IQTISODIY - EKOLOGIK TIZIMLAR – ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiatdagi tabiiy jarayonlarning o’zaro bog’liq va o’zaro shartlangan harakatini ifodalaydigan iqtisodiyot va tabiat integratsiyasidir. Iqtisodiy – ekologik munosabatlar – insonlar o’rtasida tabiatdan foydalanish, ekologik tizimlarni tiklash va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish va ularni qayta ishlash, ishlab chiqarishni ekologiyalashtirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlardir.
INSON EKOLOGIYASI - fanning kompleks ekologik – ijtimoiy – iqtisodiy sohasi bo’lib, unda yashash muhiti tabiiy – ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy sharoitlari insonning turli ehtiyojlarini qondirishda teng ahamiyatga ega bo’lgan muhim qismlar sifatida ko’rib chiqiladi va tadqiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |