tgan, ba’zan o’simliklar, tabiat hodisalari: yomg’ir, quyosh, shamol va boshqalarga ham tarqalgan.
Totemistik e’tiqod va marosimlar muayyan ko’rinishda ko’p xalqlarda saqlanib qolgan. Masalan, Avstriya qabilalari odatiga ko’ra, totem urug’i a’zolari o’zaro nikohda bo’lishi mumkin emas. Urug’ a’zolari o’z totemini qarindoshi, otasi, akasi, do’sti deb hisoblanadi.
Markaziy Osiyo xalqi o’rtasida qadimdan davom etib kelayotgan muchal hisobi ham aynan totemizm bilan bog’liq hodisa. Ayrim o’simlik turlariga ilohiy quvvat manbai sifatida qarash hamon davom etib keladi. Isiriq turli g’ayritabiiy yomon ta’sirlardan himoya qiluvchi vosita hisoblansa, qaldirg’och in qurgan uyga tinchlik, baraka keladi, degan qarash bejiz emas. Afsonaviy Xumo qushi-baxt-saodat ramzi sifatida O’rta Osiyo xalqi orzu-niyati bo’lgan. Uning bugungi mustaqil respublikamizning davlat ramzida aks etishi xalqimizning asriy qadriyatlarining timsolidir.
Shuningdek o’zbek xalqi hayoti bilan bog’liq “Sust xotin”, “yo haydar”, “Darveshona” marosimlarini misol keltirish mumkin.
Totemizm unsurlari jahon diniy ta’limotlari bo’lmish buddaviylik, xristian va islomda ham uchraydi. Buddaviylik diniy e’tiqodiga ko’ra, hindlar sigir, ilon, maymun va fil kabi hayvonlarni e’zozlaydilar.
Islom ta’limotiga ko’ra baliq eng toza, halol luqma hisoblanadi. Ro’za tutish arafasida baliq go’shti iste’mol qilish orqali jisman poklanish odati uchrab turadi.
Totemizm uzoq davom etgan jaryon. Turli xalqlar taraqqiyotida o’z o’rniga ega. Bu diniy hayotida diniy e’tiqod sifatida yashab kelmoqda.
Dunyo diniy ta’limotlari tarkibida fetishizm qarashlarni uchratish mumkin. Dastlabki diniy tasavvurlar paydo bo’lish jarayonida fetishistik qarashlar ham shakllanib borgan.
Kishilik tarixi shuni ko’rsatadiki, har qanday predmet fetish bo’lib xizmat qilish mumkin. G’aroyib shakldagi tosh, hayvonning tishi, yaxshilab ishlangan figura, zargarlik buyumi. Shunisi qiziqki, odamlar o’rtasida bir vaqtlar fetish deb qaralgan predmet vaqt o’tishi bilan unutib yuborilgan. Qachonki, fetishga aylangan buyumga sig’inganda odamning niyati ro’yobga chiqsa, o’sha predmet saqlab qolingan. Fetishlar davr o’tishi bilan murakkablashib, keyinchalik tumor, sanam (but) va boshqalarga o’tgan. Fetishizmning asl vatani Afrika bo’lsa-da, u boshqa yurtlarga ham tarqalgan.
Fetishizm portugalcha “feytisho” – “sehrlangan buyum”, “tumor” degan ma’noni bildirsa, frantsuz tilida “tilsim”, “but” demakdir. Fetishga etiqod qilganlar turli jism, modda, va narsalarning sehrli kuchi borligiga ishonishgan, ulardan ruhiy madad olish, himoya vositasi sifatida foydalanishga harakat qilishgan.
Fetishistik qarashlarga ko’ra, turli sanam, but, haykalchalar yaratilib, ularga ilohiy madadkor sifatida sig’inilgan. Bu odat qadimgi butparastlik ta’limotida o’z aksini topgan. Narshaxiyning yozishicha, “Qadim vaqtlarda Buxoro aholisi butparast bo’lgan, bu bozor rasm bo’lib, o’sha davrlardan boshlab, bu erda but sotganlar. Odamlarda but yo’qolsa, sinsa yoki eskirsa, bozor kuni boshqasini sotib olar va eskisini tashlar ekanlar”1.
M.S. Andresv 20-yillarda olib borgan ilmiy tadqiqotida Samarqand arablari butparast bo’lganligini aniqlagan. Arablar ayol shakldagi butning ismini Behishtbibi, Bibioy, Bibi Oysha deb atashgan. Qashqadaryo, Samarqand,
Xorazm arablari odatiga ko’ra kelin birinchi bor kuyov uyiga qadam bosar ekan, uydagi o’choqqa ta’zim (“o’choqqa salom”) bajo keltirgan. “Buxoro viloyatidagi Arabxona, Chivilloq va Bog’li qishloqlarida ham 60 ga yaqin arab uylari bitta o’choqqa topinib kelganlari aniqlangan...”. “O aylanayin, O’choq bobo, sadoqangz ketay” deyishadi. Boshqa shunday marosimlarda bo’lganidek, olovga may quyiladi. Ayol kishi esa o’choqqa tavof qilishidan oldin unga ikki bor ta’zim bajo etadi.”2 Shuningdek, sanamlarga sig’inish, qum, loy, tuzga tushish, yada toshi yordamida yomg’ir chaqirish isriq solish marosimlar kutlab tarixiy manbalarda qayd etiladi.
Mavjud Qashqariyning “Devoni lug’atit turk” asarida yada toshi yordamida fol ochilgan va yong’inni to’xtatish uchun qor yog’dirilgani haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilib o’tilgan.
Qadimgi e’tiqodlarda o’sha davr odamlarining o’y-xayoli, orzu-niyati, dunyoqarashi va turmush tarzi aks etgan. Bu ibtidoiy qarashlar qadimgi xalqlarning tabiat, hayot, turmush sirlarini tushunish uchun qilingan harakatlarining dastlabki natijalaridir. Inson ongi, tafakkuri va ehtiyojining o’zgarishi, turmush taraqqiy etgan sari e’tiqodlarning davr talabiga javob bermay qolganlari tarix qa’rida qolib ketsa, ba’zilari zamon bilan birga o’zgarib borgan, ayrimlari esa turli shakllarda yangi mazmun kashf etib, uzoq tarixiy jarayonlar davomida saqlanib qoldi.
Magiya (sehrgarlik) ibtidoiy e’tiqod sifatida hamon uchrab turadi. Inson, hayvon tabiat hodisalari va hayotiy voqealarga g’ayritabiiy ta’sir ko’rsatish xususiyatiga ega bo’lgan so’z, ibora, hatti-harakatlarga asoslangan qadimgi diniy e’tiqod. Qadimda magiyadan turli sharoitlarda, jumladan, harbiy yurish, urushda g’alabaga erishish maqsadida foydalanishgan.
Magiya tunus tilidagi “shamon” so’zining ma’nosi, o’zbek tilida “sehrgarlik” demakdir. Magiya totemizm va animizm bilan bir vaqtda paydo bo’lgan. Davr o’tishi bilan xalqlari hayotida afsungarlik bilan bog’liq turli marosim, udumlarda saqlanib kelmoqda. Odatda, afsungarlik odatlari bilan maxsus odamlar-shamonlar mashg’ul bo’lgan. Ular orasida ayniqsa, uzoq o’tmishda ayollar ko’proq shug’ullangan. Odamlar shamonlar va afsungarlarning ruhlar bilan muloqatda bo’lishi, ularga jamoaning umid va niyatlarini etkazishi, marhumlar irodasini bo’ysundirish qobilyatiga ega ekanligiga chuqur ishonishgan.
Magiya qadimgi xalqlar orasida insonlar va ruhlar o’rtasida vositachi vazi-
Narshaxiy. « Buxoro tarixi ». T. « Meros ». 1991 y. 102 – bet.
. « Moziydan sado », T. 2 ( 22 ) 2004 y. 38- 39 betlar.
fasini bajaradi, degan tasavvur mavjud bo’lib, u bilan bog’liq turli marosimlar shakllangan.
Chunonchi, qurg’oqchilik davrida “Yomg’ir tilash” (“Sust xotin”), shamol zarar keltirganda “Shamolni to’xtatish” (“Choy momo”), shamol kerak bo’lganda “Shamol chaqirish”, sovuq erta tutganda “Quyoshga sig’inish”, turli ofat, falokat yuz berganda “Qurbonlik keltirish” kabi marosimlar qadimgi Sharq xalqlar hayotida saqlanib qolgan dastlab bunday tadbirlar tabiat kuchlariga atab o’tkazilgan bo’lsa, keyinchalik ibtidoiy odamlar sodir bo’lishi mumkin bo’lgan
ofatlar yuz bermasidan bu marosimlarni o’tkaza boshlagan. Ularning ba’zilari hatto bayramga ham aylanib ketgan.
Qadimgi e’tiqodlar sanalmish animizm, totemizm, fetishizm va sehrgarlik har biri o’z g’oyalariga hamda muayyan qarashlarga ega bo’lsa-da, bir vaqtda paydo bo’lgan va o’zaro mushtarak tarzda rivojlangan. Har bir ibtidoiy e’tiqod muayyan mafkurani ilgari suradi. Unda o’sha davr odamlarining hayoti, intilishi, maqsadi o’z ifodasini topgan. Yillar o’tishi bilan bu ibtidoiy qarashlar takomillashib, taraqqiy etib boradi. Insoniyatning turmush tarzi, hayotiy, milliy urf-odat, qadriyatlari mazmunini boyitib keldi. Keyingi diniy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qildi. Qadimgi Sharq xalqlari ta’limotlar tarixini ilk bosqichini belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |