KORMOBIONT — Po‘stloqda yashovchi, daraxt va butalar po‘stlog‘i yoki tungagida yashaydigan organizmlar.
KORRELYASIYA - O‘zaro munosabat, organizm har xil belgilarining o‘zaro munosabati. Bu organizm ichki muhitining doimiyligini saqlashga imkon beradi va uni tashqi sharoitga moslashuvini ta’minlaydi.
KOSMOPOLIT — Vatansizlar, joy tanlamaydigan o‘simlik va hayvonlar er yuzida juda keng tarqalgan o‘simlik va hayvon turlari, urug‘lari, turkumlari va hakazolar. Masalan, uy pashshasi, chumchuqlar.
KRIOBIOLOGIYA — Past va o‘ta past haroratning (0°C dan absolyut nolga yaqingacha bo‘lgan) turli biologik obyektlar va jarayonlarga ta’sirini o‘rganadigan biologiyaning bo‘limi. Asosan sovuq sharoitdagi hayotni va organizmning sovuqqa chidamliligini tadqiq etadi.
KRIOFIL — Sovuqsevar organizmlar, nisbatan barqaror past haroratli sharoitda yashaydigan organizmlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |