IV. GLOSSARIY
EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI FANIDAN LUG‘AT
ABIOZ — Hayotiylikka xos bo‘lgan xususiyatlar yashash layoqatining sustlashuvi. Jonsiz holat.
ABIOTIK OMILLAR — Anorganik muhit omillari: yorug‘lik, harorat, namlik, tuproq, bosim kabilar. Tirik organizmlar faoliyatiga ta’sir etib, ularning hayotga moslashuvida muhim ahamiyatga ega.
AVTOTROPIZM — Biron – bir tashqi omil ta’sirida egilgan o‘simlik yoki uning organlarini, shu ta’sir yo‘qolgach, yana o‘z – o‘zidan dastlabki holatga qaytishi, masalan, yomg‘ir tufayli yotib qolgan g‘alla o‘simliklarining keyin qad rostlashi.
Do'stlaringiz bilan baham: |